O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti
Download 0.8 Mb.
|
Notiqlik. Lotin 12.01.2021 (6)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Allegoriya (majoz)
Metonimiya – ikki tushuncha o‘rtasidagi aloqadorlikka asoslangan o‘xshashsiz ko‘chim. Masalan: “Erkin Vohidovni sevib o‘qidim”, deyilganda, ijodkorning asarlari tushuniladi.
Kinoya – ikki tushunchaning shu xildagi aloqadorligi asosida o‘z ma’nosidan ko‘chirilgan so‘zlarning bir turi bo‘lib, u biror shaxs yoki narsa ustidan kesatiq, qochiriq vositasida qo‘llashdir. Qochiriqdagi asosiy xususiyati so‘z yoki gapning hamma vaqt ikki ma’noli bo‘lishidadir. Aytilgan fikr, so‘z yoki gapning teskari ma’nosi orqali anglashilishidadir. Kinoyada so‘z va gapning teskari ma’noda kelishidan foydalanib, personaj yoki obrazning harakati to‘g‘risida bir xil gapirib, boshqacha hukm chiqarilishi kinoyadir. Allegoriya (majoz) – biror mavhum tushunchaning aniq narsa va hodisaga xos belgilar orqali ifodalash usulidir. Majoziy ya’ni, o‘z ma’nosidan boshqa ma’noga ko‘chirilgan so‘z va iboralarning keng tarqalgan turi bo‘lib, ayrim janrlar faqat majoz asosida yaratilgan. Masalan: Alisher Navoiyning “Sher bilan Durroj”, “Kalila va Dimna, Gulxaniyning “Zarbulmasal” masallarida majoziy obrazlardan foydalanganligini ko‘ramiz. Notiq o‘z nutqida ham majozdan unumli foydalanishi mumkin. Simvol – ramz, majoz turlaridan biri bo‘lib, biror hayotiy voqea yoki tushunchani ifodalash uchun shartli ravishda ko‘chma ma’noda qo‘llaniladigan so‘z va birikmalardir. Masalan: kabutar – tinchlik, tong – quvnoqlik, yoshlik – baxt ramzi sifatida ta’riflanadi. Ramz orqali tasvirlash xalq og‘zaki ijodida, yozma adabiyotda, tajribali notiq nutqida ko‘p va unumli qo‘llanadi. Nutqda til va so‘z boyliklaridan unumli foydalanilganda notiqning mahorati o‘sadi, takomillashadi. Nutqda yuqorida qayd etilgan tasviriy vositalardan foydalanilganda, nutqning to‘g‘riligi, aniqligi, mantiqiyligi, tozaligi, ta’sirchanligi, soddaligi, qisqaligi, ifodaliligi hosil bo‘ladi. Shu bilan birga, notiq so‘z boyliklaridan foydalanganda ovoz, nafas olish, diksiya, intonatsiya, urg‘u, pauza, temp, ritmga ham alohida e’tibor berishi lozim bo‘ladi. Xulosa qilib aytganda, notiq til, so‘z boyliklarini mukammal bilishga harakat qilishi, buning uchun esa, arab, fors, tojik, qozoq, turk, rus, qirg‘iz tillarini baholi qudrat o‘rgangan, so‘zlarning ma’nosini tushunadigan darajada bilishi talab etiladi. Boshqa tillarni bilish ham unga namunali nutq tuzishda ko‘makka kelishi mumkin. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling