3. Chang sig’imi.
Ushbu ko’rsatgich chang tozalash qurilmasining 1 m2 sirtida ushlab qolingan chang massasi bilan ifodalanadi va kg/m2 bilan o’lchanadi.
4. Tozalash qurilmasining ishlab chiqarish quvvati.
Ushbu ko’rsatgich tozalash qurilmasining vaqt birligida qancha changli havoni tozalash quvvatini ifodalaydi va quyidagi formula bilan hisoblanadi (m3/s):
W=V*S
bu erda, V – tozalash qurilmasidan chiqayotgan toza havo oqimining tezligi, m/s;
S – tozalangan havo oqimi chiqayotgan quvurning ko’ndalang kesim yuzasi, m2.
5. Aerodinamiq qarshilik.
Agar tozlalash qurilmasiga kirayotgan changli havoning tezligi (V, m/s) va zichligi (ρ, kg/m3) ma’lum bo’lsa, unda aerodinamiq qarshilik (P, Pa) quyidagi formula bilan hisoblanadi:
(7)
bu erda, K – chang tozalash qurilmasining mahalliy qarshilik koeffisienti.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, ko’pincha muhandislik amaliyotida ushbu ko’rsakich tozalash qurilmasiga kirayotgan (Pkir) va undan chiqayotgan (Pchiq) havo bosimlarining ayirmasi bilan aniqlanadi:
P=Pkir–Pchiq (8)
MA’RUZA №13
Bino va inshootlar qurilishida resurs tejamkorligi
13.1. Zaharli gaz chiqinilari, ularni hosil bo’lishi, atmosferaga tashlanishi va hosil bo’lish oldini oluvchi texnologik usullar
13.2. Havoni zaharli chiqindi gazlardan tozalashning asossiy prinsiplari
13.3. Ifloslantiruvchi moddalarni absorbsiya va adsorbsiya usullari bilan ajratib olish
Tayanch atama va iboralar
Adsorbsiya, sorbsiya, desorbsiya xemosorbsiya, absorbsiya kattaligi, zahirali moddalar.
A d a b i y o t l a r
Fatoyev I.I. Sanoat ekologiyasi. O’quv qo’llanma 1-qism. Buxoro. BuxOO va ESTI, 2001, 47 6.
Qudratov O. Sanoat ekologiyasi. T: TT va ESI, 1999, 183 b.
Охрана окружающей среды. Под ред. С.Б.Белова, М.: Высшая школа, 1991, 319 с.
Рoдионов А.И., Клушин В.Н., Торочешников Н.С. Техника защиты охраны окружающей среды. М.: Химия, 1989, 512с.
O’zbekiston Respublikasi “Tabiatni muhofaza qilish” to’g’risidagi qonuni. T.:Adolat, 1996.
Do'stlaringiz bilan baham: |