O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi guliston davlat universiteti m o n o g r a f I ya


BAHOLAMASLIK, MUNOSABAT BILDIRMASLIK


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/30
Sana28.12.2022
Hajmi1.29 Mb.
#1021994
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   30
BAHOLAMASLIK, MUNOSABAT BILDIRMASLIK
- ―fikriy hujum‖da NOTO‟G‟RI FIKR BO‟LMAYDI. Esga kelgan har 
qanday fikr o‘ylab o‘tirmay, aytilishi kerak. Ba‘zan aynan bo‘lmag‘ur, 
―ahmoqona‖, aqlga to‘g‘ri kelmaydigan fikrlar foydali g‘oyalarning yuzaga 
kelishiga sabab bo‘lishi mumkin; 
- FIKRLARNING MIQDORI MUHIM. O‘quvchilar imkon qadar ko‘p fikr 
bildirishlari kerak. Chunki ortiqcha fikrlarni qisqartirish, yetmay qolgan fikrlarni 
ko‘paytirishdan osonroq; 
- FIKRLARNI ALMASHTIRISH, QO‟SHISH, YAXSHILASH LOZIM
Hammaning fikri yozib olinib, ular maqsadga muvofiq tarzda joylashtirilishi, 
saralanishi, tahrir qilinishi, tahlil etilishi kerak; 
- BEMALOL BO‟LISH, ZAVQLANISH KERAK. ―Fikriy hujum‖ 
kyechimida o‘quvchilar asabiylashmasliklari, jarayon zavqli o‘yin ruhida o‘tishi 
kerak. ―Fikriy hujum‖ qancha qiziqarli bo‘lsa, shuncha ko‘p samara keltiradi. 
O‘yin ruhidagi qiziqarli faoliyatda guruh ichida do‘stona vaziyat yuzaga kelib
o‘quvchilar bir-birlariga yordam ko‘rsatishadi; 
- BA‟ZAN O‟YLANIB JIM TURISH HAM FOYDALI. O‘ylanib jim 
turgan o‘quvchilarni fikrsizlikda ayblamaslik kerak. Chunki jim turib o‘ylayotgan 
odam biror noyob fikrni aytib yuborishi ham mumkin. 
Shuni aytish kerakki, bu qoidalar har safar ―fikriy hujum‖ usuli qo‘llanganda 
yozilishi shart emas, o‘quvchilar bu qoidalarni o‘rganib, ularga amal qilishga 


55 
odatlangunlaricha, chamasi, uch-to‘rt mashg‘ulot davomida yoziladi. Keyinchalik, 
ularni yozib o‘tirishga ehtiyoj qolmaydi. 

Ta‘lim jarayonini yuqoridagidek zamonaviy usullar orqali tashkil etish bir 
qator afzalliklarga ega. Bunday ta‘lim, eng avalo, o‘quvchilarning bir-birlari yoki 
ularning o‘qituvchi bilan faol, qizg‘in, ta‘sirchan muloqotlariga asoslanadi. 
Bunday 
muloqot 
asarni 
o‘zlashtirish, adabiy qahramonlarning ichki 
kechinmalarini anglab etishning muhim shartidir. Zero, adabiy ta‘lim so‘z orqali 
o‘rganish, so‘z orqali o‘qitish va so‘z orqali anglash, his qilish deya e‘tirof etilsa, 
faol o‘quv muhitida so‘z orqali o‘zaro ta‘sir etish tabiiydir. O‘quvchilarni 
shunchaki o‘qishga emas, o‘qib o‘rganishga, o‘rgatib o‘rganishga, o‘rganib 
o‘rganishga hamda shu ma‘lumotlarni amalda hayotga tatbiq etishga undaydigan 
zamonaviy usullarga asoslangan pedagogik jarayon maqsadga yo‘naltirilgan 
tizimli yondashuvlar amaliyotidir.
Ta‘lim jarayonida zamonaviy usullardan foydalanishda quyidagi shartlarga 
amal qilinishi ta‘lim samaradorligini oshirishga yordam beradi: 
1. O‘quvchilar imkoniyatlarining zamonaviy ta‘lim metodlari maqsadi va 
vazifalariga mos kelishi.
2. O‘qituvchining kichik guruhlardagi o‘quvchilarga ta‘sir ko‘rsata olish 
layoqatiga egaligi. Interfaol usullar qo‘llanganda har bir o‘quvchi faol, ta‘sirchan 
suhbat, bahs-munozarani uyushtira olishi va, albatta, ijobiy natijaga erishishiga 
o‘zida qat‘iy ishonch bo‘lishi lozim. Suhbat va dialoglarda ―sub‘ekt-sub‘ekt‖ 
shaklidagi muloqotning kechishi ishtirokchilarning bir-birlariga ishonchlarining 
namoyon bo‘lishidir.
3. Zamonaviy usullar asosidagi adabiy ta‘limning samaradorligi uning 
shaxsga yo‘naltirilganligiga, o‘qituvchi va o‘quvchilarning tashabbuskorligiga, 
faoliyatlarining izchilligiga bog‘liqdir. 
Zamonaviy usullar adabiy ta‘limda o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi 
o‘zaro tenglikka asoslangan faol muloqot, ta‘lim jarayonida o‘quvchilarning 
etakchilik qilishlari, bir-birlari bilan fikr almashishlari, o‘rganilayotgan mavzu 


56 
yoki o‘quv materiali bo‘yicha mustaqil fikrlash, o‘z qarashlarini ilgari surish, 
ularni dalillar yordamida asoslash va ma‘lum xulosalarga kelish orqali ta‘lim 
maqsadlariga erishish imkonini beradi. 
Interfaol
metodlar bir qator qo‘shimcha didaktik imkoniyatlarga ega: 
- o‘qituvchi va o‘quvchi, o‘quvchi va o‘quvchi, har bir o‘quvchi va barcha 
o‘quvchilar o‘rtasida o‘zaro ta‘lim hamkorligini yuzaga keltiradi; 
- o‘quvchilarning o‘qituvchi bilan samarali muloqotiga erishiladi; 
- o‘quvchilarda asar yuzasidan mustaqil fikrlash, muammo qo‘yish, echim 
izlash, qaror qabul qilish va xulosaga kelish malakasini shakllantiradi; 
- o‘quvchilarda mumtoz epik asarni individual tarzda idrok etish va izohlash 
ko‘nikmasini yuzaga keladi. 
Ko‘rinadiki, keyingi vaqtda keng tarqalayotgan zamonaviy ta‘lim usullari 
o‘quvchilarning mustaqil o‘qishlari va erkin fikrlashlarini ta‘minlashda katta 
samara keltiradi. 
Boshlang‘ich ta‘limda “Erkin yozish metodi”dan ham unumli 
foydalanishimiz mumkin. Bunda o‘quvchilarga besh daqiqa ichida o‘rganilgan 
ma‘lum bir badiy asar mavzusida o‘z hayollariga kelgan barcha narsalarni 
to‘xtamasdan yozishni taklif qilish mumkin. Besh daqiqa tugaganida (eslatma, 
besh daqiqa tugadi deb e‘lon qiling va ishni tugatish uchun yana bir daqiqa 
qo‘shib bering, zero qiziqarli fikrlar odatda teng vaziyatlarda tug‘iladi) ularga o‘z 
yozganlarini sheriklariga o‘qib berishini taklif etish mumkin. 
Mazkur bosqichda o‘qituvchining ixtiyorida ko‘p imkoniyatlar bo‘ladi. 
Masalan, juftliklarga o‘z fikrlarini butun guruh bilan o‘rtoqlashishni taklif etish va 
guruh bilan o‘rtoqlashishni taklif etish va guruhiy-aqliy hujum vaziyatini yaratish 
mumkin. 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling