O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi guliston davlat universiteti


Nutqning leksik jihatlarini rivojlantirish


Download 345.69 Kb.
bet8/80
Sana06.09.2023
Hajmi345.69 Kb.
#1673276
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   80
Bog'liq
portal.guldu.uz-BOLALAR NUTQINI O‘STIRISH NAZARIYASI VA TEXNOLOGIYALARI

Nutqning leksik jihatlarini rivojlantirish.
So’z predmetlar, jarayonlar, xususiyatlarni nomlash uchun muhim til birligi hisoblanadi. So’z ustida ishlash nutqni rivojlantirish borasidagi ishlarning umumiy tizimida eng muhum ishlardan biri hisoblanadi.
Ona tilining lug’at tarkibini egallash – uning grammatik tuzumuni o’zlashtirish, ravon monologik nutqni rivojlantirish, nutqning tovush jihatini shakillantirishning zaruriy sharlidir.
So’znig til birligi sifatidagi ajralmas hususiyati uning mazmunidir. Insonda so’zlarning turli manolari tushunush ko’plab yillar davomida rivojlanadi. Pedagog so’zdan fotdalanishda sementik aniqlikni taminlash uchun bolani aynan bir so’zning turli manolari bilan tanishtirishi zarur. Bolada so’zlar va so’z birikmalarini matn bilan, nutqiy va ular mazmuniga qarab bog’lashda til vositalarini erkin tanlash qobiliyatini shakillantirishga yordam beradi.
Narsalarning so’zdagi ifodasi (nomini ) ni bolalar ularni o’rab turgan borliq bilan tanishish jarayonida o’zlashtirib oladilar. Biroq, maktabgacha yoshdagi bolalarnig lug’ati nafaqat miqdor jihatdan o’sishga, balki sifat jihatdan takominlashuviga ( so’zlar manosini aniqlashtirish, sinonimlar, antonimlar, ko’p manoli so’zlarni qo’llashdagi semantik aniqlik, ko’ch,a manolarni tushuntirish) muhtojdir.
Agarda muayyan so’zni qo’llashni o’rgatish uning mazmuni bilan bo’liq bo’lib, so’z ustida ishlash jarayonida asostsatsiya sosidagi bog’liqliklar o’rnatilsa, bolalar ushbu so’zni tezroq o’zlashtiradilar.
Maktabgacha yoshdagi bolalar lug’atini rivojlantirishda so’zlarni mavzuga oid guruxlarga birlashtirish tamoyili muhim hisoblanadi. Til birliklari o’zaro bog’langan va bir biriga tobe bo’ladi. Mavzuga oid qatorlarni tashkil qiluvchi so’zlar umumiyligi negiz atrofida joylashadigan semantik maydon hisoblanadi. Chunonchi ko’p ma’noli so’z bo’lmish igna ”archasimon daraxt bargi ” manosini quyidagi semantik maydonga kiradi.: darxt – daraxt tanasi – novdalar – yashil – momiq, o’sadi, - tushib ketadi. Aynan shu so’z tikuv ignasi manosida boshqa semanti qatorga kiradi: tikmoq – tikib qo’ymoq – mato ustidan ip bilan tikmoq – ayollar ko’ylagi – naqsh – o’tkir – o’tmas va h.k.
Lug’at ishining bosh vazifasi – lug;at zaxirasini boyitish, kengaytirish va faollashtirishdan iborat.
Bolalar lug’atini boyitishning asosini bolaning til ongiga mavzuga oid so’zlar, sinonimik qatorlar, antonimik juftliklar, ko’p manoli so’zlarni kiritish tashkil qiladi.
Bolalar bilan sinonimlar ustida ishlash ( mazmuniga ko’ra bir biriga yaqin so’zlarni tanlash ) ularning so’zlarning mavzuga iod so’zlar guruxlarni o’zlashtirishlariga oid ishlar bilan uyg’unlashtirib kelishlari lozim.
Antonimlar ustidagi ishlar ( bir biriga qarama qarshi so’zlar) bolalar bla nso’z birikmalari va gaplar tuzishda amalga oshirilishi kerak. Pedagog bolalarga maqollarda, matallarda antonimlarni topishini o’rgatishi zarur. Ko’p manoli so’zlarda antonimlarni topish bolalarning so’z haqidagi tasavvurlarini kengaytiradi. Qarama-qarshi ma’noga ega bo’lgan so’zlardan iborat bo’lgan so’z birikmalarini tanlar ekan, bolalar so’zlarning ko’p manoliligini yanada chuqurroq tushunadilar.
So’zlarning ko’p manoliligini maktabgacha yoshdagi bolalarga ularga tanish bo’lgan aniq predmet ahamiyatiga ega bo’lgan ( ruchka, igna, yashin, gavdaning orqa tomoni, oyoq) so’zlarda ko’rsatish darkor. Ko’p manoli so’zlar ustidagi ishlar quyidagi yo’nalishlar bo’yicha olib borilshi mumkun.: so’zni aytish, unga belgilar va harakatlar tanlash – so’z birikmasini, so’ngra gaplarni tuzish va oqibatda ko’p manoli so’zlardan ravon matnda foydalanish.
Lug’at ishi jarayonida pedagog bolalarda nutqning aniqlik, to’g’rilik, ravonlik, ifodalilik kabi sifatlari amalga oshishiga erishish zarur.
Bolalar bilan lug’at ishlarini tashkil qilar ekan, pedagog quyidagilarni hisobga olishi lozim:
-leksikani tashkil etishning mavzuga asoslangan tamoyili
-Semantik jihati( bolani so’z mazmuni bilan tanishtirish)
-So’zlarni birlashtirishning assotsiativ metodi.
Leksika ishlarining barcha turlarini boshqa nutqiy vazifalar bilan o’zaro bog’liqlikda so’zli o’yinlar, mashqlar, ijodoy vazifalar shaklida tavsiya etiladi.
Leksiz mazmundagi o’yinlar va nashqlar – nutqning mazmun jihatin rivojlantirishning zarur sharti hisoblanadi. Ular turli predmetlar va obyektlarni taqqoslash, turli umumiy hususiyatlar va funksiyalarni ajratish muhum ahamiyatga ega.

Download 345.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling