O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi guliston davlat universiteti m o n o g r a f I ya


adabiyotini rivojlantirishga alohida e’tibor berishimiz, mustaqil fikrlaydigan


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/30
Sana28.12.2022
Hajmi1.29 Mb.
#1021994
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
adabiyotini rivojlantirishga alohida e’tibor berishimiz, mustaqil fikrlaydigan 
shaxsning shakllanishi, har qanday kitobxonlik, mutolaa madaniyati bolalikdan 
boshlanishini doimo yodda tutishimiz lozim
21
.
Ilmiy manbalarning tahlili asosida shakllangan nazariy qarashlar va 
o‘tkazilgan tajriba-sinov ishlarining natijalariga tayangan holda quyidagilarni 
ta‘kidlash mumkin: 
- umumta‘lim maktablarining boshlang‘ich sinflarida xalq og‘zaki ijodi 
namunalarini zamonaviy usullar asosida o‘rgatish bugungi talablar darajasida 
tashkil etilmagan;
- boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari zamonaviy o‘qitish usul va vositalarini 
qo‘llab, o‘quvchilarda innovatsion texnologiyalarga qiziqish uyg‘otadi; 
- zamonaviy usullar o‘quvchilarni ta‘lim jarayonining ishtirokchi va 
ijrochisiga aylantira olganligi bois ular adabiy ta‘lim samaradorligini oshiradi; 
- adabiy ta‘lim jarayoni zamonaviy usullar asosida tashkil etilganda ushbu 
usullarga nisbatan o‘quvchining shaxsiy fikri, xulosasi, munosabati paydo 
bo‘lishiga, ya‘ni ijodiylikka imkoniyat yaratiladi.
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, bugun insonga xos hayot kechirish 
uchun qachondir egallab olingan bilim, ko‘nikma va malakalar endi yetarli 
bo‘lmaydi. Odam muttasil ravishda takomillashib, aqliy va ma‘naviy jihatdan 
kamolot kasb etib borsagina hayot bilan birga qadam tashlay oladi. Buning uchun 
u o‘z ustida ishlaydigan, tinimsiz ravishda mustaqil o‘qib, izlanadigan bo‘lishi 
kerak. Shu sababli bolalarni maktab davridayoq mustaqil fikrlaydigan, 
21
Karimov I. Adabiyotga e‘tibor – ma‘naviyatga, kelajakka e‘tibor. –T.: ―O‘zbekiston‖, 2009. -40 b.


22 
muammolarga yechim topadigan qilib tarbiyalash lozim. Shuning uchun ham XX 
asrning oltmishinchi yillaridan e‘tiboran dunyo miqyosida o‘qitish jarayonini 
tamomila yangicha tamoyillar asosida tashkil etish zaruriyati paydo bo‘ldi. 
Demak, o‘quvchi egallayotgan bilimi, o‘zlashtirayotgan ko‘nikma va 
malakalaridan tashqari, xalq og‘zaki ijodi namunalari orqali o‘zida insoniy 
fazilatlarni shakllantirib borsagina barkamol shaxs bo‘lib tarbiyalanishi mumkin.

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling