O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi guliston davlat universiteti m o n o g r a f I ya
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
Maqollar. Maqollarning aksariyat qismi yoshlarga mo‗ljallangan bo‗lib,
bilim olishga, kasb-hunar egallashga, mehnat qilishga, g‗ayrat-shijoatli bo‗lishga va yuksak tarbiya natijalarini namoyon qilishga da‘vat etadi. ―Fan‖ nashriyotida 1981-yilda chop etilgan ―O‗zbek xalq maqollari‖ to‗plami mavzular yo‗nalishi bo‗yicha qirqta bўlimdan iborat bo‗lib, shulardan o‗ttizdan ortig‗i ta‘lim va tarbiyaga qaratilgandir. Shu tufayli bo‗lsa kerak, boshlang‗ich sinflarning darsliklarida xalq og‘zaki ijodi namunalaridan eng ko‗p uchraydigani maqollardir. Birinchi sinf ―O‗qish kitobi‖ 27 darsligining 5-betidan mavzularga mos maqollar berilib borilgan. Misol uchun: ―Vatani borning baxti bor‖, ―Ona yurting oltin beshiging‖, ―Ona yurting omon bo‗lsa, rangi ro‗ying somon bo‗lmas‖, 17- sahifasida ―Bulbul chamanni sevar, odam –vatanni‖ kabi maqollar o‗quvchilarda vatanparvarlik tuyg‗usini kuchaytiradi. Kitobning barcha bo‗limlarida juda ko‗p maqollar mazmunga mos holda berilgan. Darslikning so‗nggi qismi xalq og‘zaki ijodi, jumladan maqollar bilan yakunlangan. Ikkinchi va to‗rtinchi sinflarning ―O‗qish kitoblari ham xuddi shu tartibda maqollar bilan tizimlangan. Ayrim maqollar barcha sinflarning darsliklarida takroran o‗qitishga tavsiya etilgan. Uchinchi sinfning ‖O‗qish kitobi‖ 28 (Muhabbat Umarova, Xurshida Hamroqulova, Ra‘no Tojiboeva, -Toshkent ―O‗qituvchi‖ 2016-y.) darsligi tarkibida jami 27 ta maqollar berilgan bo‗lib, bob va mavzularga mos hamda o‗quvchilarda ma‘lum darajada qiziqish uyg‗otishi aniqlandi. Maqollarni o‗qitish orqali yoshlarning milliy va umuminsoniy tarbiyasiga ta‘sir etiladi. Maqollar o‗zlarida davr va xalq ruhini mujassamlashtirgan bo‗ladi. Uzoq o‗tmishda yaratilgan maqollar bilan bir qatorda yangidan-yangi maqollar 27 .1-sinf uchun darslik / Muallif-tuzuvchilar: T. G‗afforova, E. Shodmonov, G. Eshturdiyeva; Mas‘ul muharrir: S. Matchonov. — T.: «Sharq», 2017. — 128 b. 28 49 ham paydo bo‗lmoqda. Bu bilan xalq so‗z san‘ati xazinasi va donishmandligi boyib boradi. Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling