O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi guliston davlat universiteti m o n o g r a f I ya
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- II BOB. XALQ OG‟ZAKI IJODI NAMUNALARINI ZAMONAVIY USULLARDA O‟QITISHNING SAMARADORLIGI
- Ta‟lim metodlari
36 II BOB. XALQ OG‟ZAKI IJODI NAMUNALARINI ZAMONAVIY USULLARDA O‟QITISHNING SAMARADORLIGI 2.1. Epik turdagi folklor asarlarini o‘qitishda zamonaviy yondashuv Ta‟lim metodlari – metod grekcha ―metodos‖ so‘zidan olingan bo‘lib, izlanish yoki bilish yo‘li, nazariya, yo‘l-yo‘riq degan ma‘nolarni bildiradi. Ta‟lim metodi – o‘qituvchilarning o‘quvchilar bilan muntazam qo‘llaydigan, o‘quvchilarga o‘z aqliy qobiliyatlarini va qiziqishlarini rivojlantirish, bilim va ko‘nikmalarni egallash hamda ulardan amalda foydalanish imkonini beruvchi ish usuli hisoblanadi. Uslub – biror narsa, hodisa, jarayonni o‘rganish yoki amalga oshirish uchun qo‘llash lozim bo‘lgan usullar majmuasidir. I.Y.Lerner va M.N.Skatkin o‘qitish metodlarlarini quyidagilarga ajratadilar: - tushuntirish – rasmlar metodi; - reproduktiv metod; - muammoli bayon qilish metodi; - qisman izlanish metodi; - tadqiqot metodi. Ta‟lim metodlari Og‘zaki metod Ko‘rgazmali metod Amaliy metod 37 S.I.Petrovskiy va Y.Y.Golant tasnifi faol va passiv metodlarga bo‘linadi. Agar o‘quvchi ishlasa, faol metodlar hisoblanadi. Ularga laboratoriya metodi, kitob bilan ishlashni misol qilishimiz mumkin. Agar o‘quvchi ishlamasdan faqat tinglasa, bu passiv metodlar hisoblanib, quyidagilarni keltirishimiz mumkin: hikoya, ma‘ruza, ekskursiya, namoyish qilish kabi metodlarni aytishimiz mumkin. Xalq og‘zaki ijodi badiiy adabiyotning eng qadimgi shaklidir. Negaki, badiiy asarlar dastlab og‘zaki shaklda paydo bo‗lgan, og‗izdan og‗izga ko‘chib yurgan. Hech qanday yordamchi vositalarsiz xalq xotirasi tufayli davrlar osha avlodlarga yetib kelgan. O‗g‗izdan og‗izga o‗tish jarayonida xalq dostonlarining obrazlari, obrazlar tizimi, syujeti, badiiy vositalari, tili va kompozitsiyasi boyib bordi. O‘qish fani boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining dunyoqarashini shakllantirish, uni yuksak fazilatga ega inson bo‘lib yetishishidagi roli va ahamiyati katta ekanligi hech kimda shubha tug‘dirmaydigan haqiqatdir. Bu borada taniqli metodist-olim, professor Boqijon To‘xliyevning tubandagi fikrini keltirish o‘rinlidir: ―Badiiy adabiyotning insonning ruhiy dunyosini, ichki olamini boyitishda, uning inson sifatida shakllanishidagi ahamiyati kattadir. Ko‘plab buyuk insonlarni eslasak, o‘zlari erishgan muvaffaqiyatlar zamirida badiiy adabiyotning o‘rni alohidaligini aniq ta‘kidlaydilar‖, - deydi olim. Darsliklarda o`quvchilar sevib o`qiydigan xalq og`zaki ijodi asarlariga ham keng o`rin berilgan. Xalq tomonidan yaratilgan og`zaki badiiy adabiyotga folklor deyiladi. ―Folklor‖ asli inglizcha so`z bo`lib, ―Folk‖-xalq, ―Lore‖-donolik so`zlaridan yasalgan bo`lib, ―Xalq donoligi‖, ―Xalq donishmandligi‖ ma‘nolarini anglatadi. Boshlang`ich sinf o`quvchilari eng avvalo ertaklar bilan tanishadilar Ertak atamasi Mahmud Koshg‗ariyning «Devonu lug‗otit turk» asarida uchraydi va biror voqeani og‘zaki hikoya qilish ma‘nosini bildiradi. Ertak xalq og‘zaki ijodining eng qadimiy, ommaviy turlaridan biridir. 38 Ertakning paydo bo‗lishida qadimiy urf-odat, marosimlar, tabiat hodisalari, jonivorlar muhim o‗rin tutgan. Hayot haqiqat bilan bog‗liq bo‗lib, xayoliy va hayotiy uydirmalar asosiga qurilgan didaktik g‗oya tashuvchi og‘zaki hikoyalar ertak deyiladi. Ertakning ba‘zi bir viloyatlarda boshqacha atamasi ham uchraydi. Masalan, Surxondaryo, Samarqand, Farg‗onada — matal, Buxoro atrofidagi ba‘zi qishloqlarda - ushuk, Xorazmda - varsaki, Toshkent shahri va uning atrofida cho‗pchak atamasi ham ishlatiladi. Epik turdagi asarlarda, ayniqsa, ertaklarda xayoliy uydirmalar asosiy o‗rinni egallaydi. Ular o‗ziga xos qurilishi bilan ham ajralib turadi. Ertak kirish qismi, voqealar rivoji, tugallanmadan tashkil topadi. Ba‘zi ertaklar «Bir bor ekan, bir yo‗q ekan, bir podshoh (yoki cho‗pon) bo‗lgan ekan», «Sizga bog‗ bo‗lsin, bizga hayot» kabi qisqagina boshlamalar bilan boshlansa, ba‘zi boshlamalar ancha uzun bo‗ladi. Ertaklar mavzu jihatidan hayvonlar haqidagi ertaklar, sehrli ertaklar, hayotiy-maishiy ertaklar, hajviy ertaklar kabi turlari bor. Bu ertaklar orasida hayvonlar haqidagi ertaklar ham o‗z o‗rniga ega. Hayvonlar haqidagi ertaklar barcha qiziqib tinglaydigan va o‗qiydigan fantastik hikoyalardir. Ulardagi asosiy mazmun majoziy tarzda tasvirlanadi, asar qahramonlari hayvonlar bo‗lsa-da, voqealar odamlar turmushi kabi kechadi. Hayvonlar haqidagi ertak personajlari - bo‗ri, tulki, sher, turli parranda va hasharotlar xuddi odamlarday harakat qiladilar, gapiradilar. Bunday ertaklarda Tulki — ayyorlik va munofiqlik. Ayiq — go‗l, laqmalik, Bo‗ri — qonxo‗rlik, Chumchuq — chaqimchilik ramzi sifatida xayolimizda muhrlanib qolgan. Xalqimizda birovning salbiy qilig‗i, muomalasi hamisha ham yuziga aytilmaydi, aniqrog‗i, birovning aybini ko‗rsatib tanbeh berishdan ko‗ra, uni yomon odatlardan ogoh etish, qaytarish millatimizga xos xususiyatdir. Bema‘ni xulqli odamni yaxshi yo‗lga boshlash, tarbiyaga muhtoj insonni ezgu ishlarga undashda xuddi shu hayvonlar haqidagi ertaklar, ulardagi majoziy qahramonlar (bo‗ri, tulki, eshak, xo‗roz kabi) qo‗l keladi 39 O‗zbek xalq og‘zaki ijodi tarixida ertaklarning badiiy asar darajasiga ko‗tarilishi va bugungi kungacha saqlanib qolishida Hamrobibi Umarali qizi, Hasan Xudoyberdi o‗g‗li, Haydar Baychi o‗g‗li, Nurali Nurmat o‗g‗li, Husanboy Rasul o‗g‗li kabi ertakchi, matalchilarimiz katta xizmat qilganlar. Ular og‗zidan yozib olingan o‗zbek xalq ertaklarining bebaho namunalari bizga hanuzgacha ma‘naviy zavq berib kelyapti. ―Ertaklar — yaxshilikka yetaklar‖ degan naql bor xalqimizda. Ular shunchaki ko‗ngil ochish vositasi, ermak emas, balki ajoyib suhbatdosh, bizni faqat ezgulikka undovchi, zavq-shavq bag‗ishlovchi ma‘naviy manbadir. Buni quyidagi jadvalda vizual idrok etish mumkin. 2. 1 -jadval. Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling