O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi guliston davlat universiteti


Download 345.69 Kb.
bet7/80
Sana06.09.2023
Hajmi345.69 Kb.
#1673276
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   80
Bog'liq
portal.guldu.uz-BOLALAR NUTQINI O‘STIRISH NAZARIYASI VA TEXNOLOGIYALARI

Monologik nutq haqida malumot.
Bolalarda keng yoyilgan fikr tuzishni o’qitishda tarbiyachi ularda matn tuzilmasi ( boshi, o’rtasi, oxiri ) haqidagi eng oddiy bilimlarni, gap bilan fikirning tarkibiy qismlari o’rtasidagi aloqalar haqidagi tasavvurni shakillantirishi zarur. Aynan ushbu ko’rsatkich nutqiy fikrning ravonligini shakillantirishning muxim shartlaridan biri sifatida ishtirok etadi.
Har qanday tugallanngan fikirda iboralarni bog’lashning keng tarqalgan variantlari vavjud bo’ladi. Gaplarni bog’lashning eng keng tarqalgan usulu – bu zanjirli aloqadir. Olmosh, leksik takrorlash, sinonimik jihatdan o’rin almashish mazkur aloqaning asosiy vositasi hisoblanadi. Zanjirli aloqa nutqni yanada moslashuvchan va rang barang qiladi., chunki bola bu usulni egallar ekan, bir so’zni qayta takrorlashdan qochadi.
Pedagog bolalarga gaplarni paralel ravishta bog’lashni o’rgatishi zarur, bunda gaplar bir biriga ulanmaydi, balki taqqoslanadi yoki hatto qarama qarshi qo’yiladi.
Ravon fikirni tashkil etishda intonatsiya katta rol o’ynaydi, shuning uchun ayrim gaplar intonatsiyadan to’g’ri foydalanish ko’nikmasini shakillantirish umuman matnning takroriy birligi va mazmuman tugallanganligini qatr etishga yordam beradi.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalarga ravon matnlar tuzishni o’rgatishda ularda mazmun mavzuni va aytilgan so’zning asosiy fikrini ochib berish, matnga sarlivha qo’yish qobiliyatini rivojlantirishga alohida etibor berish zazur.
Kattalar bilan bolalarning birgalikdagi so’z ijodkorligi monologik nutqni rivojlantirishning asosiy sharti hisoblanadi. Endigina besh yoshga to’lgan bolalar tanish ertaklarni hikoya qilib berish, voqealr to’qish, shaxsiy tajribadan so’zlab berishga qiziqishni namoyon qiladilar. Pedagogning sekingina hikoya mazmunini , rejasini, voqealarning ehtimoliy rivojini, so’z shaklini aytib qo’yishi birgalikdagi so’z ijodkorligini muxim ahamiyatga egadir.
Axborotni uzatish yoki uni bayon qilish usullariga ko’ra fikr bildirishning quyidagi turlarini ajratish mumkin: tasvirlash, bayon qilish mulohaza, ular mt yoshidagi bolalarning ravon fikrida kontaminasiyalangan (aralash) ko’rinishda uchrashi mumkun.
Har xil turdagi matnlar tuzishni o’qitishni ishlashning suxbat, o’zining va begonalarning matnini taxlil qilish , reja tuzish va u bo’yicha hikoya qilish, matn sxemasidan, turli hil mashqlardan foydalanish kabi shakillarda amalga oshirish tavsiya etiladi.

Download 345.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling