O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti fizika matematika fakulteti


mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarining huquqiy


Download 1.11 Mb.
Pdf просмотр
bet4/6
Sana09.03.2020
Hajmi1.11 Mb.
1   2   3   4   5   6

mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarining huquqiy 

himoyasi  to’g’risida»gi  Qonunida  EHM  uchun  yaratilgan  dasturlar  va 

ma’lumotlar  bazalarining  huquqiy  himoyasi  borasidagi  munosabatlar  yoritilgan. 

Ushbu  Qonun  EHM  uchun  yaratilgan  dasturlar  va  ma’lumotlar  bazalarini 

mualliflik huquqi ob’ektlari sirasiga kiritadi.  Qonunda vazifasi  va afzalliklaridan 

qat’iy  nazar,  ob’ektiv  shaklda  ifodalangan,  bosib  chiqarilgan  hamda  bosib 

chiqarilmagan, muallif (hammualliflar) ijodiy  faoliyatining natijasi bo’lgan, EHM 

uchun  yaratilgan  har  qanday  dasturlar  va  ma’lumotlar  bazalariga  nisbatan 

mualliflik huquqi tatbiq etilishi belgilab qo’yilgan. [4]. 

O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  29  avgust  1996  yilda  qabul 

qilingan  №  257  sonli  qaroriga  binoan  1997  yil  1  martdan  boshlab  joriy  etilgan 

O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining «Xizmat va tijorat siri» nomli 

98-moddasida  quyidagilar bayon etilgan:  

Fuqarolik qonun hujjatlari xizmat yoki tijorat siri bo’lgan axborotni, basharti 

bu  axborot  uchinchi  shaxslarga  noma’lumligi  sababli  haqiqiy  yoki  nisbiy  tijorat 

qimmatiga ega bo’lgan, qonun yo’li bilan undan erkin bahramand bo’lish mumkin 

bo’lmagan hamda axborot egasi uning maxfiyligini saqlashga doir choralar ko’rgan 

hollarda himoya etadi. 


 

38 


Axborotning  maxfiyligini  ta’minlash  borasida  davlat  manfaatlari  1993  yil  7 

mayda  qabul  qilingan  №  848-XII  sonli  «Davlat  sirlarini  saqlash  to’g’risida»gi 

Qonunda  to’liq  o’z  aksini  topgan    Unda  O’zbekiston  Respublikasining  davlat 

sirlari,  deb  davlat  tomonidan  qo’riqlanadigan  va  maxsus  ro’yxatlar  bilan 

chegaralab  qo’yiladigan  alohida  ahamiyatli,  mutlaqo  maxfiy  va  maxfiy  harbiy, 

siyosiy,  iqtisodiy,  ilmiy-texnikaviy  va  o’zga  xil  ma’lumotlar    hisoblanishi 

ta’kidlangan. Shuningdek  mazkur  qonunda  «Davlat  sirlarini  saqlashning huquqiy 

asosi»,  «Davlat  sirlarining  kategoriyalari»,  «Axborotlarni  davlat  sirlariga  mansub 

deb  topish»,  «Davlat  sirlarini  saqlash  tizimi»,  «Axborotlarni  maxfiylashtirish 

muddatlari», «Davlat sirlarini saqlash borasidagi burch, ularni oshkor etganlik yoki 

qonunga  xilof  ravishda    maxfiylashtirganlik  uchun  javobgarlik»  nomli  moddalar 

alohida yoritilgan. 

O’zbekiston  Respublikasi  «Axborotlashtirish  to’g’risida»gi  Qonuniga 

muvofiq ravishda  yuridik  va jismoniy shaxslarning informatsion-kommunikatsion 

texnologiyalari  va  Internet  tarmog’idan  foydalanishlarida  xavfsizlikni  ta’minlash, 

kompyuter  xavfsizligi  tahdidlarining  oldini  olish  va  bartaraf  etishni  yanada 

takomillashtirish  maqsadida  2005  yil  5  sentyabrdagi  O’zbekiston  Respublikasi 

Prezidentining 

 

PP-167-sonli 



Qaroriga 

ko’ra  kompyuter  va  axborot 

texnologiyalarini  rivojlantirish  va  joriy  etish  markazi  huzurida  kompyuter  bilan 

bog’liq mojarolariga munosabat bildirish xizmati tashkil etiladi. Ushbu xizmatning 

asosiy vazifalari: 

-  respublikada  kompyuter  va  axborot  texnologiyalaridan  foydalanish 

sohasidagi  qonunbuzarliklarning  oldini  olish  borasidagi  sa’y-harakatlarni 

muvofiqlashtirish; 

-  kompyuter  texnikasi  va  dasturiy  ta’minotlardan  foydalanuvchilarni 

kompyuter xavfsizligi tahdidlar to’g’risida axborotni, shuningdek kompyuter bilan 

bog’liq  mojarolar,  kompyuter  tizimlarida  qo’llaniladigan  dasturiy-texnikaviy 

vositalarning  samaradorligiga  doir  materiallarni  to’plash,  tahlil  qilish  va  tegishli 

ma’lumot bazalarida jamg’arib borish; 


 

39 


-  kompyuter  xavfsizligi  borasidagi  ilg’or  tajribani  o’rganish  va  joriy  etish, 

axzborot  tizimlariga  noqonuniy  ravishda  kirish  hollarining  oldini  olishni 

ta’minlash uchun tavsiyalar ishlab chiqish; 

- kompyuter sohasidagi jinoyatlar va axborot xavfsizligini huquqiy ta’minlash 

masalalarida hamkorlik qilish. 

Bugungi  kunda  kompyuter  bilan  bog’liq  mojarolarga  munosabat  bildirish 

xizmati  tashkil  etilgan.  Xizmat  yuzasidan  foydalanuvchilarga  yordam  berish 

maqsadida www.cert.uz sayti faoliyat ko’rsatmoqda. 

2007  yil  27  sentyabrda  Oliy  Majlis  qonunchilik  palatasi  tomonidan 

«Axborotlashtirish  va  ma’lumotlarni  uzatish  sohasida  qonunga  xilof  harakatlarni 

sodir  etganlik  uchun  javobgarlik  kuchaytirilganligi  munosabati  bilan  O’zbekiston 

Respublikasining  ayrim  qonun  hujjatlariga  o’zgartirish  va  qo’shimchalar  kiritish 

to’g’risida»gi  O’zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi hamda 2007 yil 

30 dekabrda Oliy Majlis Senatining o’n ikkinchi yalpi majlisida ma’qullandi.  

Ushbu 

Qonunning 



1-moddasiga 

ko’ra, 


Jinoyat 

Kodeksining 

«Axborotlashtirish  qoidalarini  buzish»  nomli  174-moddasi  chiqarib  tashlandi  va 

uning  o’rniga  «Axborot  texnologiyasi  sohasidagi  jinoyatlar»  nomli  6  moddadan 

iborat yangi bob kiritildi. Bu bobda quyidagi moddalar nazarda tutilgan: 

 



«Axborotlashtirish qoidalarini buzish» nomli 278G’ 1-modda; 

 



«Kompyuter  axborotidan  qonunga  xilof  ravishda  (ruxsatsiz)  foydalanish» 

nomli  278G’ 2-modda; 

 

«Kompyuter  tizimidan    qonunga  xilof  ravishda  (ruxsatsiz)  foydalanish 



uchun maxsus vositalarni o’tkazish maqsadida ko’zlab tayyorlash yoxud o’tkazish 

va tarqatish» nomli 278G’ 3-modda;  

 

«Kompyuter axborotini modifikatsiyalashtirish» nomli 278G’ 4-modda; 



 

«Kompyuter sabotaji» nomli 278G’ 5-modda; 



 

«Zarar  keltiruvchi  dasturlarni  yaratish,  ishlatish  yoki  tarqatish»  nomli 



278G’ 6-modda. 

 


 

40 


2.3. Axborot tizimlarida axborot xavfsizligini ta’minlash vositalari 

Umuman axborot xavfsizligini ta’minlashda quyidagi vositalar ishlatiladi: 

 

axborotga ruxsatsiz murojaat qilishdan himoya qilish vositalari;  



 

axborot  oqimini  tahlil  qiluvchi  va  modellashtiruvchi  tizimlar  (CASE-



tizimlar);  

 



tarmoq monitoringi tizimlari;  

 



bayonnomalarni tahlil etuvchi analizatorlar;  

 



antivirus vositalari;  

 



tarmoqlararo himoya ekranlari;  

 



kriptografik  vositalar;  

 



axborotlarning rezerv nusxasini ko’chirish tizimlari;  

 



uzluksiz kuchlanish bilan ta’minlovchi tizimlar;  

 



autentifikatsiya tizimlari;  

 



apparatura qurilmalari korpuslarini echish va buzishga qarshi vositalar;  

 



xonalarga kirishni nazorat qiluvchi vositalar;  

 



himoya tizimini tahlil etuvchi uskunaviy vositalar.  

Bu  vositalardan  mos  ravishda  foydalanish  axborot  tizimlarida  axborot 

xavfsizligini  ta’minlashda  muhim  rol  o’ynaydi.  Bulardan  ayrimlarini  ko’rib 

chiqaylik. 

 

 

 Axborotni himoyalashning kriptografik usullari 



Maxfiy 

axborotlarning 

xavfsizligini 

ta’minlashda  steganografik  va 

kriptografik  usullar  qo’llaniladi.  Steganografiya  so’zi  grekcha  steganos  (maxfiy, 

sir) va graphy (yozuv) so’zlaridan kelib chiqqan va «sirli yozuv» degan  ma’noni 

bildiradi. Steganografik usullar yordamida axborot mavjudligi yashiriladi. [18]. 

Kompyuter  steganografiyasi  yordamida  hozirgi  vaqtda  dasturiy  ta’minotni 

niqoblash,  mualliflik  huquqlarini  himoyalash  ishlari  amalga  oshirilmoqda. 

Masalan,    grafik  tasvirga  shunday  belgi  kiritiladiki,  u  ko’zdan  yashirilgan  holda 

joylashtiriladi. Bu belgi faqat maxsus dasturiy ta’minot orqali aniqlanishi mumkin. 

Steganografiyaning  ushbu  yo’nalishi  nafaqat  tasvirlarni,  balki  audio  va 



 

41 


videoaxborotlarni ruxsatsiz nusxasini ko’chirishdan himoyalashda qayta ishlashda 

qo’llaniladi. 

Kriptografiya  so’zi  grekcha  kryptos  -  sirli,  graphy  –  yozuvni  tasvirlash 

so’zlaridan  kelib  chiqqan  va  «yashirish,  yozuvni  berkitib  qo’ymoq»  ma’nosini 

bildiradi.  Kriptografik  usullar  yordamida  maxfiy  axborot  maxsus  algoritm 

bo’yicha shifrlanib, uning ko’rinishi o’zgartiriladi va shu tariqa buzg’unchilarning 

axborotga ruxsatsiz murojaat qilish imkoniyatlari cheklanadi. 

  

 



 

       


                                            Matnni shifrlash 

Odatda axborotning  ma’nosini  yashirish uchun axborot  ma’lum  kalit asosida 

shifrlanadi. Shifrlash deganda boshlang’ich matnni ma’lum algoritm asosida matn 

ma’nosini anglab bo’lmaydigan ko’rinishdagi matnga almashtirish tushuniladi. 

Deshifrlash  shifrlash  jarayoniga  teskari  bo’lgan  jarayon  bo’lib,  unda 

shifrlangan matn kalit yordamida boshlang’ich ko’rinishga o’tkaziladi. 

 

 

 

                                                                          



Matnni deshifrlash 

Ma’lumotlarni  shifrlashda  ushbu  ma’lumotlar  qaysi  alfavit  asosida 

tuzilganligi  muhim.  Alfavit  –  axborotni  yozma  ifodalashda  zarur  bo’lgan 

belgilarning chekli to’plamidir. 

Masalan: 

*   Z


33 

alfaviti – rus alfavitining 32 harfi va bo’shliq belgisi; 

*   Z

256 


alfaviti – ASCII va KOI-8 standart kodlashtirish jadvali belgilari; 

*   Z


binar alfavit – ikkilik raqamlardan iborat {0,1}; 



Boshlang’ich  

matn 

 

текст 


Shifrlangan 

matn 

 

 



Kriptografik tizim 

 

KALIT 

 

Shifrlangan 



matn   

 

Boshlang’ich 



matn 

 

 



Kriptografik tizim 

 

KALIT 

 


 

42 


*   Sakkizlik yoki o’n oltilik sanoq sistemasi raqamlaridan iborat alfavit. 

Demak,  kalit  –  matnni  shifrlash  va  deshifrlash  uchun  ishlatiladigan  muhim 

himoya ob’ektidir. 

Kriptografiya himoyasida shifrlarga nisbatan quyidagi talablar qo’yiladi: 

•  etarli darajada kriptomustahkamlik; 

•  shifrlash va qaytarish jarayonining oddiyligi; 

•  axborotlarni shifrlash oqibatida ular hajmining ortib ketmasligi; 

•  shifrlashdagi kichik xatolarga ta’sirchan bo’lmasligi. 

Ushbu talablarga quyidagi kriptografik tizimlar javob beradi: 

•  o’rinlarini almashtirish; 

•  almashtirish; 

• gammalashtirish; 

•analitik o’zgartirish. 

Hozirgi kunda kriptografiyada  ikki usul qo’llaniladi: 

•  simmetriyali bir kalitli (maxfiy kalitli); 

•  asimmetriyali ikki kalitli (ochiq va yopiq kalitli). 

Simmetriyali usulda quyidagi ikkita muammo mavjud: 

1)  Axborot  almashuvida  ishtirok  etuvchilar  qanday  yo’l  bilan  maxfiy  kalitni 

bir-birlariga uzatishlari mumkin? 

2)  Jo’natilgan xabarning haqiqiyligini qanday aniqlasa bo’ladi? 

Ushbu muammolarning echimi ochiq kalitli tizimlarda o’z aksini topdi. 

Asimmetriyali  usulda  ikkita  kalit  qo’llaniladi.  Biridan  ikkinchisini  hisoblash 

usullari bilan aniqlab bo’lmaydi. 

Birinchi  kalit  axborot  jo’natuvchi  tomonidan  shifrlashda  ishlatilsa,  ikkinchisi 

axborotni  qabul  qiluvchi  tomonidan  axborotni  tiklashda  qo’llaniladi    va  birinchi 

kalit sir saqlanishi lozim. 



O’rinlarini  almashtirish  shifrlash  usuli  bo’yichi  boshlang’ich  matn 

belgilarining  matnning  ma’lum  bir  qismi  doirasida  maxsus  qoidalar  yordamida 

o’rinlari almashtiriladi. 


 

43 


Almashtirish 

shifrlash 

usuli 

bo’yicha  boshlang’ich  matn  belgilari 



foydalanilayotgan yoki boshqa bir alfavit belgilariga almashtiriladi. 

Gammalashtirish  usuli  bo’yicha  boshlang’ich  matn  belgilari  shifrlash 

gammasi belgilari, ya’ni tasodifiy belgilar ketma-ketligi bilan birlashtiriladi. 



Tahliliy  o’zgartirish  usuli  bo’yicha  boshlang’ich  matn  belgilari  analitik 

formulalar  yordamida  o’zgartiriladi,  masalan,  vektorni  matritsaga  ko’paytirish 

yordamida.  Bu  erda  vektor  matndagi  belgilar  ketma-ketligi  bo’lsa,  matritsa  esa 

kalit sifatida xizmat qiladi. 

Kriptografiya,  aytilgandek  ma’lumotlarni  maxfiy  kalit  yordamida  shifrlash  va 

deshifrlash  bilan  shug’ullanadi.  Kriptologiyaning  boshqa  bir  tarkibiy  qismi  - 

kriptoanaliz esa kalitni bilmasdan turib kriptogrammadan axborotni chiqarib olish 

nazariyasi bilan shug’ullanadi.  

 

 

 



 

 

 



 

 

Zamonaviy kriptografiya to’rtta katta bo’limdan iborat: 



  Simmetrik kriptotizimlar 

  Ochiq kalitli kriptotizimlar 



  Elektron raqamli imzo tizimlari 

  Kalitlarni boshqarish 



 

Simmetrik kriptotizimlar 

 

Simmetrik kriptotizimlar, shifrlash va deshifrlashni bitta kalit orqali amalga 



 

44 


oshiruvchi algoritmlarni o’z ichiga oladi. Bunday algoritmlar ba’zan maxfiy kalitli 

algoritmlar deb ham ataladi.  

Bunday  tizimlarda  ishlaganda,  xabar  jo’natuvchi  va  qabul  qiluvchi 

ishlatmoqchi bo’lgan kalitni oldindan yashirin kanal  orqali almashgan bo’ligi talab 

qiladi. 

 

  



Ochiq kalitli kriptotizimlar 

  Malumotlarni  kriptografik  himoyalash  tizimlari  ichida  samaralisi  ochiq 

kalitli  kriptotizimlar,  boshqacha  qilib  aytganda  assimetrik  kriptotizimlar 

hisoblanadi.  Bunday  tizimlarda  ma’lumotlarni  shifrlashda  bir  kalit  ishlatilsa, 

deshifrlash  uchun    esa  boshqa  kalit  ishlatiladi  (shu  erdan  assimetrik  so’zi  kelib 

chiqadi).  Birinchi  kalit    tizimdagi  barcha  foydalanuvchilar  uchun  ma’lum  bo’lib, 

ma’lumotlarni  shifrlash  uchun  ishlatadi.  Ochiq  kalit  orqali  ma’lumotlarni 

deshifrlash  mumkin  emas.  Shifrlangan  ma’lumotni  foydalanuvchi  deshifrlash 

uchun ikkinchi kalit, ya’ni maxfiy kalitdan foydalanadi.  

 

 



 

 

 

 

 

 

 

Elektron raqamli imzo tizimi 

 

Elektron  raqamli  imzo  (ERI)  -  elektron  hujjatning  rekviziti  bo’lib,  elektron 



hujjatni  qalbakisidan  himoyalash  va  ma’lumot  manbasini  tasdiqlash  uchun 

ishlatiladi.  Elektron  raqamli  imzo,  elektron  hujjatni  kriptografik  o’zgartirish 

natijasida  hosil  bo’lgan  simvollar  ketma-ketligidan  tashkil  topadi.  ERI  ma’lumot 

blokiga  qo’shilib,  ma’lumotni  qabul  qiluvchiga  ma’lumot  manbasini,  ma’lumotni 

butunligini va qalbakisidan himoyalash imkonini beradi.  


 

45 


 

Elektron  raqamli  imzo,  axborotni  maxsus  dasturiy  ta’minot  va  elektron 

raqamli imzoning maxfiy kaliti yordamida kriptografik o’zshartirig orqali vujudga 

keladi.  ERI  elektron  hujjat  almashinuvini  takomillashtiradi  va  hujjatning 

ishonchliligini  kafolatlaydi.  Dastlabki  matn  ixtiyoriy  o’zgartirilsa,  ERI  haqiqiy 

bo’lmaydi. 

 

Muhim  element  bo’lib  maxfiy  kalit  hisoblanadi:  uning  yordamida  elektron 



hujjatlar shifrlanadi va elektron raqamli imzo tashkil qilinadi. Shuningdek maxfiy 

kalit  foydalanuvchida  qolib,  alohida  tashuvchilar  orqali  etkaziladi:  bular  disketa, 

smart-karta  yoki  touch  memory  lar  bo’lishi  umkin.  Uni  tarmoqdagi  boshqa 

foydalanuvchilardan sir tutish kerak bo’ladi. 

 

Qachonki  foydalanuvchi  elektron  hujjatga,  o’zining  elektron  raqamli 



imzosini  qo’ymoqchi  bo’lsa,    elektron  raqamli  imzoning  maxfiy  kaliti  asosida  va 

kriptografik  o’zgartirish  orqali  ba’zi  bir  katta  son  hosil  qilinadi,  ushbu  son 

keltirilgan  hujjatning  ushbu  foydalanuvchi  tomonidan  qo’yilgan  imzosi 

hisoblanadi.  Elektron  hujjatning  oxiriga  ushbu  son qo’shiladi  yoki  alohida  faylga 

saqlanadi. Imzoga quyidagi ma’lumotlar yoziladi:  

  imzoning ochiq kaliti fayli nomi; 



  imzo qo’ygan shahs haqidagi ma’lumot; 

  imzo shakllantirilgan sana; 



 

Imzo  qo’yilgan  hujjatni  qabul  qilgan  foydalanuchvi,  jo’natuvchining 

elektron  raqamli  imzo  ochiq  kaliti  yordamida,  teskari  kriptografik  o’zgartirishni 

amalga  oshirib,  elektron  raqamli  imzoni  haqiqiyligini  tekshiradi.  Agar  ushbu 

hujjatning  ERI  to’g’ri  bo’lsa,  u  holda  hujjatga  ko’zda  tutilgan  jo’natuvchi  imzo 

qo’ygani  va  hujjatga  hech  qanday  o’zgartirish  kiritilmagani  kelib  chiqadi.  Aks 

holda jo’natuvchining sertifikati haqiqiy emas deb topiladi. 

 

Kalitlarni boshqarish. Kriptografik tizimlarni tartibli ishlatish, kalitlarni 

boshqarish va o’rnatish tizimlari orqali aniqlanadi. 

Kalitlarni  o’rnatish  tizimi,  kalitlarni  generatsiyalash,  tarqatish,  uzatish  va 

tekshirish protseduralarini va algoritmlarini anqhiqlaydi 


 

46 


Kalitlarni  boshqarish  tizimi,  kalitlarni  ishlatish,  almashish,  saqlash  va 

arxivlash, rezervli nusha olish va tiklash, almashtirish yoki qayta murojat qilinish, 

shuningdek eski kalitlarni yo’q qilish tartibini aniqlaydi. 

Kalitlarni boshqarish - axborot jarayoni, o’z ichiga uchta elementni qamrab 

oladi. 



  kalitlarni hosil qilish; kalitlarni tarqatish; kalitlarni to’plash; 



O’rinlarni almashtirish usullari 

Ushbu  usul  eng  oddiy  va  eng  qadimiy  usuldir.  O’rinlarni  almashtirish 

usullariga misol sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: 

 



shifrlovchi jadval; 

 



mo’’jizali kvadrat. 

Shifrlovchi jadval usulida kalit sifatida quyidagilar qo’llaniladi: 

  jadval o’lchovlari; 



 

so’z yoki so’zlar ketma-ketligi; 



  jadval tarkibi xususiyatlari. 



1-misol.  Shahob  al-Koshkandi (arab, 1412  yil) algoritmi  bo’yicha shifrlash. 

Boshlang’ich matn: AXBOROT XAVFSIZLIGI USUL VA VOSITALARI 

Shifr-matn:  AOFIUOLXTSGLSABXIIVIROAZUATIRVLSVA 

Kalit: Ustunlar soni – 7, satrlar soni – 5 bo’lgan 1-jadval 

1-jadval 

А  О  Ф  И  У  О  Л 

Х  Т 

С  Г 

Л  С  А 

Б  Х  И  И  В  И  Р 

О  А  З 

У  А  Т 

И 

Р 

В 

Л  С  В  А   

Ushbu  algoritmda  boshlang’ich  matn  jadvalga  ustunlar  bo’yicha  yozilib, 

to’ldiriladi.  Shifrlangan  matn  esa  satrlar  bo’yicha  joylashgan  belgilar  ketma-

ketligidan iborat bo’ladi. 



 

47 


2-misol.  1-misolda  berilgan  boshlang’ich    matnni  shifrlanishini  yanada 

murakkablashtirish  maqsadida  PENTIUM  tayanch  so’zi  kiritilsa,  quyidagi  shifr 

matn hosil bo’ladi :

 

                     ОУЛФАИОТЛАСЧГСХВРИБИИААИЗОУТВВ ЛРСА 

Bunda    PENTIUM  kalit  so’zi  jadvalning  boshlang’ich  satriga  joylashtiriladi  va 

ushbu so’zdagi har bir harfning alfavitda joylashgan  o’rni bo’yicha tartib raqami 

ikkinchi satrga joylashtiriladi. 

2- jadval 

П  Е  Н  Т  И  У  М 















А  О  Ф  И  У  О  Л 

Х  Т  С  Г  Л  С  А 

Б  Х  И  И  В  И  Р 

О  А 

З 

У  А  Т  И 

Р 

В  Л  С  В  А 

 

 

Hosil  bo’lgan  2-jadval  ikkinchi  satridagi  1  raqami  yozilgan  ustun  3-



jadvalning    birinchi  ustuniga,    2  raqami  yozilgan  ustun  ikkinchi  ustuniga  va  shu 

kabi  qolgan  ustunlar  ham  o’z  tartib  raqamlari  bo’yicha  3-jadvalga  joylashtirilib, 

natijaviy shifr matn hosil qilinadi. 

3-жадвал 

















О  У  Л  Ф  А  И  О 

Т 

Л  А  С  Х  Г 

С 

Х  В 

Р 

И  Б 

И  И 

А  А  И  З 

О  У  Т 

В 

В 

 

Л  Р 

С  А 

 

 



 

48 


 3-misol. Mo’’jizali kvadrat matritsa usulida shifrlash. 

 Mo’’jizali  kvadrat  deb,  har  bir  katakchasiga  1  dan  boshlab  sonlar  yozilgan, 

undagi  har  bir  ustun,  satr  va  diagonal  bo’yicha  sonlar  yig’indisi  bitta  songa  teng 

bo’lgan  kvadrat  shaklidagi  jadvalga  aytiladi.  O’lchami  4x4  ga  teng  bo’lgan 

mo’’jizali  kvadratlar  soni  880  taga  teng.    Masalan,  ushbu  mo’’jizali  kvadrat 

berilgan bo’lsin:  



13 



12 





11 



14 



10 


Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling