O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi guliston davlat universiteti m o n o g r a f I ya


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/30
Sana28.12.2022
Hajmi1.29 Mb.
#1021994
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   30
 
Umumlashtirish 
(sintez) 
Ertak tugallanishini o’zgartiring
O‘zingizni qahramonlarning o’rniga qo’yib ko’ring
Ertak mavzusi bo‘yicha she’r to’qing.
 
Baholash 
Ertak yakunini baholang
Ertak qahramonlarini oqlang yoki qoralang
Ertak xotimasi hayotiy yoki aksinchaligini isbotlang
Lug‘aviy ma‘nosiga ko‘ra ―taksonomiya‖ tushunchasi ―tartib bilan 
joylashtirish qonuni‖ ma‘nosini anglatadi. Ob‘ektlarni ularning o‘zaro 
bog‘liqligiga asoslangan holda murakkablashib boradigan darajalar ketma-ketligi 
(ierarxik 
tarz)da 
joylashtirgan 
holda 
turkumlashtirish, 
tizimlashtirish 
―taksonomiya‖ deb ataladi. Pedagogik taksonomiya – pedagogik jarayonning 
o‘zaro bog‘liq va xossasiga ko‘ra ko‘p bosqichli (ierarxik) tuzilishga ega 
ob‘ektlarini tavsiflash, tartibga solish va tizimlashtirish nazariyasi. B.Blum 
rahbarligida 1956 yilda AQShda ―Pedagogik taksonomiya‖ g‘oyalari e‘lon qilindi. 
XX asrning 60-yillarida D.Kratvol va boshqalar tomonidan pedagogik 
maqsadlarni ifodalovchi taksonomiyaning navbatdagi g‘oyalari shakllantirildi. 
Alohida ta‘kidlash joizki, zamonaviy usullarni an‘anaviy ta‘lim metodlariga 
mutlaqo qarshi qo‘yib bo‘lmaydi. Ular bir-birlarini inkor etadigan, biri boshqasiga 
halaqit beradigan emas, balki bir-birini to‘ldiradigan ta‘lim usullaridir. O‘qitish 
jarayonida yo an‘anaviy, yoxud interaktiv metoddan birini tanlash kerak qabilida 
yondashish ma‘rifiy jaholatdan boshqa narsa emas. Ta‘lim metodlari son-sanoqsiz 
va ularning har biri o‘zi qo‘llanilayotgan vaziyat uchun betakror ahamiyatga 


34 
egadir. O‘qitish jarayonida qo‘llaniladigan biror metodni hamisha samara 
keltiradigan universal usul deb aytish metodika ilmi va amaliyotidan 
bexabarlikdir. Ta‘limning an‘anaviy metodlarini interaktiv usullar bilan bir dars 
ichida ham birgalikda ishlatish mumkin. Ularni bir-biriga qarshi qo‘yish 
pedagogik mantiqqa tamomila ziddir. 
Xulosa qilib aytganda, Boshlang‘ich sinf bo‘yicha o‘qish va o‘qitishni 
interaktiv metodlar asosida yo‘lga qo‘yish milliy ta‘lim jarayonini yangi 
bosqichga ko‘taradi, o‘quvchilarning bilimlarni mustaqil o‘zlashtirib, ularni 
ko‘nikma va malakalar holiga keltirishni tezlashtiradi. Eng muhimi, zamonaviy 
usullar o‘quvchilarning ma‘naviyati shakllanishiga ham ijobiy ta‘sir ko‘rsatadiki, 
bu millat yoshlari shaxsiyatining barkamolligiga xizmat qiladi. 
Demak, keyingi vaqtda keng tarqalayotgan zamonaviy ta‘lim usullari 
o‘quvchilarning mustaqil o‘qishlari va erkin fikrlashlarini ta‘minlashda katta 
samara keltiradi. 
Birinchi bob bo‘yicha xulosalar 
Adabiyotlar tahlili va adabiy ta‘lim amaliyotini kuzatish quyidagi xulosalarni 
chiqarish imkonini berdi: 
1. Xalq og‘zaki ijodi namunalarini zamonaviy usullar orqali o‘rgatish 
o‘quvchilarga asarning asl badiiy qimmatini to‘laroq anglash, ulardagi obrazlarga 
tirik timsol sifatida yondashish, timsollar mohiyatini teranroq tushunish imkonini 
beradi. 
2. Zamonaviy usullar o‘quvchilarni faollashtiradi, xalq og‘zaki ijodi 
namunalarini o‘zlari mustaqil o‘zlashtirishga kirishadilar, o‘quvchilar o‘zaro bahs-
munozara asnosida xalq og‘zaki ijodi namunalarining mohiyatini teranroq 
anglaydilar. 
3. Blumning taksonomiyasi bilimning oxirgi maqsad emas, balki mustaqil 
fikrli, izlanuvchan, tashabbuskor va har qanday ta‘limiy va hayotiy muammoga 


35 
yechim topishga intiladigan shaxs shakllantirish yo‘lidagi birinchi vosita ekanini 
anglatdi.
4. Alohida ta‘kidlash joizki, zamonaviy usullarni an‘anaviy ta‘lim 
metodlariga mutlaqo qarshi qo‘yib bo‘lmaydi. Ular bir-birlarini inkor etadigan
biri boshqasiga halaqit beradigan emas, balki bir-birini to‘ldiradigan ta‘lim 
usullaridir.
5. Ko‘p yillik tajribaga ega o‘qituvchilarning ko‘pchiligi zamonaviy o‘qitish 
usullarini qabul qilishga tayyor emaslar hamda an‘anaviy ta‘lim usullarini yagona 
maqbul usullar deb hisoblaydilar. 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling