Hisoblash ketma-ketligi:
Sochilish tarmoqlarida chiqadigan chang miqdorini quyidagi formula (1) yordamida hisoblanadi
Erning ustki qatlamidagi (2 m balandlikda ish uchastkasidan 100, 500 va 1000 m radiusda) chang miqdorini REM si bilan solishtirish.
Changlangan rayonlarda insonlarni kasallanishi necha marta oshishi mumkin, agar e’tiborni qaratadigan bo’lsak havoning changlanganligi 50 kg/m3 bo’lganda kasallanish 3 martaga ortadi.
Qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoatida omborlarda, saqlash joylarida dastlabki ish vaqtida betartib chiqitga chiqarish, xom ashyo mahsulotlarini sochilib ketishga, chang chiqishga sabab bo’ladi. Chang chiqishining umumiy hajmi quyidagi tenglama orqali hisoblanadi.
R=A+V K1·K2·K3·K4·K5·K6·6·106 + K3K5K7·q·Hfakt, g/s (1)
3600
A – maydalangan qurilish materiallarini joylashtirishda (ortishda, to’ldirishda) chang chiqindi.
V – xom ashyo ochiq joyda saqlanganda chang chiqindi.
K1 – mayda chang miqdori.
K2 – aerozolga o’tadigan chang zarrachalarining miqdori.
K3 – meteorologik sharoitni hisobga oluvchi (havo xarakatining tezligi) koeffistient.
K4 – omborxonalarni tashqi ta’siridan (4,3,2 tomondan ochiq) himoya qilish darajasini hisobga oluvchi koeffistient.
K5 – materialni namligini hisobga oluvchi koeffistient.
K6 – materialniko’tarilish balandligini hisobga oluvchi koeffistient.
K7 – saqlanadigan maydalangan materiallarni yuza ko’rinishini hisobga oluvchi koeffistient.
Do'stlaringiz bilan baham: |