O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti alibekov u


Download 1.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/180
Sana02.01.2022
Hajmi1.21 Mb.
#197922
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   180
Bog'liq
etnologiya asoslari

3-asosiy savol: Meksika, Markaziy va Janubiy Amerika xalqlari. 
3-asosiy savol bo`yicha  dars maqsadi:  Meksika, Markaziy  va Janubiy Amerika xalqlari 
haqida tushuncha berish 
 
3-asosiy savol bayoni


- 87 - 
 
Asosiy tiplari: 
Yuto atsteklar-1,442, atsteklar-1,020 ming kishi, shoshonlar-70 ming kishi; 
Otomi-mishtek-sapotek.Otomi-259ming  kishi,sapoteklar  310  ming  kishi,    boshqa 
mayda xalqlar bilan birga 1,178 ming kishi. 
3.Taraski.-60   ming   kishi,   ularning   tillari   hech   qaysi   til oilasiga kirmaydi. 
Maye-soke  (penuti)-2,668  ming.  Mayyalar  395  ming,  kiche-250  ming,  soke-50  ming 
kishi va xokazo. 
Miskito-
atapasklar.40  ming  va  1  mln  kishidan  iborat  bo‘lib,  asosan  Nikaraguada 
yashaydi. 
Chibcha.-255 ming kishi. Nikaragua,  Kosta-Rika va Ekvadorda yashaydi. 
Aravak.        (Arauklar)        375      ming      kishi.        Amazonkaning        yuqori  oqimida,      
Venesuelada,      Kolumbiya,  Peru     va     Braziliyada yashaydilar. 
Karaib    (kariblar)-160  ming  kishi. 
Ko‘proq  qismi  Braziliyada  va  qisman  qo‘shni 
mamlakatlarda yashaydi. 
Tupi-guarani.-130mingkishi.  Braziliya,  rgentina,  Paragvay.  Boliviya  va  Ekvadorda 
yashaydi.Guarani tili qabilalararo til xisoblanadi. 
10. 
Jes        (je).        Ko‘pchiligi        mustamlakachilar        tomonidan        qirib 
yuborilgan, qolganlari Amazonkaning irmoqlarida yashaydi. 
P.Kechua.      Eng  ko‘p    sonli  til  oilasi      12,2  mln  kishidan    iborat.  Peru,  Ekvador  va 
Boliviyada yashaydi. 
Aymara 2,070 ming kishi. 
Araukanlar. (o‘z  atamalari «mapuche» - «er odamlari») 775 ming  kishi. 
Pueblo-Mark. Argentinada  yashagan butunlay qirib yuborilgan. 
Chon.(ona, selkup) 1 ming kishi. Olovli Er orolida yashaydilar. 
Yamana va alakaluf.(370 kishi). 
Xo‘jalik madaniy tiplar: 
1. Sug‘orish dexqonchiligiga asoslangan xo‘jalik turi bilan shug‘ullanishgan. Meksika 
va Markaziy Amerikadagi Yukatan yarim orolida 1 asrlarda mayyalarning dastlabki shaxar-
davlatlari vujudga keladi. Birinchi tosh lavxa 328 yil bilan boshlanadi. 
VI  asr  boshlarida  Chichen-Itsaga  asos  solingan.  XII-XV  asrlarda  Mayyami  shaxri 
xukumronligi  o‘rnatiladi.  Unga  qarshi  qo‘zrolon  (1441  yil)  boshlanib  unda  Ushpalning 
g‘alabasi  tarqoqlikka  va  ispanlar  istilosiga  sabab  bo‘ladi.  Mayyalar  motiga  dexqonchiligi 
bilan shug‘ullanganlar. Asosiy ekinlar: dukkakli makka, tomat, qovoq va paxta bo‘lgan. Uch 
yil hosil olgandan so‘ng erga 6-10 yil dam berilgan. Mayyalar kakao daraxti etishtirib undan 
ichimlik va eyish uchun plitkalar tayyorlashgan. 
Mayyalarda  uy  xayvonlari  bo‘lmagan.  Taomlarida  oz  miqdorda  parranda  go‘shti,  ov 
maxsulotlari  ishlatilgan.  Metallni  bilmaganlar,  oltin  va  mis  qo‘shni  xalqlardan  almashib 
olingan.  To‘quv  dastgoxi  mavjud  bo‘lib,  paxta,  agavadan  gazlama  to‘qilgan. 
Hunarmandchilikning tosh o‘ymakorligi, zargarlik soxalari va charxsiz kulolchiliklar bo‘lgan. 
Dinlari: 
 Xudolar Panteoni tepasida Itsamna turgan. Yozuvning ixtirosini undan deb bilishgan. 
Ilm-
fan.Mayyalarda  20  xisobli  sanoq  bo‘lgan.  Astronomiyada  bir muncha  yutuqlarga 
erishilgan.  Quyosh  yili  bir  minut  aniqlikda  hisoblangan.  T
aqvim  365  kunga  bo‘linb,  20 
kunlik oy va 13 kunlik xafta bo‘lgan. 
Mexiko  voxasida  V-X  asrlar  davomida  tolteklar  madaniyati  gullab  yashnagan,  uning 
markazi Tenochtitlan bo‘lgan. Ular turli ibodatxonalar qurganlar, Ibodatxonalar ichida eng 
yirigi «Quyosh exromi» bo‘lib, balandligi 60 metr bo‘lgan. Tolteklar taqvimi 260 kunlik, oy 
20  kundan  iborat  bo‘lib,  yilnomalar  52  yillik  siklga  bo‘lingan.  Tolteklar  madaniyati 
sapoteklar  madaniyati  rivojlanishiga  ijobiy  ta‘sir  etgan.  II  asrdan  mishteklar  madaniyati 
markazi Teskoko xam yuksaladi. 


- 88 - 
 
Atsteklar.  XIII  asr  o‘rtalarida  Mexiko  vodiysida  paydo  bo‘ldi.  O‘zlarining  afsonaviy 
vatanlari  Astlan  nomidan  ular  asteka  deb  atala  boshlaydilar.  1325  yili  atsteklar  poytaxti 
Tenochtitlanga asos soladilar. 
Ular  sug‘orishga  asoslangan  dexqonchilikda  «suzuvchi  bog‘lar»,  ya‘ni  sun‘iy 
orolchalarga asos solganlar. Makka dukakli ekinlar, qovoq, pomidor, batat, agava, kakao, 
paxta  va  tamaki  etishtirganlar.  Yagona  uy  xayvoni  it  bo‘lgan.  Metallardan  oltin  va  misni 
bilishgan.  XVI  asr  boshida  j
ezdan  foydalanish  keng  yoyiladi.  To‘qimachilik  yuksak 
rivojlanadi.  Piramidalar  qurilgan.  Poytaxtda  80  ming  oila  yashagan.  Piktogarfik  yozuv 
mavjud  bo‘lib,  mayyalardan  taqvim  va  solnomanio‘zlashtirganlar.Chibcha-uiskalar.Bagota 
Kolumbiya)tevaragida yashab yuksak madaniyat yaratgan xalqlardan biridir. 
Inklar  davlati.  And  tog‘lari  vohalarida  yashagan  kechualar  ham  yuksak  xo‘jalik  va 
madaniyat  yaratganlar.  1438  yili  davlat  tuzgan  kechualar  oltin,  kumush  va  misga  sovuq 
ishlov  berib,  yuksak  san‘at  asarlarini  yaratganlar.  Jez  tarqalgan,  to‘qimachilik  xam 
rivojlangan. 
Asosiy  emishlari  makka  va  kartoshka  bo‘lib,  ularni  etishtirishda  sun‘iy  sug‘orishdan 
keng  foydalanilgan.  Kechua  va  aymaralar  alpaka  va  lamalarni  qo‘lga  o‘rgatib,  yuk 
tashishda  foydalanganlar.  Davlat  xu
dudlarida  ko‘plab  yo‘llar  qurilgan.  Inklar  davlati 
Tuantinsuvyu  (4  qo‘shni  viloyat  birligi)  deb  atalgan.  Inklar  o‘zlari  ishlamasdan 
bo‘ysundirilgan xalq va qabilalar mexnati maxsuli evaziga yashaganlar. 
Jamiyat  asosi  qishloq  jamoalari-aylyular  edi.  Boshqaruv  quldorlik  despotiyasi 
bo‘lsada  urug‘chilik  -jamoasi  sarqitlari  saqlanib  qolgan.  Oliy  inka  xokimiyati  mutlaq,  diniy 
marosimlarida  odamlarni  qurbonlik  qilish  xam  mavjud  edi.  Inklarning  piktu  yozuvi  - 
tutunchali  xatlar,  iplar rangi  narsalar  belgisi  xisoblangan.  1523  yil  Kuskoni bosib  olgan  F. 
Pisarro Oliy Inkani xoinona o‘ldiradi. 
Aymaralar.And  tog‘larining  sharqiy  xududlarida  yashab  kartofel,  kinoa  va  arpa 
ekkanlar.  Aymaralar  eng  baland  joylarda  yashovchi  xalqlardan  biridir.  Ular  shuningdek 
sopolchilik,  ku
mush  bezaklar  yasash,  xamda  ornamentli  gazlamalar  to‘qishda  xam  moxir 
xisoblanganlar. 
Araukanlar. 
Chilining  janubiy  qismida  yashab,  dexqonchilik  bilan  shug‘ullanganlar  va  lama 
boqqanlar. 
Ular lama va yovvoyi guanakolarning junidan gazlama to‘qiganlar.Janubdagi qabilalar 
ov va baliqchilik bilan shug‘ullanganlar. 
Amazonka  va  Orinakoning  tropik  o‘rmonlari  indeetslari.Tupi-guarani  va  karaiblar 
motiga dexqonchiligi bilan shutullanganlar. Ularda toshdan bolta, yog‘och tayoqlar asosiy 
ish  qurollari  bo‘lgan.  To‘qishda  maxoratga  erishgan  bu  qabilalar  osma  karavat-gamakni 
ixtiro qilganlar. 
Ularda  urug‘chilik  jamoasi  xukumron  bo‘lgan.  Uylari  doirasimon  yoki  to‘g‘ri 
to‘rtburchakli  qilib  qurilgan.  Ba‘zi  qabilalarda  kuvada  «tuxum  bosish»  udumlari  mavjud 
bo‘lgan. 
Sharqiy va Janubiy Braziliya indeetslari. 
 
Jes,  botokuda,  kanel,  kayyapo,  shavante  va  boshqalar.  Asosiy  qurollari  o‘q-yoy 
bo‘lib, ayollar terib-termachilik bilan shug‘ullanganlar. 
Pampa  indeetslar.  Patagoniyaliklar.  Ular  mustamlakachilik  arafasida  ovchilik  bilan 
sh
ugullanganlar.  XVIII  asr  o‘rtalarida  ular  otda  ov  qila  boshlaganlar.  Bola  quroli  3-4  ta 
bog‘langan  toshlar  xam  o‘sha  paytda  ixtiro  qilingan.  Uylari  panalar  bo‘lib  terilar  bilan 
yopilgan. 
Olovli Erliklar. Er yuzidagi eng qoloq axolilardan biridir. XIX  asr 
o‘rtalariga qadar ular 
ibtidoiy jamoa tuzumida yashaganlar. Uchta gurux indeetslari ona, alakaluf va yamana deb 
nomlangan. 


- 89 - 
 
Lotin  Amerikaliklarga  20  ta  Markaziy  va  Janubiy  Amerika  davlatlari  kiradi.  Kreollar-
ispanlar  va  portugallarning  avlodlaridir.  Metislar-evropaliklar  va  indeetslar  avlodlari; 
Mulatlar-evropaliklar vanegrlar avlodlari;Sambo-negr va indeetslar avlodlaridir. 

Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling