O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti


Notiq nutqidagi imo-ishora va xatti-harakatlar­ning ahamiyati


Download 0.8 Mb.
bet40/59
Sana28.10.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1732133
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   59
Bog'liq
Notiqlik. Lotin 12.01.2021 (6)

Notiq nutqidagi imo-ishora va xatti-harakatlar­ning ahamiyati.
Imo – bosh irg‘itib yoki yuz-ko‘z, qosh, qo‘l harakati bilan qilinadigan ishora. “Imo bilan bildirmoq”. “Imo bilan chaqir­moq”. Imo-ishora tili lingvistikada nutq tovush­larisiz imo-ishoralar bilan fikr anglatishdir.
Xatti-harakat – arabcha so‘zdan olingan bo‘lib – yurish-turish, xulq-atvor, harakat qilish, ish olib borish plani, reja, taktika ma’nolarini bildiradi.
Nutqni kuchaytiruvchi omillaridan muhimi, uni boyitish, ta’sirchanligini oshirish vositalaridan biri imo-ishora, xatti-harakatlar yordamida fikrni, g‘oyani tu­shuntirishdir. Nutqning ta’sirchanligini oshirish yo‘lla­ridan biri sodda, tushunarli tilda gapirish va ellipsis, takror, ritorik so‘roq, ritorik murojaat, xitob, gradatsiya, antiteza, sintaktik, parallelizmlardan foydalanish org‘qali maqsadga yaxshi hamda tez erishishdir. Lekin nutqda imo-ishoraning, gavda-tana harakatining notiq fikrini tushun­tirishdagi ahamiyati beqiyosdir. Notiq, yuz, labi, qoshi, ko‘zi, qo‘li, boshi, qisqasi, gavdasini maqsadga muvofiq harakatlan­tirishi orqali tinglovchilar mehr-muhabbatiga sazovor bo‘lishi kerak bo‘ladi.
“Tana harakatlarini ham, ma’noli imo-ishoralarni ham, yuzdagi ifodani ham, tovushlar va ovozdagi rang-ba­rang­likni ham kuzatib turishni talab etuvchi ijroning o‘zi”.
“Notiqqa uchta narsa kerak: ziyraklik, fahmlash (yoki ilm-fan) va uchinchisi g‘ayrat va qunt” bo‘lishi shart deb o‘rgatadi Sitseron.
Nutqni o‘stirish omillaridan biri sifatida notiq­ning imo-isho­ralari mimikalari, xatti-harakatlari ham ma’lum rol o‘ynaydi. Ammo ular nutqning o‘rnini bosa olmaydi, lekin notiq so‘zla­rining, fikrining tushunarli bo‘lishida ularning ham o‘z o‘rni bor. Nutq shunday bir qudratli qurolki, uning yordamida inson o‘zining barcha fikrlarini, o‘ylari, istaklari, intilishlarini har to­monlama bayon qilib ko‘rsata oladi. Nutq shu jihatdan olganda nafaqat o‘zaro aloqa vositasi, balki o‘zaro ta’sir o‘tkazish vosi­tasi, tarbiya vositasi, insoniy madaniyat­ning qon tomiri, asosi va o‘zagidir.
Men tafakkurim o‘tmishi uchun emas, balki uning kelajagi uchun qo‘limga qalam olaman”, degan edi Pol Valeri.
E’tiqodga joy berish uchun bilimlarimni siqish­tirishga to‘g‘ri keladi”, degan edi nemis faylasufi Immanuil Kant.
Ma’rifat – o‘z aqlingdan foydalana olish jur’a­tidir”.
“Insoniyat fikr yuritmay qo‘ysa, – deydi Kant, – yer yuzida xuddi mozoriston kabi mangu tinchlik cho‘kadi. Faqat fikr yuritgandagina hayot bog‘ida abadiy tinchlikni saqlab qolish va tinimsiz taraqqiyotga erishish mumkin”.
“Burch! Naqadar ulug‘vor va olijanob jaranglar no­ming!”.
Immanuil Kantning bu o‘lmas, eskirmas fikrlari, g‘oyalari notiqlik san’ati va nutq madaniyatiga ham te­gish­­lidir.
Xulosa shuki, notiq doimo izlanishda, bilimini ken­gay­tirishda, o‘qituvchilik, olimlik, targ‘ibot-tash­vi­qot­chilik, eng aso­siysi, ulug‘ mamlakatning fuqaroligi bur­chini bajarishi zarurdir.



Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling