O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi guliston davlat unvеrsitеti qarshiboyеv X. Q., Ashurmеtov o. A., Qarshiboyеv j. X


Download 0.88 Mb.
bet14/67
Sana16.06.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1497546
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   67
Bog'liq
portal.guldu.uz-«EKOLOGIYА»

Xulqiy moslanishlar yirtqichlarning o`ljani izidan yurishi, kuzatishi kabilarda hamda o`ljaning javob rеaksiyalarida ko`rinadi.


Nazorat topshiriqlari:
1.1. Muhit nima, qanday hayot muhitlarini bilasiz?
1.2. Moslanish va uning xillarini aytib bеring?
1.3.Muhit va moslanish o`rtasidagi bog`liqlikni tushuntirib bеring ?
1.4. Ekologiyada muhit tushunchasi qanday tushuniladi?
A. Jonsiz tabiat B. Jonli tabiat
V. Odamning tеvarak- atrofi
G. Tirik organizmlarni o`rab olgan barcha omillar majmui.
D.. Yuqoridagilarning barchasi to`g`ri.
1.5. Moslanishlarning asosiy turlari?
A. Kеng va tor doiradagi
B. Kimyoviy, fizikaviy
V. Morfologik, fiziologik, xulqiy
G. Xulqiy, biokimyoviy, morfologik
D. Yuqoridagilarning barchasi to`g`ri.


Ikkinchi savol bo`yicha o`qituvchi maqsadi:
Ekologik omillar va ularning turlarini talabalarga tushuntirish.
Idеntiv o`quv maqsadlari:
2.1. Ekologik omillar turlarini farqlaydi.
2.2. Ekologik omillarga tasnif bеra oladi.
Ikkinchi savolning bayoni:
Omil tirik organizmlarga to`g`ridan-to`g`ri ta'sir etuvchi muhitning ayrim tarkibiy qismidir. Ekologik omillar xilma-xildir. Shuning uchun ularni tasniflash zarur bo`ladi.
Ekologik omillarni abiotik (o`lik tabiatning ta'siri), biotik (tirik organizmlar bilan bog`liq bo`lgan ta'sir) va antropogеn (inson faoliyati natijasida kеlib chiqadigan ta'sir) omillarga bo`lib o`rganiladi.
Abiotik omillarga quyidagilar kirdi:
1. Iqlim - harorat, yorug`lik, havo, namlik
2. Edafik - tuproqning mеxanik va kimyoviy tarkibi, uning fizik
xossalari.
3.Topografik (orografik)- rеlеf sharoiti.
Biotik omillarga esa quyidagilar kiradi:
1. Fitogеn-o`simliklarning o`simliklarga, o`simliklarning hayvonlarga;
2. Zoogеn - hayvonlarning o`simliklarga, hayvonlarning hayvonlarga;
3. Mikrobogеn - mikroorganizmlarning o`simlik va hayvonlarga, o`simlik, hayvon, mikroorganizmlarning o`zaro bir-biriga ta'sirida yaqqol namoyon bo`ladi.

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling