O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti


Sor qo‘ngan yerga zog‘ning qo‘nganini kim ko‘rgan?


Download 0.8 Mb.
bet38/59
Sana28.10.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1732133
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   59
Bog'liq
Notiqlik. Lotin 12.01.2021 (6)

Sor qo‘ngan yerga zog‘ning qo‘nganini kim ko‘rgan?
Elbezor kasning unib-o‘sganini kim ko‘rgan?
Karvon yo‘lini kalxat to‘sganini kim ko‘rgan?
Sher zoti laychaning yengganini kim ko‘rgan?
(To‘ra Sulaymonning “Tarki jamoa” she’ridan)
Shoir qarshilantirish orqali voqea-hodisa mazmunini yana­da boyitmoqda. Har bir shoir kabi notiq ham qarshi­lantirish san’atini yaxshi o‘zlashtirishi va o‘z o‘rnida qo‘llay olishi kerak.
Notiq nutqida badiiy asarlarda uchraydigan shevalar­dan, mahalliy so‘zlardan (dialektizmlar), imkoni daraja­sida foydalan­masligi kerak. Chunki notiq nutqini yig‘il­ganlarning barchasi tushunishi kerak bo‘ladi. Bulardan tashqari, ma’lum bir joy­larda, qishloqlarda, shaharlarda, viloyatlardagina qo‘llaniladi­gan so‘zlar, iboralar ham mavjud, ular til ilmida provinsializm deyiladi. Shu­ningdek, biror kasb-hunarga tegishli, kasbga alo­qador so‘z­lar professionalizm deyiladi. O‘zbek tilida jargonizm, varvarizm, ideologizm, degan terminlar ham uchraydi.
Jargon, ya’ni ma’lum muhitda paydo bo‘lgan, savdo­garlar, o‘g‘rilar so‘zlashadigan, o‘zaro qo‘llaydigan so‘zlar, iboralardir. Davr taqozosi bilan paydo bo‘ladigan so‘zlar – ideologizmlar deyiladi. Demak, notiq nutqining kenga­yishida tildagi turli yangiliklardan ham foydalanishni bilishi kerak.
Yuqorida aytilganidek, notiq o‘zbek tili grammati­kasini, sintaksisini, fonetikasini mukammal bilishi talab qilinadi. Ilmiy nutq, falsafiy nutq, publitsistik nutqlar badiiylikdan, emotsio­nal­likdan holi, ammo ularda mantiqiylik kuchli bo‘ladi.
Intonatsiya – so‘zlovchining hamsuhbatiga munosaba­tini anglatuvchi ifodaviylikning asosiy vositasi bo‘lib, notiq nutqi­dan kutilayotgan ma’noni ifodalash, nutqni jonlantirishga yor­dam beradi. Notiq nutqida savol, xitob, darak, kinoya, g‘azab, ta’kid kabilar fikr va his-tuy­g‘ularni ifodalashda foydalaniladi.
O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf “Ona tilim” she’rida shunday yozadi:
Garchi zug‘um qilganlarni yoqtirmadim,

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling