O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi guliston davlat universiteti m o n o g r a f I ya
BAHOLAMASLIK, MUNOSABAT BILDIRMASLIK
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- FIKRLARNING MIQDORI MUHIM
- BEMALOL BO‟LISH, ZAVQLANISH KERAK
- BA‟ZAN O‟YLANIB JIM TURISH HAM FOYDALI
- “Erkin yozish metodi”
BAHOLAMASLIK, MUNOSABAT BILDIRMASLIK;
- ―fikriy hujum‖da NOTO‟G‟RI FIKR BO‟LMAYDI. Esga kelgan har qanday fikr o‘ylab o‘tirmay, aytilishi kerak. Ba‘zan aynan bo‘lmag‘ur, ―ahmoqona‖, aqlga to‘g‘ri kelmaydigan fikrlar foydali g‘oyalarning yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi mumkin; - FIKRLARNING MIQDORI MUHIM. O‘quvchilar imkon qadar ko‘p fikr bildirishlari kerak. Chunki ortiqcha fikrlarni qisqartirish, yetmay qolgan fikrlarni ko‘paytirishdan osonroq; - FIKRLARNI ALMASHTIRISH, QO‟SHISH, YAXSHILASH LOZIM. Hammaning fikri yozib olinib, ular maqsadga muvofiq tarzda joylashtirilishi, saralanishi, tahrir qilinishi, tahlil etilishi kerak; - BEMALOL BO‟LISH, ZAVQLANISH KERAK. ―Fikriy hujum‖ kyechimida o‘quvchilar asabiylashmasliklari, jarayon zavqli o‘yin ruhida o‘tishi kerak. ―Fikriy hujum‖ qancha qiziqarli bo‘lsa, shuncha ko‘p samara keltiradi. O‘yin ruhidagi qiziqarli faoliyatda guruh ichida do‘stona vaziyat yuzaga kelib, o‘quvchilar bir-birlariga yordam ko‘rsatishadi; - BA‟ZAN O‟YLANIB JIM TURISH HAM FOYDALI. O‘ylanib jim turgan o‘quvchilarni fikrsizlikda ayblamaslik kerak. Chunki jim turib o‘ylayotgan odam biror noyob fikrni aytib yuborishi ham mumkin. Shuni aytish kerakki, bu qoidalar har safar ―fikriy hujum‖ usuli qo‘llanganda yozilishi shart emas, o‘quvchilar bu qoidalarni o‘rganib, ularga amal qilishga 55 odatlangunlaricha, chamasi, uch-to‘rt mashg‘ulot davomida yoziladi. Keyinchalik, ularni yozib o‘tirishga ehtiyoj qolmaydi. Ta‘lim jarayonini yuqoridagidek zamonaviy usullar orqali tashkil etish bir qator afzalliklarga ega. Bunday ta‘lim, eng avalo, o‘quvchilarning bir-birlari yoki ularning o‘qituvchi bilan faol, qizg‘in, ta‘sirchan muloqotlariga asoslanadi. Bunday muloqot asarni o‘zlashtirish, adabiy qahramonlarning ichki kechinmalarini anglab etishning muhim shartidir. Zero, adabiy ta‘lim so‘z orqali o‘rganish, so‘z orqali o‘qitish va so‘z orqali anglash, his qilish deya e‘tirof etilsa, faol o‘quv muhitida so‘z orqali o‘zaro ta‘sir etish tabiiydir. O‘quvchilarni shunchaki o‘qishga emas, o‘qib o‘rganishga, o‘rgatib o‘rganishga, o‘rganib o‘rganishga hamda shu ma‘lumotlarni amalda hayotga tatbiq etishga undaydigan zamonaviy usullarga asoslangan pedagogik jarayon maqsadga yo‘naltirilgan tizimli yondashuvlar amaliyotidir. Ta‘lim jarayonida zamonaviy usullardan foydalanishda quyidagi shartlarga amal qilinishi ta‘lim samaradorligini oshirishga yordam beradi: 1. O‘quvchilar imkoniyatlarining zamonaviy ta‘lim metodlari maqsadi va vazifalariga mos kelishi. 2. O‘qituvchining kichik guruhlardagi o‘quvchilarga ta‘sir ko‘rsata olish layoqatiga egaligi. Interfaol usullar qo‘llanganda har bir o‘quvchi faol, ta‘sirchan suhbat, bahs-munozarani uyushtira olishi va, albatta, ijobiy natijaga erishishiga o‘zida qat‘iy ishonch bo‘lishi lozim. Suhbat va dialoglarda ―sub‘ekt-sub‘ekt‖ shaklidagi muloqotning kechishi ishtirokchilarning bir-birlariga ishonchlarining namoyon bo‘lishidir. 3. Zamonaviy usullar asosidagi adabiy ta‘limning samaradorligi uning shaxsga yo‘naltirilganligiga, o‘qituvchi va o‘quvchilarning tashabbuskorligiga, faoliyatlarining izchilligiga bog‘liqdir. Zamonaviy usullar adabiy ta‘limda o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi o‘zaro tenglikka asoslangan faol muloqot, ta‘lim jarayonida o‘quvchilarning etakchilik qilishlari, bir-birlari bilan fikr almashishlari, o‘rganilayotgan mavzu 56 yoki o‘quv materiali bo‘yicha mustaqil fikrlash, o‘z qarashlarini ilgari surish, ularni dalillar yordamida asoslash va ma‘lum xulosalarga kelish orqali ta‘lim maqsadlariga erishish imkonini beradi. Interfaol metodlar bir qator qo‘shimcha didaktik imkoniyatlarga ega: - o‘qituvchi va o‘quvchi, o‘quvchi va o‘quvchi, har bir o‘quvchi va barcha o‘quvchilar o‘rtasida o‘zaro ta‘lim hamkorligini yuzaga keltiradi; - o‘quvchilarning o‘qituvchi bilan samarali muloqotiga erishiladi; - o‘quvchilarda asar yuzasidan mustaqil fikrlash, muammo qo‘yish, echim izlash, qaror qabul qilish va xulosaga kelish malakasini shakllantiradi; - o‘quvchilarda mumtoz epik asarni individual tarzda idrok etish va izohlash ko‘nikmasini yuzaga keladi. Ko‘rinadiki, keyingi vaqtda keng tarqalayotgan zamonaviy ta‘lim usullari o‘quvchilarning mustaqil o‘qishlari va erkin fikrlashlarini ta‘minlashda katta samara keltiradi. Boshlang‘ich ta‘limda “Erkin yozish metodi”dan ham unumli foydalanishimiz mumkin. Bunda o‘quvchilarga besh daqiqa ichida o‘rganilgan ma‘lum bir badiy asar mavzusida o‘z hayollariga kelgan barcha narsalarni to‘xtamasdan yozishni taklif qilish mumkin. Besh daqiqa tugaganida (eslatma, besh daqiqa tugadi deb e‘lon qiling va ishni tugatish uchun yana bir daqiqa qo‘shib bering, zero qiziqarli fikrlar odatda teng vaziyatlarda tug‘iladi) ularga o‘z yozganlarini sheriklariga o‘qib berishini taklif etish mumkin. Mazkur bosqichda o‘qituvchining ixtiyorida ko‘p imkoniyatlar bo‘ladi. Masalan, juftliklarga o‘z fikrlarini butun guruh bilan o‘rtoqlashishni taklif etish va guruh bilan o‘rtoqlashishni taklif etish va guruhiy-aqliy hujum vaziyatini yaratish mumkin. Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling