O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti axborot texnologiyalari kafedrasi
kesh-xotira (L1) va ikkinchi darajali kesh-xotira (L2
Download 5.64 Mb. Pdf ko'rish
|
O�zbekiston respublikasi oliy va o�rta maxsus ta�lim vazirligi g
- Bu sahifa navigatsiya:
- SIMM va DIMM modullari
kesh-xotira (L1) va ikkinchi darajali kesh-xotira (L2). Birinchi darajali
kesh-xotira ichki kesh deb ham yuritiladi; u protsessor mikrosxemalari qismi bo‘lib, u protsessorga quriladi. Yo‘qoridagi birinchi darjadagi kesh-xotira barcha 486 protsessorlari va protsessor mikrosxemalariga qo‘shilgan. Ikkinchi darajali kesh-xotira tashqi kesh deb ham yuritiladi; u protsessor mikrosxemalariga tashqi tomondan o‘rnatiladi. Dastlab u tizimli plataga o‘rnatiladi (386, 486, Pentium protsessorlariga asoslangan barcha kompyuterlar). Agar ikkinchi darajali kesh-xotira tizimli plataga o‘rnatilgan bo‘lsa, u holda uning chastotasida ishlaydi. Bu holatda ikkinchi darajadagi kesh-xotira protsessos tegishli ulanish joyiga o‘rnatiladi. Unumdorligini oshirish maqsadida Pentium Pro, Pentium II/III va Athlon protsessorlariga asoslangan keyingi kompyuterlarda ikkinchi darajadagi kesh- xotira protsessorni qismi bo‘ladi. Albatta, protsessor markaziy kristaliga nisbatan u tashqi deyilib, u alohida mikrosxema sifatida protsessor qobig‘i ichiga (katrijga) o‘rnatiladi. Shuning uchun Pentium Pro yoki Pentium II tizimli platalarida hech qanaqa kesh yo‘q. Keyingi rusumlar Pentium III va Athlon da ikkinchi darajadagi kesh-xotiralar protsessor mikrosxemalari qismi hisoblanadi (birinchi darajadagi kesh-xotiraga o‘xshash) va yetarlicha katta chastotada ishlaydi (protsessor chastotalarida, yarmi yoki uchdan biri). SIMM va DIMM modullari Ko‘pchilik zamonaviy kompyuterlarda alohida xotira mikrosxemalari o‘rnida kichik plata ko‘rinishidagi bo‘lib, tizimli plata yoki xotira platasiga o‘rnatiluvchi SIMM yoki DIMM modullari ishlatiladi. Alohida mikrosxemalar SIMM yoki DIMM modullari plataga shunaqa o‘rnatiladiki, ularni amaliy jihatdan almashtirish mumkin emas. To‘g‘rilash qiyin bo‘lgan xatoliklar uchraganda modulni olmay almashtirish kerak. SIMM yoki DIMM modullarini katta bir mikrosxema sifatida qarash mumkin. Shk- moslashuvchi kompyuterlarida asosan ikki tipdagi SIMM modullari qo‘llaniladi: 30 kontaktli (9 razryadli) va 72-kontaktli (36 razryadli). Ulardan dastlabkilari o‘lchami bo‘yicha kichiklaridir. SIMM modullarida mikrosxemalar plataga bir tomonlama o‘rnatilishi yoki ikki yoqlama o‘rnatilishi mumkin. 30-kontaktli modullardan foydalanish samarali emas, chunki bitta bankini to‘ldiruvchi yangi 64-razryadli tizim sakkizta shunaqa modulni talab etadi. Shuning uchun yangi tizimlar uchun Pentium MMX, Pentium Pro va Pentium II protsessorlarida 168 kontaktli DIMM moduli ishlatiladi (64-razryadli juft bitsiz yoki 72-razryadli juft bitli). 4-rasmda 30- va 70-kontaktli SIMM modullari, shuningdek 168-kontaktli DIMM modullari ko‘rsatilgan. Kontaktlar chapdan o‘ngga va platani ikkala tarafida ham joylashadi. 4-rasm. Odatdagi 30-kontaktli (9-razryadli) SIMM moduli 5-rasm. Odatdagi 72-kontaktli (36-razryadli) SIMM moduli 6-rasm. Odatdagi 168-kontaktli (72-razryadli) DIMM moduli Download 5.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling