O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti axborot texnologiyalari kafedrasi


Download 5.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/134
Sana21.10.2023
Hajmi5.64 Mb.
#1714945
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   134
Bog'liq
O�zbekiston respublikasi oliy va o�rta maxsus ta�lim vazirligi g

ROM (Read Only Memory). Doimiy xotira qurilmasi — DXQ, 
ma’lumotlarni yozish amalini bajarishga qodir emas.
• 
DRAM (Dynamic Random Access Memory). Ixtiyoriy tartibdagi 
tanlangan dinamik xotira qurilmasi.
• 
SRAM (Static RAM). Statik operativ xotira.
  
ROM tipidagi xotira  
ROM tipidagi xotirasi (Read Only Memory), yoki DXQ (Doimiy xotira 
qurilmasi) da, ma’lumotarni saqlash mumkin bo‘lib, o‘zgartirish mumkin emas. 
Bu ko‘rinishdagi xotiralar faqat ma’lumotlarni o‘qish uchun ishlatiladi. ROM 
ba’zan energiyaga bog‘liq bo‘lmagan xotira deyiladi, chunki unga saqlangan 
barcha ma’lumotlar manba’ uzilgani bilan o‘zgarmaydi. Shuning uchun ROM 
da shaxsiy kompyuterlarni yuklash buyruqlari ya’ni tizimni yuklaydigan 
dasturiy ta’minot joylashgan. Eslatib o‘tish lozimki, ROM va operativ xotira 
bir birini nkor etuvchi tushunchalar emas. Boshqacha so‘z bilan aytganda
operativ xotira manzillari maydoni qismi ROM uchun olib boriladi. Bu 
operatsion tizimni yuklashga imkon beruvchi dasturiy ta’minotni aqlash uchun 
zarur. BIOS asosiy kodi tizimli plata ROM mikrosxemalarida joylashgan 
bo‘lib, adapter platalarida shunga o‘xshash mikrosxemalar mavjud. Ular aniq 
platalar uchun, ayniqsa boshlang‘ich yuklash bosqichida faollashuvchi platalar 
uchun kerak bo‘lgan kiritish-chiqarish va drayverlar bazaviy tizimlari 
yordamchi qismdasturlarni o‘zida jamlaydi. Masalan, videoadapter. 
Boshlang‘ich yuklashda drayverlar talab etmaydigan platalar, odatda ROM ga 
ega bo‘lmaydilar, chunki ularni drayverlari boshlang‘ich yuklash jarayonidan 
keyin yuklanishi mumkin.
 
DRAM xotirasi  
Dinamik operativ xotira qurilmasi (Dynamic RAM — DRAM) 
ko‘pchilik zamonaviy shaxsiy kompyuterlar operativ xotira tizimlarida 
foydalaniladi. Bu xotiraning o‘ziga xosligi shundaki, uning katakchalari 
(yacheykalari) juda zich joylashgan, ya’ni unchalik katta bo‘lmagan 
mikrosxemaga ko‘plab bitlar joylashgan mumkin, demak, shu asosda xotirani 
katta xajmli qilib yaratish mumkin. DRAM mikrosxemasida xotira katakchalari 
— bu zaryadlarni ulaydigan mitti kondensatorlardir. Shu asnoda bitlar 
kodlanadi. Bu tipdagi xotiralar bilan bog‘liq muammolar shundaki, ular 
dinamik, ya’ni doimiy ravishda regeneratsiya qilinishi kerak, aks holda elektr 
zaryadlari kondensator xotiralarida “oqib” keladi va ma’lumotlar yoqoladi. 
Regeneratsiya jarayoni tizim xotira nazoratchisi mitti tanaffus oladi va 


mikrosxema xotirasida, barcha ma’lumotlar satriga murojaat qiladi. Ko‘pchilik 
tizimlar xotira 15 mks ga teng bo‘lgan regeneratsiya chastotasi standart ishlab 
chiqarishga moslashgan nazoratchisiga ega. Ma’lumotlarning barcha satrlariga 
murojaat 128 mahsus regeneratsiya sikli o‘tishiga mo‘ljallangan. Bu shuni 
bildiradiki, Xotirada har 1,92 ms (128Ch15 mks) da barcha ma’lumotlar satrini 
regeneratsiya qilish uchun o‘qib chiqiladi. Xotirani regeneratsiya qilish 
protsessorni vaqtini har bir regeneratsiya sikli davomiyligi bo‘yicha bir nechta 
markaziy protsessor vaqtini egallaydi. Eski kompyuterlarda regeneratsiya 
sikllari protsessor vaqtini 10% gacha egalaydi, xozirgi zamonaviy 
kompyuterlarda esa bu jarayon 1% vaqtni egallaydi xolos. Birqancha tizimlarda 
regeneratsiya parametrlarini CMOS parametrlari dasturlari o‘rnatilishi 
yordamida o‘zgartirilishi mumkin, ammo regeneratsiya sikllari orasida vaqtni 
chuzilishi xotiraning ba’zi katakchalarida zaryad “yo‘qotiladi”, bu xotirani 
buzilishiga olib keladi. Ko‘pgina hollarda o‘z-o‘zidan beriradigan regeneratsiya 
chastotalari 
ishonchlilik 
nuqtai-nazaridan 
taklif 
etiladi. 
Zamonaviy 
kompyuterlarda regeneratsiyaga sarf 1% dan kichik bo‘lib, regeneratsiya 
chastotasining o‘zgarishi kompyuter sifatiga juda kam ta’sir o‘kazadi. DRAM 
qurilmalarida bir bitni saqlash uchun faqat bitta tranzistor va juft 
kondensatorlardan foydalaniladi, shuning ucun ilar boshqa tiplarga qaraganda 
birmuncha sig‘diruvchan bo‘ladi. Xozirgi vaqtda 256 Mbit gacha va undan 
yo‘qori hajmli dinamik operativ xotirali mikrosxemalar mavjud. Shu kabi 
mikrosxemalar 256 mln. (va undan ortiq) tranzictorlarni o‘zida jam etadi! 
Pentium II 7,5 mln tranzistorlarga ega. Bunday katta farq qayerdain kelib 
chiqdi? Gap shundaki, xotira mikrosxemalari odatda kvadrat tugunlar shaklida, 
protsessordan farqli ravishda (protsessorlarda turli ko‘rinishdagi murakkab 
sxemalar, noaniq tashkil etilgan) barcha tranzistorlar va kondensatorlar juda 
oddiy, davriy ravishda ketma-ket joylashadi.
Bir razryadli DRAM registrlari uchun tranziatorlar qo‘shni joylashgan 
kondensatorlarning holatini o‘qish uchun ishlatiladi. Agar kondensator 
zaryadlangan bo‘lsa, katakchaga 1 yoziladi; agar zaryadlanmagan bo‘lsa 0 
yoziladi. Zaryadlar mitti kondensatorarda har doim o‘tib turadi, shuning uchun 
doimiy ravishda regeneratsiya qilib boriladi. Manba’ uzatishda oniy bo‘linish 
ham regeneratsiya siklarini buzilishiga, DRAM katakchalaridagi zaryadni 
yo‘qolishiga o‘z navbatida ma’lumotlarni yo‘qolishiga olib keladi. Dinamik 
operativ xotira shaxsiy kompyuterlarda ishlatiladi; chunki u unchalik qimmat 
o‘lmay mikrosxemalarini zich joylashishi xotira qurilmasining kichik 
maydonni egallashini ta’minlaydi. Bu xotira yo‘qori tezlikli xotiralardan kam 
farq qilib, “sekin” protsessorlarga mo‘ljallangan. Shuning uchun DRAM 
sifatlarini yaxshilashning juda ko‘p tipdagi usullari mavjud.

Download 5.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling