O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti
She’r yozdim-u bo‘lak ishni qotirmadim
Download 0.8 Mb.
|
Notiqlik. Lotin 12.01.2021 (6)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yuragimning to‘ridagi so‘lmas gulim, Ona tilim, kechir meni, ona tilim. Bir qarasam, har shevangda ming jilolar, Har novdangda, har mevangda ming jilolar.
- “So‘z inson kuchining qo‘mondoni”
She’r yozdim-u bo‘lak ishni qotirmadim.
Tilim turib o‘z tilimda gapirmadim, Bir eslasam, eziladi bag‘ri-dilim, Ona tilim, kechir meni, ona tilim. * * * Sen bo‘lmasang nima bizga silliq she’rlar, Bu dunyoda tili yo‘qda dil yo‘q, derlar. Bahoing-ku berib ketgan Alisherlar, Yuragimning to‘ridagi so‘lmas gulim, Ona tilim, kechir meni, ona tilim. Bir qarasam, har shevangda ming jilolar, Har novdangda, har mevangda ming jilolar. Qodiriylar, Cho‘lponlaru Abdullolar, Sening qaytgan kuning – men tug‘ilgan yilim, Ona tilim, kechir meni, ona tilim. Muhammad Yusuf bu she’rini shunday mahzun ohangda, go‘yoki aybdor ekanligi uchun, yig‘lamsiragan intonatsiyada o‘qiydiki, she’rni eshitgan har qanday tosh yurakli insonning ham eti junjikib ketadi. Shoirning bu nolalari o‘tmishimizni, ona tilimizga uzoq yillar bepisand bo‘lganligimizni esga soladi. Ona tilimizni ehtiyotlash zarurligi uchun bong urmoqda. Ona tili bu xalqning, millatning madaniyatini, uzoq o‘tmishini, tarixini ko‘rsatuvchi vosita ekanligini aytib, shoir barchamizni xushyorlikka chorlamoqda. Har bir notiq Markaziy Osiyo va jahon mutafakkirlarining hikmatli so‘zlaridan, maqollar, matallaridan mahorat bilan foydalanishi mumkin. Nutqida ashula, rivoyatlar, she’rlardan parchalar keltirib, foydalansa, bu notiqning mahoratidan dalolat beradi. Nutq madaniyatida so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilish va intonatsiya katta rol o‘ynaydi. O‘zbek tilida urg‘u, asosan, so‘zning oxirgi bo‘g‘iniga tushadi. Notiq nutqida qo‘llayotgan so‘zning har biriga tushayotgan urg‘usiga alohida ahamiyat bersa, nutqining mazmunlilik, ta’sirlilik darajasi ortishini bilishi mumkin. Notiqlikning eng muhim belgilaridan yana biri so‘zlanayotgan gapning intonatsiyasidir. Notiqning nutqi agar bir tempda, bir xil ovozda davom etaversa, fikrlar qanchalik ahamiyatli, dolzarb, qiziqarli bo‘lishidan qat’iy nazar, tinglovchilarning, ayniqsa, talabalarning zerikishiga, hech qaysi fikrni, hech narsani qabul qilmasligiga olib keladi. Tajribali notiqlar nutqining ritmik va ohangdor tuzilishi, o‘zgarib turishi, past-balandligi, sado kuchi, ovoz tebranishi orqali nutqning mazmundorligi oshishiga alohida e’tiborini qaratadi. O‘zbek nutqining o‘ziga xos intonatsiya, sukut, sur’at, ritm kabi tarkibiy qismlari mavjud. Notiq ma’ruzaga tayyorlanish jarayonida intonatsiya, pauza qayerda kelishini aniqlab olishi kerak. Nutqda intonatsiyaning roli benihoyat katta. Chunki nutqni turli shaklda, uzun-qisqaligidan qat’iy nazar, ohangning, ovozning rang-barangligi, aytilayotgan fikrning tinglovchiga yetib borishidagi roli alohida ahamiyatga ega. Nutqning rang-barangligi uni jozibali qiladi, nutqning eng muhim jihatlarini bo‘rttirib ko‘rsatadi, aytilayotgan g‘oyalarni tinglovchilarga to‘la-to‘kis yetkazishga yordam beradi. Notiq har doim qayerda, qachon, kimlarga gapirishdan, ma’ruza o‘qishdan, suhbatlashishdan qat’iy nazar, tez, shoshma-shosharlik bilan gapirmasligi, aksincha, nutqning mazmuniga mos ohangda gapirish usulini oldindan aniqlab, belgilab olishi kerak. Ya’ni, notiq nutqi ritmini aniqlab, qaysi fikrlarini sal bo‘rttirib, ovozini sal ko‘tarib, qaysi fikrlarini aytayotganida ovozini sal pasaytirishi zarurligini ma’ruzaga tayyorlanish jarayonida belgilab, aniqlab olishi zarur. Mana shu talablarga amal qilingandagina nutq san’at asariga, notiq san’atkorga aylanadi. “So‘z inson kuchining qo‘mondoni” (Mayakovskiy) bo‘lib, tinglovchini o‘ylatadi, kuldiradi, yig‘latadi, mulohaza yuritishga majbur qiladi. Notiq o‘z nutqini kuchaytirishida san’atning barcha turlarining xizmati katta. So‘z san’atidan tashqari, amaliy bezak, san’at turlari: teatr, raqs, sirk, rassomlik, kino kabilarda qo‘llaniladigan umumiste’molda bo‘lmaydigan so‘zlardan, tasvirlardan, so‘z qo‘llashdagi usullardan, ovozdan foydalanib, notiqlik darajasini o‘stirish mumkin. Notiq ilmiy asarlarni o‘qib, o‘rganib borishi kerak. Masalan: 2020-yil “Ilm-fan va raqamli iqtisodiyot yili” deb ataldi. Demak, notiq raqamli iqtisodiyot nima ekanligini yaxshi tushunib olishi va keng xalq ommasiga tushuntira olishi darkor. Ayni kunlarda Prezident tashabbusi bilan ilm-fandagi yangiliklar, kashfiyotlar ishlab chiqarishga yordam berishi, mamlakat taraqqiyotiga xizmat qilishi lozimligi aytilmoqda. Demak, notiq zamon, davr bilan hamnafas qadam tashlashi lozim. Notiq nutqini boyitishda turli lug‘atlarning foydasi juda katta. Ma’lumki, lug‘atlar har xil bo‘ladi: izohli lug‘at, frazeologik lug‘at, sinonim so‘zlar lug‘ati, baynalmilal so‘zlar lug‘ati, o‘zbek tilining orfoepik lug‘ati, ensiklopedik lug‘at, turli fan tarmoqlariga oid terminologik lug‘atlar. Notiq notanish so‘zlarni “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” (5 jildlik)dan ma’nosini yaxshi o‘rganib olishi mumkin. Notiq hamma vaqt yangi so‘z va so‘z birikmalarini, iboralarni bilib, tushunib olishga va yodda saqlab qolishga harakat qilishi lozim. Notiq kundalik hayotda eshitilib turiladigan gap-so‘zlarga, radio-televideniye eshittirishlari va ko‘rsatuvlariga doimo diqqat bilan quloq solishi, kuzatishi, o‘qiladigan matnlarga sinchkovlik bilan e’tibor qaratib, notanish va noaniq so‘z va yangi iboralarni yozib olishga odatlanishi kerak. Haqiqiy mehnatkash notiq, o‘z obro‘-e’tiborini saqlovchi sifatida u tevarak-atrofidagi kishilarning so‘zlashuvidan ham ko‘p yangiliklar oladi. Notiq, avvalo, mamlakatimizning Buxoro, Samarqand, Xiva, Qo‘qon, Toshkent, Namangan kabi tarixiy obidalar ko‘p bo‘lgan shaharlarini yaxshi bilishi, o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan bo‘lishi lozim. Qolaversa, jahondagi mashhur obidalar mavjud bo‘lgan mamlakatlarga sayohat qilib ham so‘z boyliklarini yanada boyitishi lozim. Notiq bo‘lmoqchi bo‘lgan har qanday mutaxassislikni egallagan shaxs avvalo, o‘zbek tilini yaxshi o‘zlashtirgan, “Alisher Navoiy asarlari lug‘ati”, “Mumtoz asarlar lug‘ati”, “O‘zbekcha-ruscha lug‘at”, “Islom ensiklopediyasi”, “O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi”, “Ensiklopediya lug‘ati”, “Yosh rahbar ensiklopedik lug‘ati” kabi o‘nlab qo‘llanmalarni o‘qishi va ulardan unumli foydalanishi kerak. Barcha lug‘atlar notiq nutqini boyitishda katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling