O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi guliston davlat universiteti


Nutqning tovushli tomonini rivojlantirish


Download 345.69 Kb.
bet11/80
Sana06.09.2023
Hajmi345.69 Kb.
#1673276
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   80
Bog'liq
portal.guldu.uz-BOLALAR NUTQINI O‘STIRISH NAZARIYASI VA TEXNOLOGIYALARI

Nutqning tovushli tomonini rivojlantirish.
Tilni amalda o’zlashtirish ona tilining barcha tovush birliklarini (tovush – bo’g’in – ibora – matn) tinglab ajratib olish va ularni to’g’ri talaffuz qilishni nazarda tutadi , shuning uchun maktabgacha yoshdagi bolada tovushni talaffuz qilishni shakillantirish borasidagi ishlar muntazam ravishta olib borilishi lozim.
Ohang, tembr, pauza, urg’ulashning turli hillari tovush ifodaliligining muxim vositasi hisoblanadi
Bolaga intonatsiyadan to’g’ri foydalanishni, bildirilayotgan fikirning nafaqat mazmuniy axamiyatini, balki emotsional xususiyatlarini ham bergan holda, uning intanatsion tasvirini qurishni o’gratish juda muxum. Shu bilan parallel ravishta, vaziyatdan kelib chiqqan holda, talaffuz tempi, past balandligini to’g’ri qo’llash, tovushlar, so’zlar, iboralar, gaplarni aniq talaffuz qilish ( diksiya ) qobiliyatini shakillantirish ishlari ham olib borilishi lozim
Bolalarda nutqning intonatsion jihatiga diqqat – e’tibor qaratishni tarbiyalar ekan, katta yoshli odam ( pedagog ) uning nutqni tinglash qobiliyatini , tembr ( har bir tovushning o’ziga hos bo’lgan sifati ) va vazinni his qilish, tovush kuchini sezishni rivojlantiradi, bu esa kelgusida musiqa tinglash qobiliyatini rivojlantirishga ham ta’sir ko’rsatadi.
Nutq intonatsiyasi tovushning ifodaliligi ustidagi ishlar bolalarning bildirayotgan fikriga nisbatan, matndan kelib chiiqan holda, ovozni balandlatib yoki pasaytirib, talaffuz qilinayotgan matinga mantiqiy va emotsional urg’u berish orqali o’z munosabatin bildirishni o’rganishlar uchun zarur. Buning uchun pedagog tegishli topshiriqlardan ko’proq foydalanishi zarur. Aynan ushbu qobiliyatlar bolaga turlicha intonatsion ifodalashni talab qiluvchi turli xildagi ravon fikirlarni tuzish – xikoya qilish, tasvirlash, muloxaza yuritish uchun zarur bo’ladi
Tarbiyachi nutqning tovush jihatini jivojlantirar ekan, bolaga fikirlarning predmet, fikir bildirish mavzusi va tinglovchilardan kelib chiqqan holda kommunikasiya maqsadlari va shartlaniga mos kelishini hisobga olishni o’rgatishi lozim.
Nutqning past – balandligi o’rinli bo’lishi tezligi va atrofdagi muxitga va fikirning maqsadiga mos kelishi lozim. Yaxshi, to’g’ri nutqning muxim ko’rsatkichi bo’lib uning ravonligi hisoblanadi.
Artikulyatsion va intonatsion qobiliyatlarning uzviy bog’liqligi keng manodagi tinglash va artikulyatsion talaffuz ko’nikmalarini shakillantirishni nazarda tutadi.
Ish jarayonida tarbiyachi bolalarga so’zning tovush tarkibini so’zdagi urg’u o’rnini tinglab, aniqlay olishga, qofiya va vazinni hi qilsh tuyg’usini rivojlantirishga aniq talaffuzni, so’zlar, iboralar, gaplarning turli intonatsion tavsiflarini bera olish qobiliyatini shakillantirishga yordam beradigan mashlardan foydalanishi zarur.
Bu murakkab nutqiy ko’nikmalarni shakillantirish fonetik mashqlarni takrorlashni, ularni muntazam ravishta o’tkazishni talab qiladi.
Har bir nutqiy vazifa ustidagi ishlarning ustuvor yo’nalishlarini ajratar ekanmiz, ularning barchasi o’zaro bo’g’liqlikda va yaqin o’zaro hamkorlikda ishtirok etishni takidlashi lozim.
Ravon nutqni rivojlantirish asosida turli aloqa vositalaridan ( so’zlar, gaplar, matn qisimlari o’rtasida ) foydalanish, turli toifadagi matnlar – tasvirlash, bayon qilish, muloxaza yuritish tuzilmasi haqidagi tasavvurlarni shakillantirish qobiliyatini o’rgatish yotadi.
Lug’atni rivojlantirishda so’zning mazmuni ustidagi ishlar dastlabki o’ringa chiqadi, chunki aynan so’zlarni matnga muvofiq holda semantik tanlab olish ( ko’p manoli so’zlar mazmunini ochib berish, sinonimik va antonimik taqqoslashlar) til va nutq hodisalarini anglab yetishni shakillantiradi.
Nutqning grammatik tuzumini o’zlashtirish ustidagi ishlar jarayonida nutqning turli qisimlarida so’z hosil qilish usullarini o’rganish, til umumlashmalarini shakillantirish, shuningdek sintaktik tuzilmalar qurish (oddiy va qo’shma gaplar ) vazifalari bosh vazifa sifatida namoyon bo’ladi.
Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalashda intonatsion ifodalilik, temp, talaffuz va fikirni bayon qilishning ravonligi ustida ishlashga ko’proq ahamiyat berish darkor zero, ravon nutqning shakillanishi ushbu ko’nikmalarga asosolanadi.

Download 345.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling