O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti axborot texnologiyalari kafedrasi


Download 5.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/134
Sana21.10.2023
Hajmi5.64 Mb.
#1714945
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   134
Bog'liq
O�zbekiston respublikasi oliy va o�rta maxsus ta�lim vazirligi g

Mikroprotsessorli xotira (MPX) — unchalik katta bo‘lmagan, lekin o‘ta 
tezkor xotiradir (MPX ga murojaat qilish vaqti, ya’ni bu xotiradan 
ma’lumotlarni o‘qish, qidirish yoki yozish vaqti nanosekundlar — 
mikrosekundning mingdan bir ulushlari bilan o‘lchanadi).
U mashina ishlashining yaqin taktlarida hisoblashlarda qatnashadigan 
ma’lumotlarni qisqa vaqt saqlash, yozish yoki berish uchun mo‘ljallangan; 
MPX mashinaning yuqori tezkorliligini ta’minlash uchun ishlatiladi, negaki 
asosiy xotira (AX) tez harakat qiladigan mikroprotsessorni samarali ishlashi 
uchun kerak bo‘lgan ma’lumotlarni qidirish, o‘qish va yozish tezligini har 
doim ham ta’minlay olmaydi.
Asosiy xotira
 Asosiy xotira ( AX ) o‘z ichiga tezkor (RAM — Random Access Memory) va 
doimiy (ROM — Read Only Memory) eslab qolish qurilmalarini oladi.
 Tez eslab qolish qurilmasi (TeEQQ SHK ishining joriy bosqichidagi 
hisoblash jarayonida bevosita qatnashayotgan axborotlarni (dasturlar va 
qiymatlar) saqlash uchun. mo‘ljallangan.


1
TeEQQ — energiyam bog‘liq xotira: kuchlanish uzilganda unda 
saqlanayotgan ma’lumot yo‘qoladi. TeEQQ, asosini yarim o‘tkazgichli eslab 
qolishelementlarining (triggerlarni) matricasini o‘z ichiga olgan katta integral 
sxemalar tashkil etadi. Eslab qoluvchi elementlar matricaning vertikal va 
gorizontal shinalarining kesishishida joylashgan; ma’lumotlarni yozish va 
o‘qish tanlangan xotira yacheykasiga tegishli bo‘lgan elementlar bilan ulangan 
matricaning shinalari bo‘yicha elektr impulslarni berish orqali amalga 
oshiriladi.
Konstruktiv jihatdan tezkor xotira elementlari ayrim xotira modullari 
ko‘rinishda bajariladi — katta bo‘lmagan plataga bitta yoki bir nechta 
mikrosxemalar kavsharlangan.
Qo‘llaniladigan modullar tiplari:
— DIP (Dual In Line Package) va SIPP (Single In Line Package), hozir juda 
kam qo‘llanilmoqda;
— SIMM (Single In Line Memory Module); SIMM modullari 256 Kbayt, 
1
, 4, 
8, 16, 32 yoki 64 Mbayt sig‘imga ega, saqlanayotgan bitlar juftligini nazorat 
qilinadi va nazorat kilinmaydi; kompyuterning bosh platasi raz’yomlariga mos 
keluvchi 30 - («qisqa» — eskirgan variant) va 72-kontaktli («uzun») 
raz’yomlarga ega bo‘lishi mumkin; uzun modullar RAM EDO xotirasini 
tashkil etishda ham qo‘llaniladi.
— DIMM (Dual In Line Memory Module) — 168-kontaktli raz’yomlarga ega 
bo‘lgan yangi tipdagi moduldir; shunday mos raz’yomlarga ega bo‘lgan faqat 
1
David A. Patterson, John L. Hennessy. Computer Organization and Design, Fifth 
Edition: The Hardware/Software Interface. Morgan Kaufmann. USA 2014 432p.


yangi tipdagi tizimli platalarga o‘rnatilishi mumkin. DIMM modullari RAM 
EDO va SD RAM xotiralarni tashkil etishda qo‘llaniladi.
Xozirgi kompyuterlarda eslab qolish qurimalarining uchta ko‘rinishi 
ishlatiladi.
• 

Download 5.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling