O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi guliston davlat universiteti m o n o g r a f I ya


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/30
Sana28.12.2022
Hajmi1.29 Mb.
#1021994
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   30
Darsning maqsadi: Lirik janrlardagi folklor asarlarida ilgari surilgan 
g‘oyalar mohiyatining o‘quvchilar tomonidan chuqur anglanishiga erishish.
Xususiy maqsadlar:
1) 
o‘quvchilarga lirik janrlardagi folklor asarlarining yaratilishi haqida 
nazariy ma‘lumotlar berish; 
2) 
o‘quvchilar tomonidan yurt ozodligi, inson erki va ularga erishish 
hayotiy ehtiyoj, ma‘naviy zaruriyat ekanligini anglab etilishiga erishish.
Dars jarayonida hal etilishi zarur bo’lgan vazifalar:
1. 
O‘quvchilarga Lirik janrlardagi folklor asarlari borasidagi nazariy
ma‘lumotlarni berish.
2. 
O‘quvchilarning Lirik janrlardagi folklor asarlari mazmuni bilan 
to‘la tanishishlariga erishish. 
3. 
O‘quvchilar tomonidan Lirik janrlardagi folklor asarlari g‘oyasi va 
echimi mohiyatining chuqur anglanishini ta‘minlash. 
4. 
O‘quvchilarda Lirik janrlardagi folklor asarlarida ifoda etilgan 
hayotiy voqelik negizida o‘z aksini topgan ijtimoiy hodisa, uni keltirib 
chiqaruvchi sabablar, shuningdek, yakuniy xulosa borasidagi qarashlarni qaror 
toptirish.
Darsning shakli: aralash dars.
Darsda qo’llaniluvchi usullar: kichik guruhlarda ishlash («6X6X6» 
metodi), savol-javob, «Klaster», qiyosiy tahlil.
Dars jihozlari: umumiy o‘rta ta‘lim maktablarining 3***-sinfi uchun 
mo‘ljallangan «O‘qish kitobi» darsligi, qo‘shiqlardan olingan parchalar o‘z aksini 
topgan matnlar (ish qog‘oziga chop etilgan matnlar), lirik janrlardagi folklor 
asarlari yozilgan audiokasseta, jadval, tasvir va boshqalar.
Darsning borishi:


69 
I. 
Lirik janrlardagi folklor asarlari bo‘yicha o‘quvchilarga nazariy 
ma‘lumot berish. Ushbu jarayonning o‘quvchilardan biri yoki bir nechta o‘quvchi 
tomonidan amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir. Lirik janrlardagi folklor 
asarlarini qayd etuvchi jadval yordamida olib boriladi.
II. 
Kichik guruhlarda ishlash («6X6X6» metodi). O‘quvchilarning 
umumiy soni e‘tiborga olingan holda ular 5 yoki 6 nafardan bir necha guruhlarga 
bo‘linadi. Har bir guruhga lirik janrlardagi folklor asarlaridan olingan parcha 
yozilgan matn beriladi. Guruhlar belgilangan vaqt (5 yoki 6 daqiqa) ichida ushbu 
matnlar bilan ishlaydilar. So‘ngra guruhlar qayta shakllantiriladi. Bu jarayonda 
yangi guruhlarda avvlgi guruhlarning 1 nafar a‘zosi bo‘lishiga e‘tibor beriladi. 
Yangi guruhning har bir a‘zosi guruhning boshqa ishtirokchilariga o‘zi o‘rgangan 
matn mazmunini qisqacha hikoya qilib beradi. Shu tarzda o‘quvchilar kichik lirik 
janrlarning mohiyati bilan 3 yoki 5 daqiqa ichida tanishib chiqadilar.
III. 
Klaster metodi asosida ishlash. O‘quvchilar guruhlarga 
bo‘linadilar. Har bir guruh kichik hajmli vatman yoki sinf yozuv taxtasida asar 
mohiyatini yorituvchi tasvirni yarata olishlari lozim.  
IV. 
Debat tashkil etish. O‘quvchilar o‘rtasida asardan olingan 
taassurotlar bo‘yicha bahs uyushtiriladi. Ularning e‘tiboriga quyidagi savollar 
havola etiladi:
1. Sizning fikringizcha, ―Chittigul‖ turkumiga kiradigan qo‘shiqlarning 
mavzu doirasi rang-barangligi nimada? 
2. Siz qanday fikrdasiz, qo‘shiqlar bolalarning nafosatini o‘stirishga, ularni 
hayot va mehnatga muhabbat, insonparavarlik kabi olijanob fazilatlar
ruhida tarbiyalashga qanday yordam beradi? Va hokazo.
V. 
Savol-javob asosida o‘quvchilarning bilimlarini aniqlash. 
O‘quvchilarga quyidagi savollar beriladi:
1Qo‘shiqlar haqida qanday ma‘lumotlarga ega bo‘ldingiz?
2. «Chittigul» tukumiga kiradigan qo‘shiqlarning mohiyatini ochib 
bering. 


70 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling