O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi guliston davlat universiteti


II. Ravon nutq va uni leksik – grammatik rasmiylashtirishga nisbatan qo’yiladidan talablar


Download 345.69 Kb.
bet17/80
Sana06.09.2023
Hajmi345.69 Kb.
#1673276
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   80
Bog'liq
portal.guldu.uz-BOLALAR NUTQINI O‘STIRISH NAZARIYASI VA TEXNOLOGIYALARI

II. Ravon nutq va uni leksik – grammatik rasmiylashtirishga nisbatan qo’yiladidan talablar.
Bolalar kattalardan nafaqat tovushlar va so’zlarni to’g’ri talaffuz qilishni balki ertaklar, hikoyalar mazmunini aytib berish, atrofi olam haqidagi o’z kuzatishlarini bayon qilish, o’z fikirlarini izchil bayon qilish va hulosalar chiqarishni ham o’rganadilar.
Faqat oddiy gaplarni qo’llash bilan cheklanmaslik lozim ayniqsa bog’langan qo’shma gap va ergashgan qo’shma gaplarni keng qo’llash juda muximdir.
Bolalarga hikoya qilb berishda faqat asosiy narsani yani barcha ikkinchi darajali va ahamiyatsiz narsalarni tashlab yuborgan holda faqat ushbu mavzuga aloqador narsalarni ajratib olish va bolalarga yetkazish zarur. Ko’p sozlash, ortiqcha iboralarbi qo’llash tarbiyachining nutqini og’ir, tushunish ichun qiyin qilib qo’yadi.
Murakkab abarotlar bilan boyitilgan hikoyani tinglashda maktabgacha yoshdagi bolalarning pedagogning fikrinin kuzatib borishlari, hikoya mazmunini esda saqlab qolishlari qiyin bo’ladi va bunday hikoya foyda keltirmaydi. Pedagog nutqining imkonliligi va tushunarliligiga eng avvalo so’zlardan to’g’ri va aniq foydalanish orqali erishiladi. Ona tilining lug’at zaxirasi boy, u doimo yangi so’zlar bilan boyib boradi:muomaladan chiqqan so’zlar yo’qolib ketadi. Bolalar bilan suxbat chog’ida adabiy tilga oid so’zlarni qo’llash qo’pol so’zlarga yo’l qo’ymaslik oddiy so’zlashuv tili va shevalardan shuningdek muomaladan chiqqan so’zlardan qochish lozim. Tarbiyachining lug’ati qanchalik boy va turli tuman bo’lsa uning nutqi qanchalik yorqin bo’lsa bolalar shunchalik ko’p so’zlarni o’zlashtirib olishlari mumnun
Tarbiyachining lug’atidagi kamchiliklar sifatida so’zlarni kichraytirilgan erkalash sufikslari bilan qo’llash ( sevaraxon, qo’lchalaringni yuv) nutqni ortiqcha so’zlar bilan to’ldirib yuborish ( hosh aytish mumkunki, demak, ) nisbatan katta bolalar bilan muloqot qilishda ularga huddi go’daklarga kabi muomala qilish kabi holatlarni keltirish mumkin.
Yangi so’zlardan foydalanishda juda extiyot bo’lsh zarur. Bir tomondan bolalarning yoshini hisobga olish va ular tushuna oladigan so’zlarni tanlash ikkinchi tomondan doimiy ravishta yangi so’zlarni muomalaga kiritish mavjud so’zlardan foydalanishni kengaytirish va ularning manosini tushuntirib berish lozim.
Pedagogning hikoyasi to’liq chiroyli so’zlari aniq tanlab olingan grammatik jihatdan to’gri rasmiylashtirilgan va ifodali bo’lishi uning aloxida qismlari o’rtasida mantiqiy aloqa o’rnatilgan bo’lishi lozim. Hikoya qilishda nutqni ifodali turli tuman, mazmunga boy qiladigan sininimlar, metoforalar, tashbexlardan, halq og’zaki ijodiyotidan ( maqollar, matallar ) fraziologi iboralardan kengroq va moxirona foydalanish lozim.

Download 345.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling