O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi guliston davlat universiteti


Download 345.69 Kb.
bet15/80
Sana06.09.2023
Hajmi345.69 Kb.
#1673276
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   80
Bog'liq
portal.guldu.uz-BOLALAR NUTQINI O‘STIRISH NAZARIYASI VA TEXNOLOGIYALARI

Tarbiyachi nutqi.
Kattalar bilan bevosita muloqot qilish bola nutqiga katta ta’sir ko’rsatadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar atrofdagilarga taqlid qilganlari holda nafaqat to’g’ri talaffuz, so’zlarni tog’ri qo’llash, iboralar tuzish sirlarini,balki kattalarda atrofdagi bolalarda uchrab turadigan nutq nomukammalliklarini ham o’zlashtirib oladi. Bolalarning nutq madaniyati pedagogning nutq madaniyatiga bevosita bog’liq bo’ladi.
Doimo kichkintoylarning diqqat-e’tibori markazida turadigan va ular bilan muloqot qiladigan tarbiyachining nutq bolalar ona – tili, nutq madaniyati namunalarini oladigan asosiy manba hisoblanadi, shuning uchun u nafaqat to’g’ri so’zlashi, ona tilining barcha tovushlarini aniq va tushunarli qilib talaffuz etish balki u muayyan balandlikdagi ovozda bosiqlik bilan so’zlashi, uning nutqi intonatsion jihatdan ifodali, grammatik jihatgan to’g’ri rasmiylashtirilgan, ravon, tushunush uchun oson bo’lishi hamda so’z bilan belgilash to’g’ri va aniq amalga oshirilishi lozim.
Tarbiyachining ifodalilik vositalari foydalangan holda o’qigan hikoyasi bolalarda qiziqish uyg’otadi, ularda qayg’urish so’z luchini his qilish, uning mazmunini anchagacha yodda saqlab qolish imkonini beradi.
Biroq o’z nutqining kamchiligini aniqlash har doim ham oson kechmaydi chunki muloqot jarayonida so’zlovchining diqqat etibori eng avvalo nutqning shakliga emas balk uning mazmuniga qaratilgan bo’ladi. Bundan tashqari o’z nutqiga nisbatan beparvolik bilan munosabatda bo’lish natijasida ayrim kamchiliklar tilga qattiq o’rnashib qolishi va keyinchalik so’zlovchi uni sezmay qolishi mumkun. Masalan, nutqning shoshqaloqligi, tushunarsizligi, bir ohangdaligi, monotonligi, ovozning kuchliligi, ayrim tovushlar so’zlarni noaniq talaffuz qilish kabi nuqsonlar sezilmasdan qoladi.
Nutqda aniqlangan kamchilik ( nomukammalliklar ) larni tarbiyacho maxsus daftarga qayt etadi, so’ngra reja ishlab chiqadi va ularni bartaraf etishga doir ishlarni tashkil qiladi.
O’z tarbiyalanuvchilarida ana shunday kamchiliklar paydo bo’lishining oldini olish uchun pedagog o’z nutqiga nisbatan qanday talablarni qo’yishi zarur?

Download 345.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling