O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi guliston davlat universiteti


Nutqning tovush tomonini rivojlantirish


Download 345.69 Kb.
bet14/80
Sana06.09.2023
Hajmi345.69 Kb.
#1673276
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   80
Bog'liq
portal.guldu.uz-BOLALAR NUTQINI O‘STIRISH NAZARIYASI VA TEXNOLOGIYALARI

Nutqning tovush tomonini rivojlantirish.
Tilni amalda o’zlashtirish ona tilining barcha tovush birliklarini (tovush – bo’g’in – ibora – matn) tinglab ajratib olish va ularni to’g’ri talaffuz qilishni nazarda tutadi , shuning uchun maktabgacha yoshdagi bolada tovushni talaffuz qilishni shakillantirish borasidagi ishlar muntazam ravishta olib borilishi lozim.
Ohang, tembr, pauza, urg’ulashning turli hillari tovush ifodaliligining muxim vositasi hisoblanadi.
Ko’rgazmali usullar – kuzatish uning turlari: binoni ko’zdan kechirish ekskursiya, tabiiy buyumlarni ko’rib chiqish. Pedagog kuzatishdan obektni to’g’ridan to’g’ri va vositali kuzatish mumkun bo’lgan hollarda – suratlar fotosuratlar, kinofilimlar, diofilimlar va videofilmlar namoyishidam foydalanadilar.
Ko’rgazmali narsalar, hodisalar ko’rgazmali ususllardan foydalanishda suxbat, mulohaza mavzusini belgilaydigam manba bo’lib hizmat qiladi. Bolalarning qabul qilish hissini so’zlash orqali yo’naltirayotgan tarbiyachi ko’rib chiqilayotgan narsa nomini aytadi va uni tushuntirib beradi.
So’zli usullar – kattalar va bolalrning so’zlari har qanday ko’rgazmali va amaliy metodlar tarkibiga kiradi. Biroq bolalarda so’zli mantiqiy fikirlashning rivojlanishi, atrofdagi narsalar va hodisalr haqidagi tasavvurlarning yig’ilishiga qarab nutqni rivojlantirishninh so’zli usullari mustaqil metod tusini oladi.Unga badiiy asarlarni o’qish sher yod olish, bollalarning hikoyalari, suxbatlar va tarbiyachining hikoyalari kiradi.
So’zli usullar sof ko’rinishda maktabgacha ta’limda juda kam qo’llaniladi, chunki maktabgacha yoshdagi bolalarning yosh hususiyatlari ko’proq ko’rgazmalilikga tayaningni talab qiladi shuning uchun deyarli barcha so’zli usullarda ko’rgazmali usullardan yoki bolalarni dam oldirish maqsadida ko’rgazmali obyektni namoyish qilishdan fotdalaniladi.
Amaliy metodlarga mashqlar, o’yin metodlari kiradi va u bolalar nutqini rivojlantirishda keng qo’llaniladi. Ulaning maqsadi bolalarga olingan bilimlarni amaliy faoliyatda qo’llashni o’rgatish, nutqiy maxorat va ko’nukmalarni o’zlashtirishda ularga yordam berishdan iborat. Didaktik o’yinlardan nutqiy rivojlantirishga oid barcha vazifalarni hal etish uchun foydalaniladi. Nutqiy mashqlar( mashq qilish va ijodiy mashqlar ) yordamida esa o’z fikirlarini aning va tushunarl qilib ifodalash, mulohaza yuritish isbotlash hamda so’zlarni aniq va tushunarli qilib talaffuz qilish shakillanadi.
Har bir metod didaktik vazifalarni hal etish – yani bolalarga yangi narsalarni tanishtirish, mahorat va ko’nikmalarni mustaxkamlash o’zlashtirilgan narsalarni ijodiy ravishta qayta ishlash uchun xizmat qiladigan usullar majmuasidir.
Metod deb bilimlarni biridan ikkinchisiga berish maqsadida o’qituvchi va o’quvchi tomonidan amalga oshitilayotgan harakatga aytiladi
O’qitish usulu – bu metodning bir elementidir. Usullarni ko’rgazmaliligi va emotsionalligiga qarab so’zli, ko’zgazmali, o’yinli usullarga ajratish mumkun
Eng ko’p tarqalgan so’zli usullardan biri – nutqiy namunadir. Nutqiy namuna – bu tarbiyachining to’g’ri, ilgaridan mashq qilingan nutqiy faoliyatidir. Nutqiy namunadan izohlash, ko’rsatmalar berish bilan birgalikda foydalaniladi. Namuna bolalarga aniq , tushunarli, baland va bosiq ovozda namoish qilinadi.
Takrorlash – esda saqlab qolish maqsadida aynana bitta nutqiy elementdan (tovush, so’z, ibora) bir necha marta foydalanish. Takrorlash tarbiyachining o’zi yoki bola tomonidan hamda bolalar tomonidan jo’rovoz bo’lib amalga oshiriladi
Tushuntirish – tarbiyachi tomonidan narsa yoki hodisa mohiyati ochib beriladi.
Ko’rsatma berish – bolalarga qandey harakat qilish, qanday qilib natijaga erishish mumkunligi tushuntiriladi. Ko’rsatmalar o’rgatuvchi tashkiliy va tartibga keltiruvchi bo’ladi.
So’zli mashqlar – nutqiy maxorat va ko’nikmalarga ega bo’lish hamda ularni takomillashtirish uchun bolalarning muayyan nutqiy harakatlarni ko’p marta bajarishlaridir.
Bolalar nutqini baholash – o’rgatuvchi usul bo’lib, unda bolaning javobi yoki hikoyasi haqida asoslangan mulohaza bildiriladi. Ko’pincha baxolar nutqning ijobiy tomoniga talluqli bo’ladi.
Savol – so’zli murojat bo’lib u mavjud bilimlardan foydalanish yoki uni qayta ishlash zarurati qarshisida turgan bolaga vazifa qo’yish va uning javobini kutishni talab qiladi, Savollar mazmuniga qarab tasniflanadilar: faktlarni tasdiqlashni talab qiluvchi reproduktiv savollar ( Nima? Kim? Qanday? Qayerda? Qayerga? Qancha? Qachon) aqil bilan bir hulosaga kelishni talab qiluvchi nisbatan murakkab qidiruv savollari ( Nega? Nima uchun? Nimasi bilan o’zshash?). Savollar tuzilishiga qarab to’g’ridan to’g’ri yo’l ko’rsatuvchi va javobni aytib turuvchi savollarga bo’linadi.
Ko’rgazmali usular – suratni o’yinchoqni harakatni, sahna harakatlarini ko’rsatish, tovushni yo’lga qo’yish jarayonida artikulyatsiya organlari holatini ko’rsatib berish. Ko’rgazmali usullar so’zli usullar yordamida yani narsani ko’rsatish uning nomini aytish, tushuntirish orali qo’llaniladi.
O’yin usullari – maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishda turli o’yinchoqlardan foydalanish mashqlar, o’yinlarni yanada jonli va emotsional qiladi bu esa bolalarning diqqa etiboti oshishiga olib keladi, ayni paytda barcha nutq jarayonlari faollashadi. O’rgatuvchilik vazifasiga qarab rivojlantirish usullarini bevosita va bilvosita usullarga ajratish mumkun.Bevosita talim usuli – namuna, izoh, savol. Bola javobini baholash, ko’rsatma berish va boshqalar.
Mashg’ulot, o’quv vazifasining maqsadiga qarab bir mashgulotda aynana bitta ususlning o’zi yetakchi boshqa bevosita usullar esa – qo’shimcha usullar bo’lishi mumkun. Masalan hikoya qilib berishga oid mashg’ulotda namuna yetakchi usul bo’ladi, boshqa usullar – reja, savollare esa qo’shimcha usul bo’ladi.

Download 345.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling