HOZIRGI DAVR NOTIQLIGIGA QO‘YILADIGAN
ASOSIY TALABLAR
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga va butun xalqimizga 2020-yil 24-yanvardagi Murojaatnomasida “...zamonaviy bilimlarni o‘zlashtirish, chinakam ma’rifat va yuksak madaniyat egasi bo‘lish, uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylanishi kerak”ligini ta’kidlab, Sharq donishmandlarining fikrlarini keltirdilar: “Eng katta boylik – bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros – bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik – bu bilimsizlikdir”. “Taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur va shart”, dedilar. Demak, mamlakat taraqqiyotini, xalq farovonligini o‘stirishda tarbiyalangan, bilimli, yetuk mutaxassislarning o‘z o‘rni bor. Mutaxassis kadrlar tayyorlashda esa ijtimoiy fan o‘qituvchilarining xizmatlari beqiyos. Bugungi kun talabiga ko‘ra, jamiyatga, davlatga bilimli, salohiyatli kadrlar kerak. Zamonaviy bilimga, malakaga ega bo‘lgan yoshlarni tarbiyalashda ijtimoiy fan o‘qituvchilari oldida katta mas’uliyat va vazifa turadi.
Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, “Xalqimiz shuni yaxshi bilishi kerak: oldimizda uzoq va mashaqqatli yo‘l turibdi. Barchamiz jipslashib, tinimsiz o‘qib, o‘rgansak, ishimizni mukammal va unumli bajarsak, zamonaviy bilimlarni egallab, o‘zimizni ayamasdan oldinga intilsak, albatta, hayotimiz va jamiyatimiz o‘zgaradi”. Bu ulug‘vor ishlarni amalga oshirishda yaxshi bilimga, yaxshi axloqqa, yaxshi nutqqa ega bo‘lish talab etiladi.
Demak, mamlakatimiz taraqqiyoti xalqimiz farovonligi ilm-fanga bog‘liq ekanligi hech kimga sir emas. Prezidentimiz 2020-yilni “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb atashida juda katta ramziy ma’no bor. Bugungi kun talabiga javob beradigan mutaxassislar, avvalo, yurt ishi uchun tayyor bo‘lishi, yurtga sadoqatli, Vatanini sevuvchi, milliy qadriyatlarni, xalq urf-odatlarini yaxshi biluvchi va qadrlovchi, ajdodlar merosiga hurmat bilan qarab, o‘qib, o‘rganuvchi, bilimi keng, jahon tillarini biladigan, muloqot qila oladigan shaxs bo‘lishi kerak. Bugungi kun talabidan kelib chiqib, notiqlik san’ati va nutq madaniyatiga qo‘yiladigan talablar keskin kuchaydi. Ayni kunlarda yangiliklar bilan, ayniqsa, yoshlarni hayratlantirib bo‘lmay qoldi. Chunki bugun axborot asri, kompyuter asrida har qanday yangilik bir necha soniyada barchaga ma’lum bo‘ladi. Yangiliklar yashin tezligida tarqalayotgan bir paytda notiqlarga qo‘yiladigan talablar ham yanada ortdi.
Notiqlik san’ati va nutq madaniyati fani bo‘yicha ma’ruza o‘qiyotgan, suhbat o‘tkazayotganlarga qanday talablar qo‘yilmoqda?
Do'stlaringiz bilan baham: |