O‘zbek Navoiyni o‘qimay qo‘ysa,
Oltin boshning kalla bo‘lgani shudir.
Bedil qolib, Demyan Bedniyni suysa,
Qora sochning malla bo‘lgani shudir.
O‘zbek Navoiyni o‘qimay qo‘ysa,
Dod demoqqa palla bo‘lgani shudir.
Ma’rifatdan ayro o‘ynasa, kulsa,
Aza chog‘i yalla bo‘lgani shudir.
O‘zbek Navoiyni o‘qimay qo‘ysa,
Aldangani, alla bo‘lgani shudir.
Yulg‘ich aziz bo‘lib, bilgich xor bo‘lsa,
Paytavaning salla bo‘lgani shudir.
El komil bo‘lmasa, yurt emas ulug‘,
Beqadr mahalla bo‘lgani shudir.
Qalb to‘la nur xalqning rizqi ham to‘lug‘,
Ombor to‘la g‘alla bo‘lgani shudir.
O‘zbek o‘zligini anglasa bekam,
Uning “Barakalla” bo‘lgani shudir.
Olamga Navoiy nasliman, degan
Ovozi baralla bo‘lgani shudir.
Xulosa qilib aytganda, notiqning vazifasi faqat axborot, yangilik berish emas, balki tinglovchilarga odob-axloqni o‘rgatish kamdan-kam uchraydigan qusurlarni, jaholatlilikni yo‘qotishga ham hissa qo‘shishdir.
Mark Tulliy Sitseronning “Notiqlik san’ati” kitobida notiqlik va nutq odobi haqida yaxshi materiallar berilgan. “...ana shunda sen o‘z so‘zing bilan uni ishontirishing yoki fikridan qaytarishing, tinchlantirishing yoki hayajonga solishing va umuman, barcha usullar bilan ish sharoitlariga mos ravishda ba’zan hatto, do‘stlikni nafratga va nafratni do‘stlikka aylantirib qo‘yishing zarur”, deb ko‘rsatadi. Mutafakkir nutqning ishonarli bo‘lishi uchun uning uchta maqsadga egaligini: 1) tinglovchini o‘ziga xayrxoh etish, 2) pand-nasihat berish, 3) odamlarni hayajonlantirish notiqlikdagi eng asosiy vazifalardan ekanligini ko‘rsatib o‘tadi. Bundan tashqari, notiq nutqida so‘zlash uslubi va ijro etish qobiliyati quyidagilardan iboratligi aytilgan: Birinchi – eshituvchilarni jalb qilish, ikkinchi – ularga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish, uchinchi – ularni to‘lqinlashtirish, deb ko‘rsatiladi.
Bugungi kun talabiga javob beradigan notiqqa Sitseron aytganidek, uch narsa: ziyraklik, fahmlash (ilm-fan), g‘ayrat, qunt kerak bo‘ladi. Notiq – ilm-fan orqali topishga harakat qilayotgan narsani qaerdan izlash kerakligi va qayerda ekanligini ko‘rsatadi. Notiqlikka harakat, diqqat-e’tibor, o‘ylash, xushyorlik, sabot, mehnat, ya’ni bir so‘z bilan aytganda, o‘sha qunt tirishqoqlik bilan erishiladi”. Notiqlikda – notiq ovozining yumshoqligi, yuzining kamtarona holati, nutqining muloyimligi ham yordam beradi. “Agar sharoit taqozosiga ko‘ra, keskinroq gapirishga to‘g‘ri kelsa, bunga o‘z irodangga qarshi majbur ekanligingni ko‘rsatish kerak”. Oqko‘ngillik, olijanoblik, halimlik, ehtirom mavjudligini va manfaatparastlik, ochko‘zlik yo‘qligini, halol, ammo aslo takabbur yo‘qligini, qo‘pol va o‘jar bo‘lmagan, bema’niligi va qitmirligi yo‘q insonligi nutqida ko‘rinib turishi lozim.
Notiqlik insondan bosiqlikni, sabr-toqatlilikni, keng mulohazakorlikni ham talab etadi. Notiq har doim tinglovchilar nazarida-e’tiborida bo‘ladi. Shuning uchun ham, notiq tinglovchilarning inson kayfiyatini buzishga mo‘ljallangan, g‘ashiga tegadigan, jahlini chiqaradigan bema’ni savollariga ham odob doirasida javob berishga majbur bo‘ladi.
Xo‘sh, odob nima? Odob-adab so‘zining ko‘plikdagi shaklidir. Odob-adab – arabcha so‘zdan olingan bo‘lib, insonning tarbiyalanganligini ko‘rsatuvchi mezoni, axloqiy fazilatlarni egallaganligi, barkamolligining belgisi hisoblanadi. Odob-adab – avvalo, ota-ona qonidan o‘tadi, oilada beriladi, shakllanadi. Oilada bolaga odob-adabning dastlabki xususiyatlari, vazifalari ota-onalar, buvi, bobolar, akalar, opalar yordamida shakllantiriladi. Odobni-axloqning prinsiplari, toifalari, me’yorlari, tarbiyalanganlik darajasi, estetik didi, estetik farosati mavjud. Odob – insonning tevarak-atrofdagilar bilan munosabati, muomalasi, o‘zini tutishi, kiyinish madaniyatiga egaligi, ichki qonun-qoidalarni hurmat qilishi, rioya etishi, turmush tarzi, bo‘sh vaqtini qanday o‘tkazishi, nimaga qiziqishi, ichki va tashqi olam haqidagi qarashlari kabi masalalarni qamrab oladi. Odob birinchidan, oilada, ikkinchidan, bog‘chada, uchinchidan, maktabda, o‘quv yurtlarida, jamoada, mehnat qilish jarayonida shakllanadi va o‘sib, rivojlanib boradi. Odob – inson adabini, fazilatini, xulq-atvorini, axloqining qandayligini ko‘rsatadi. Axloq arabcha – xulq-atvor ma’nosini bildiradi. Axloqning beshta toifasi bor:
Vatanparvarlik.
Insonparvarlik.
Xalqlar do‘stligi.
Jamoaviylik.
Mehnatga ongli munosabat.
Do'stlaringiz bilan baham: |