O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti


NOTIQLIK VA NUTQ ODOBI. NUTQ ORQALI INSONLARNI TARBIYALASH


Download 0.8 Mb.
bet47/59
Sana28.10.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1732133
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   59
Bog'liq
Notiqlik. Lotin 12.01.2021 (6)

NOTIQLIK VA NUTQ ODOBI. NUTQ ORQALI INSONLARNI TARBIYALASH

Tarbiya – barkamol, komil avlodni shakllantirishning bosh omilidir. Tarbiya – shaxsning jamiyatda me’yorda yashashi, hayot kechirishi uchun kerak bo‘ladigan, jismoniy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-estetik ko‘nikma, bilim beruvchi tushuncha. Insonning jamiyatda o‘z o‘rnini topishi­dagi asosiy vositadir. Har bir inson albatta, tarbiyaga muhtoj bo‘ladi. Lekin uning tarbiya olishi ota-onasidan, tevarak-atrofidagilardan, oila a’zolaridan, bog‘cha, mak­tab, o‘quv yurtida berilgan tarbiyani o‘zlashtiri­shiga bog‘­liq bo‘ladi.


“Notiqlik san’ati va nutq madaniyati” sohasi ham boshqa fanlar kabi insonlarga nutq odobini o‘rgatishdan tashqari, ularni komil inson qilib tarbiyalashni o‘z oldi­ga maqsad qilib qo‘yadi.
Notiqlik va nutq odobi nima? Ta’lim tizimida ish­layotgan barcha tarbiyachilar, o‘qituvchi-murabbiylarning bar­chasi, odat­­­­­­­­­da, tarbiyalangan bo‘ladilar. Ya’ni o‘zlari tar­biyalangan bo‘lishlari kerak. Ularning nutqida ha­qo­rat, so‘kinish, qarg‘ish yoki nojo‘ya so‘zlar uchramasligi va uchrashi ham mumkin emas. Chunki notiqning gapini kamida 20-50 kishi tinglaydi. Notiq, avvalo, o‘zini hurmat qili­shi va tinglovchilarning hur­matini joyiga qo‘yishi shart. Ikkinchidan, biz nazarda tuta­yotgan, majlislarda, semi­narlarda turli yig‘inlarda, uchrashuv­larda, darslarda ma’­ruza o‘qiyotgan yoki suhbat o‘tkazayotgan notiq nutqida tinglovchilar asabiga, g‘ashiga tegadigan so‘zlar ishlatishi mumkin emas. Uchinchidan, notiqning har bir gapi, fikri tinglovchilar tomonidan yozib olinishi va keng xalq om­masi o‘rtasida muhokama qilinishi mumkinligi hisobga olinishi lozim. Shunga ko‘ra nutqda yangi fikr, yangi gap, foydali yan­gilik, axborot aytilishi talab etiladi. To‘r­tinchidan, notiq nut­qining madaniyligiga ya’ni, to‘g‘ri­ligi, aniqliligi, mantiqiyligi, ifodaliligi, sofligi, rang-barangligi kabi bir qancha sifatlar mavjud bo‘li­shiga e’tibor qilinadi. Beshinchidan, notiq nutqi barcha tinglovchilar uchun ibrat maktabi vazifasini bajarishi lozim. Oltinchidan, notiq tinglovchilarni hurmatlab, shirinso‘z­lilik, muloyimlik bilan so‘zlashga odatlanishi zarur. Yettinchi­dan, notiq tinglovchilar asabiga tegadigan shaklda baqirib so‘zlamasligi shart. Notiq nutqi, sakki­zinchidan, tinglovchini mustaqil fikrlashga o‘rgatishi, yangi bilim bilan boyitishga xizmat qilishi zarur. To‘q­qizinchidan, notiq faqat gapi, fikri bilan emas balki, mimikasi, ovozi, imo-ishorasi, kiyinishi kabi yana ko‘p jihatlari bilan namuna ko‘rsatishi lozim. O‘ninchidan, notiqning har bir gapida odob-axloq, insoniy fazilatlar aks etishi kerak. O‘n birinchidan, notiq nutqidan uning aql-zakovatliligi, ko‘p badiiy kitoblar o‘qiganligi sezi­lib, tinglovchilarning havasini keltirib turishi lozim. Shu jihatdan olganda, notiq Forobiyning “Fozil odamlar shahri”, Abu Rayhon Beruniyning “Hindiston”, Abu Ali ibn Sinonning “Salomon va Ibsol”, Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub”, Husayn Voiz Koshifiyning “Ahloqi Muhsiniy”, “Futuvvatnomayi Sultoniy”, Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma”, Abdulla Avloniyning “Turkiy Guliston yoxud axloq”, Mirzakalon Ismoiliyning “Odamiy­lik qissasi”, Tohir Malikning “Umidimiz yul­duzlariga”, R.Mahmudovning “Degonimni ulusqa marg‘ub et...”, Muhammadjon Quronovning “Bolam baxtli bo‘lsin, desangiz...”, Erkin Vohidovning “Inson”, Isajon Sulton­ning “Hazrati Xizr izidan” kabi yuzlab kitoblarni o‘qigan bo‘lishi zarur. Bundan tashqari, notiq har qanday guruh uchun ma’qul bo‘ladigan “Oila – tarbiya qo‘rg‘oni”, “Farosat nadur?”, “Ayollarning burchlari va vazifalari”, “Farzand – oila quvonchi”, “Bir bolaga yetti mahalla ota-ona”, “Kitob – tafakur farzandi”. “Odob – oltindan qimmat”, “Bolaning odobi aziz”, “Obro‘ni – odob ushlab turadi” kabi o‘nlab odob-axloqqa, tarbiyaga oid ma’ruza matni tayyorlab oli­shi darkor. Favqulodda ma’ruzaga, suhbatga, uchrashuvga chaqirib qolishsa, notiq nutqi tezisini bir eslab olib tinglov­chilarni qoyil qoldirib ma’ruza o‘qishi mumkin bo‘ladi. Notiq­ning anchasi murabbiy – ustozdir, ular nut­qida beandisha so‘z, fikr bo‘lmas, ularning kasbi taqozo­siga ko‘ra, tinglovchilarga (o‘quvchimi, talabami, kim bo‘li­shidan qat’iy nazar) tarbiya berishga, odob-axloq o‘rga­tishga majburdirlar.
O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidovning “O‘zbek Navoiyni o‘qimay qo‘ysa” she’ri inson­larni kitob o‘qishga da’vat qiladi:

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling