O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi guliston davlat universiteti


Download 345.69 Kb.
bet12/80
Sana06.09.2023
Hajmi345.69 Kb.
#1673276
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   80
Bog'liq
portal.guldu.uz-BOLALAR NUTQINI O‘STIRISH NAZARIYASI VA TEXNOLOGIYALARI

Obrazli nutqni rivojlantirish.
Bola nutqi, agarda u atrofdagilarga tushunarli bo’lsagina ishonchli muloqot vositasi bo’lib xizmat qiladi, bu esa fikirni so’zlarda izchil, ravon va to’liq ifodalashga, aniq so’zlarni tanlashga, talaffuzning sofligi va to’g’riligigga bog’liq.
Tarbiyachi bolalarning tafakkurini va uning nutqining barcha jihatlarini, shu jumladan, obrazlilikni ham ularga atrofdagi hayot, oila va maktabgacha ta’lim muassasasining maishiy hayoti, kishilar mexnati, ijtimoiy voqea va hodisalar bilan, jonli tabiat va predmetli olam bn tanishish imkonini beradigan darajada rivojlantiradi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar borliqni faol qabul qiladilar va atrof muxitdagi hayotga qo’shilib ketadilar, bu esa ularda so’z zaxiralarining tez ortishiga olib keladi.
Bolalar lug’atini boyitishning asosiy manbasi bo’lib kattalar nutqi, birinchi navbatta, bolalarni o’qitib, tarbiyalaydigan tarbiyachining nutqi hisoblanadi. Ular tarbiyachidan obrazli si’zlarni, ifoda va qo’llash usullarini o’zlashtirib oladilar.
Obrazli nutqni rivojlantirish keng ma’noda nutq madaniyatyining tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu o’rinda nutq madaniyati deganda, adabiy til normalariga rioya qilish o’z fikirlarini, hissiyotlarini tasavvurlarini aytilayotgan gapning yo’nalishi va maqsadiga muvofiq holda mazmunli, grammatik to’g’ri, aniq va ifodali bera olish tushuniladi.
Nutq faqat bolada til boyligiga nisbatan qiziqish tarbiyalangan nutqda turli hil ifoda vositalardan foydalanish ko’nikmasi rivojlantirilgan taqdirda obrazli, bevosita va jonli bo’ladi.
Badiiy adabiyot va xalq og’zaki ijodiyotiga oid asarlar shu jumladan kichik folklor janorlari ( maqollar, matallar, topishmoqlar tez aytishlar sanoq sherlar) bolalar nutqining ifodaliligini rivojlantirishning eng muxim manbalari hisoblanadi
Badiiy adabiyot va xalq og’zaki ijodiyoti – bu inson hayotining birinchi yilidan boshlab unga hamroh bo’ladigan sanat turlaridir.
Folklorning tarbiyaviy, bilish va estetik ahamiyati juda katta, zero u bolaning atrofdagi borliq haqidagi tasavvurlanini kengaytirgan holda ona tilining badiiy shakli, musiqasi va ritmini chuqur his qilish ko’nikmasini rivojlantiradi.
Bolani kichik folklor shakillari bilan tanishtirish badiiy adabiyotda ifoda vositalarining (taqqoslash, kinoya, epitet ) rolini tushunishni rivojlantirishga ta’sir ko’rsatadi.
Obrazlilik nutqining turli jihatlarining muhum hususiyati hisoblanadi.
Leksik tomoni obrazlilikning tarkibiy qismi hisoblanadi, chunki so’zning mazmuniy tomoni ustidagi ishlar bolaga mazmuni va ifodaliligi bo’yicha aniq bo’lgan so’zlar va so’z birirkmalarini bildirilayotgan fikirning matnidan kelib chiiqan holda qo’llashga yordam beradi.
Obrazlilikning grammatik jihati ham juda muximdir, chunki bola turli hil stelistit vositalatdan ( so’z tartibi, turli toifadagi gaplarni tuzish)foydalangan holda, o’z fikirlarini grammatik jihatdan to’g’ri va shu bilan bir vaqtda ifodali tarzda bildiradi.
Obrazli nutq ustida ishlash jarayonida tarbiyachi ertaklar bilan ishlashning turli metodik usullaridan foydalanishi lozim: ko’rgazmali materiallarni namoyish qilgan holda, ertak mazmunu bo’yicha o’qish va suxbatlar o’yin saxnalashtirish, ro’lli o’yinlar va h.k; bolalarda badiiy ifoda vositalarini ajrata olish, ulardan nutqda foydalanish qobiliyatini shakillantirishga oid ishlarni muntazam ravishta o’tkazish; badiiy ifoda vositalari bilan boyitilgan nutq qiziqarli va go’zalligini aniq misollar orqali bolalarga ko’rsatish, shuningdek, bolalar obrazli so’zlar va ifodalarni qo’llash zaruratiga duch keladigan turli vaziyatlarni yaratish.

Download 345.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling