O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti hayitboy mirhaydarov


-MODUL 5-mavzu: Balog’at (kalome bade’) vositalari


Download 1.31 Mb.
bet18/28
Sana30.03.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1309703
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   28
Bog'liq
portal.guldu.uz-SHE’R POETIKASI

2-MODUL
5-mavzu: Balog’at (kalome bade’) vositalari
Asosiy savollar:
5.1.Nazmda milliy til boyligining o’rni.
5.2.Nazmda tilning betaraf va ko’chma ma’nolari.
5.3.Nazmda so’z va poetik mantiq.

Tayanch tushuncha va iboralar:


Milliy til boyligi, tarixiy, eskirgan va boshqa tillardan o’zlashgan so’zlar, dag’al so’zlar, argotik va jargon so’zlar, badiiy til, muallif va personaj nutqi.


Mavzuga oid muammolar:
Nazmda so’z va poetik mantiqning o’zaro aloqasiga munosabat bildiring?
5.1. Asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi:
Nazmda so’z o’z va ko’chma ma’noda qo’llanilib, poetik obrazlilik hosil qilishini talabalar tasavvuriga singdirish.
Identiv o’quv maqsadlari:
5.1. Nazm milliy til boyligiga asoslanishini idrok etadi.
5.2. Badiiy til va uning xususiyatlarini mushohada qiladi.
5.1-asosiy savolning bayoni:

Nazmiy nutq milliy til boyligiga asoslanadi. Til badiiy shakl yaratishning universal vositasi bo’lib maydonga chiqadi (I.Sulton). Til- badiiy libos. Tili buzuq asar sozi buzuq cholg’u asbobi kabidir. Badiiy til bo’yoqdor, ifodali va obrazli tildir. Badiiy asarda ikki nutq ishtirok etadi: a) muallif nutqi(tili); b) personaj nutqi (tili).


Muallif nutqi asarning katta – kichik qismini bog’lab turuvchi omildir. Unga emotsionallik xos. Personaj nutqi- badiiy nutq. U asar qahramonini shakllantiradi. Sajiya tadrijini ta’min etadi. Har qanday asar-tarixiy- adabiy jarayonning mahsuli. Shuning uchun ham unda tilning barcha qatlamlari – so’zlar ishtirok etadi. Bu jarayon she’riy asarlarga ham mutlaqo xos.
G’.G’ulomning «Men yahudiyman», Erkin Vohidovning «O’zbegim» she’rlarida tarixiy, Hamid Olimjonning «O’zbekiston», Abdulla Oripovning «Genetika» she’rlarida zamonaviy so’zlar lirik qahramon nutqini ziynatlagan.
Fuzuliy:
Mendan, Fuzuliy, istama ash’ori madhu zamm,
Man oshiqam, hamisha so’zim oshiqonadur,
deganda so’zni mavzuga qarab qo’llashga ishora ham qilgan. Baytda milliy til boyligidan tashqari ajnabiy til unsurlari ham bor: ash’or-asar, madh-maqtov, zamm-qo’shish va h.o.
Muhokama uchun savollar:
5.1. Milliy til boyligiga tilning qaysi qatlamlari kiradi?
5.2. Nazmiy til- badiiy libos (til) deganda nimani tushundingiz?
5.3. Fuzuliy baytini nazmiy nutq mezonida izohlang?
5.2. 2-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi:
Nazmda so’zning o’z (betaraf) va ko’chma ma’nosini talabalar bilimiga ko’chirish.
Identiv o’quv maqsadlari:
5.2.1. Nazmda so’zning ko’chma ma’no olish xususiyatini tasavvur eta oladi.
5.2.2. So’zning ko’chma ma’noda qo’llanishi poetik obrazga zamin ekanligini payqaydi?
5.2-asosiy savolning bayoni:
So’z o’zicha matndan xoli ravishda atamalik xususiyatga ega xolos. Matnsiz so’zning badiiy bo’yoqdorligi haqida fikr bo’lishi mumkin emas. So’zning badiiy bo’yoq olish usuli-ko’chim. So’z turli xil yo’l va usullar bilan ko’chma ma’no oladi. O’xshashlikka, shaklga, belgi xususiyatga, mohiyatga qarab so’z ma’nosi ko’chadi. «Yuzing guliga ko’ngul ravzasin yasa gulshan» misrasidagi gul va ravza so’zlari matndan tashqari atamalik xususiyatga ega. Gul oddiy o’simlik, ravza ilohiy tushuncha-jannatni bildiradi. Har ikki matn zamirida ko’chim amalga oshgani uchun gul ma’shuqa yuzi, ravza oshiq ko’ngil ma’vosini anglatmoqda. Misolda gul o’xshashlikga, ravza mohiyatga ko’ra ko’chim bo’lib kelmoqda.
Qisqasi, so’zning ko’chimga aylanishi poetik obrazning shakllanishi va zuhur topishiga asosdir.
So’z boshqa so’zlar bilan aloqaga kirishib, yangi ma’no kasb etadi. Yoki badiiy jilo topadi. Masalan, «qaro ko’zum» birikmasida «qaro» rang, «ko’zum» inson andomi ma’nosini bildiradi. Ular birikib esa yor ma’nosini anglatadi.
So’z «surat» chizadi. So’z qalb manzaralarini kashf qiladi. So’z-soz, tovush (Belinskiy). She’rda so’z tasviriylik, ifodalilik, ta’sirdorlik va kechinma-tuyg’uni uyushtiradi.
Muhokama uchun savollar:
5.2.1. So’zning betaraf ma’nosini qanday tushundingiz?
5.2.2. So’z qanday usullar bilan ko’chma ma’noga aylanadi?
5.2.3. So’z «surat» chizishiga misol keltiring?
5.3–asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi:
So’z mantiqi va poetik mantiq tushunchasini talabalar idrokiga singdirish.
Identiv o’quv maqsadlari:
5.3.1. So’z mantiqi va poetik mantiqqa aniqlama bera oladi.
5.3.2. Poetik mantiq badiiy fikrlashning o’ziga xos shakli ekanini idrok etadi?

      1. Poetik mantiq bo’yicha misol ishlay oladi.

5.3- asosiy savolning bayoni:
Nazmda so’z mantiqga asoslanadi. Poetik-mantiq bosh mezon. Mantiqsizday tuyulgan fikr poetik tasvir doirasida kuchli mantiqlanadi.
Ishqing tog’lar aro go’zal ohudur,
Otsam-dilporaman, otmasam dilxun. (A.Oripov)
Baytdagi so’zlar vositasida anglashilgan fikr bunday qarasangiz mantiqsizday ko’rinadi. Ammo poetiklashganda mantiq kuchini ko’rsatadi. Ishq- tog’ ohusiga qiyos. Undan poetik ma’noni tushurib qoldirsangiz mantiqsizlik shundaygina seziladi. Unga shartli, ramziy, mumtoz she’riyat timsollari nuqtai nazaridan yondoshilgan sari poetik mantiqdan ogoh bo’lamiz. Chunki ishq tutqich bermas-orzu, maqsad. Tog’ ohusi ham shuning kabidir.
Ikkinchi bayt ham poetik mantiqqa asoslangan. Otsa ko’ngli yaralanadi, otmasa ko’ngli buziladi. Otsa ishq-ohu jarohatlanadi. Poetik mantiq nihoyatda kuchli chiqqan. U mumtoz she’riyatda ham bahsu munozaraning muhim manbai bo’lgan. Adabiy anjumanda Lutfiy, Navoiy va Husayn Boyqarolarning Amir Xusrav Dehlaviyning tashbehi borasidagi bahslari bunga yaqqol misoldir.
Muhokama uchun savollar:
5.3.1. So’z mantiqi va poetik mantiqqa tushuncha bering?
5.3.2. A.Oripov baytidagi poetik mantiqni izohlang?
5.3.3 Amir Xusarav Dehlaviyning bahsga bois bo’lgan tashbehini toping va mantiqsizlikni aniqlang?
Mavzu bo’yicha echimini kutayotgan muammo.
Poetik mantiq bo’yicha ilmiy tadqiqotlarda tizimli fikr yuritish taqazo qiladi.
5-amaliy mashg’ulot: Balog’at (kalom) vositalari
Darsning maqsadi:
So’z mantiqi va poetik mantiq bo’yicha talabalarga tasavvur berish hamda ularda mazkur mavzu asosida misol ishlay bilish malaka- ko’nikma hosil qilish.
Identiv o’quv maqsadlari:
5.1. So’z mantiqini misollar vositasida idrok eta oladi.
5.2. Poetik mantiqni tasavvur qiladi.
5.3. Poetik mantiqning shartli ramziy xossasini payqaydi.
Ishni bajarish tartibi:
5.1. So’zning betaraf, ya’ni o’z ma’nosini misollar bilan tushunish.
5.2. So’z mantiqi tushunchasini izohlash.
5.3. So’z mantiqi bilan poetik mantiqni farqlash.

    1. A.Oripovning yuqorida keltirilgan bayti misolida so’z mantiqi bilan poetik mantiqni ajratish.

    2. Poetik mantiqning o’ziga xosligini misollar orqali tushunish.

Mashg’ulot yakuni.


Mustaqil ish topshiriqlari:
1-topishiriq:
Tun bilan yig’labdi bulbul
G’uncha hajri dog’ida,
Ko’z yoshi shabnam bo’lib,
Qolmish uning yaprog’ida
(E.Vohidov)
baytini poetik mantiq jihatdan tahlil qilish.
2-topshiriq:
Tingla, bu abadiy sado bo’ladi,
Gadoning dushmani gado bo’ladi (A.Oripov)
baytini so’z va poetik mantiq jihatdan tavsiflash.
Asosiy adabiyotlar: 1.3.9.18.22.27.



Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling