O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti


NOTIQLIK VA NUTQ MADANIYATINING RAHBAR FAOLIYATIDAGI O‘RNI VA AHAMIYATI


Download 0.8 Mb.
bet53/59
Sana28.10.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1732133
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   59
Bog'liq
Notiqlik. Lotin 12.01.2021 (6)

NOTIQLIK VA NUTQ MADANIYATINING RAHBAR FAOLIYATIDAGI O‘RNI VA AHAMIYATI


Rahbar – forscha-tojikcha so‘zdan olingan bo‘lib, biror davlat, tashkilot, guruh, jamoalarga yo‘l ko‘rsatib, bosh­chilik qilib boruvchi, rahbarlik qiluvchi, yo‘lboshchi, rah­namo; Rahbar – ta’lim-tarbiya beruvchi, yo‘l-yo‘riq ko‘r­satuvchi; ustoz ma’no­larini bildiradi.
Faoliyat – arabcha so‘zdan olingan bo‘lib, biror sohada olib boriladigan ish, mashg‘ulot, harakat, harakat jarayoni ma’no­larida keladi.
Keng xalq ommasi o‘rtasida “rahbar” so‘zidan tashqari “mansab” so‘zi ham ko‘p qo‘llanadi. Xo‘sh, mansab nima?
Mansab – arabcha so‘zdan olingan bo‘lib, mas’ul vazifa, amal, lavozim. Mansab – o‘zini ko‘rsatish uchun qilinadigan yoki o‘ziga ma’qul ish, harakat. Mansab – daryoning ko‘l, dengizga yoki boshqa daryoga quyiladigan joy. Mansabga minmoq – amalga tayinlanmoq, biror amalni, vazifani egallamoq.
Mansabdor – arabcha-forscha-tojikcha so‘zdan olingan bo‘lib, biror mansabga, lavozimga ega bo‘lgan amaldor. Mansab­dor shaxs. Mansabparast – mansabga intiladigan, mansabni yaxshi ko‘radigan.
Lavozim – arabcha so‘zdan olingan bo‘lib, muassasa, idora tashkilot va shu kabilarda biror rasmiy xizmatni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan doimiy vazifa. Xalqimiz og‘zaki nutqida rahbar, mansabdor so‘zlari ham ishlati­ladi. Uch kishi va undan ko‘pga bosh bo‘lganni boshliq, rah­bar, mansabdor deyishadi. Inson borki, u gapiradi. U kim, qaysi vazifasida faoliyat ko‘rsatishidan qat’iy nazar, notiq bo‘lishi talab etiladi.
Notiqlik san’ati va nutq madaniyati nafaqat o‘qi­tuvchi, mu­rabbiylarga, tarbiyachilarga, targ‘ibotchi-tashvi­qot­chilarga, ota-onalar, balki barcha-barchaga kerak bo‘ladi. Ayniqsa, ko‘pchilik bilan muomala qiladigan rahbarlar notiqlik san’ati va nutq madaniyatini egallashlari zarur.
O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov: “Odam birgina shirin so‘z tufayli, majoziy qilib ayt­ganda, tog‘ni talqon qilishi mumkin. Afsuski, keyingi vaqt­larda bizning ba’zi rahbar­larimiz odamlarga bun­day munosabatda bo‘lishni deyarli unu­tib qo‘yganlar. Chunki odamga ishonch uni ulug‘laydi, o‘z kuchi­ga ruhiy quvvat bag‘ishlaydi. Ishonchsizlik, xolisona munosa­batda bo‘lmas­lik odamlarning hafsalasini pir qiladi va shu tufayli biz qanchadan-qancha iste’dodli rahbar-u tashabbuskor yosh­larimizni boy bermoqdamiz”, degan edilar. Haqiqatan ham, yaxshi faoliyat ko‘rsatib, o‘rnak bo‘lgan insonlarga amal berilsa, darrov o‘zgarib qoladiganlari ham yo‘q emas. Xalqimizda “in­sonni bilmoqchi bo‘lsang, amal berib sinab ko‘r”, degan maqol borligini ham unutmasligimiz kerak.
Rahbarlik – mansab emas balki mas’uliyat, degan gap bor. Hamma ham rahbar bo‘la olmaydi. Rahbarlik – iste’­dod, bilim, katta salohiyat talab qiladi. Shuning uchun ham, qadimdan rahbarlik mavzusida ko‘plab allomalarimiz fikr bildirganlar. Arastu, Forobiy, Kaykovus, Amir Temur, Alisher Navoiy, Husayn Voiz Koshifiy asarlarida rahbarlikning fazilati-yu, qusurlari, nimalarga amal qilishi kerak-u, nimalardan o‘zini parhez qilishi lozim­ligini ko‘rsatib o‘tganlar. Qadimda rahbarlikka qo‘yishda yuzni o‘qish san’atiga (fizionomiyaga) alohida e’tibor qaratilgan. Insonning yuzi, qoshi, bo‘yi, labi, burni, qu­loqlari, sochi, gavdasi, bo‘yni kabilariga qarab, ularni rahbarlikka qo‘ysa, bo‘ladimi – yo‘qligi haqida ko‘plab ma’lumotlar berilgan. Masalan: Husayn Voiz Koshifiy­ning “Axloqi Muhsiniy” asaridagi “Farosat bayo­nida” bobida rahbarlik xislatlari, vazifalari to‘g‘risida foydali ma’lumotlar berilgan.
Qadimda rahbarlikka alohida o‘qitilmagan bo‘lsa-da, lekin hayot tajribasi bor, boshqaruvchilik qobiliyatiga ega bo‘lganlar notiqlik malakasini egallaganlar rahbar­likka qo‘yilgan.
O‘zbekistonda mustaqillikka erishilganidan keyin Prezident huzuridagi jamiyat boshqaruvi akademiyasi tash­kil etildi. Ayni kunlarda akademiyada bo‘lajak rahbarlar o‘qitilmoqda. Amal­dagilarning malakalari oshirilmoqda. Viloyatlarda Prezident aka­demiyasining hududiy filial­lari tashkil etildi.
Guliston davlat universitetida 2005-2011-yillarda “Kamolot – kelajak tayanchi” nomi ostida qishki faollar maktabi tashkil etilgan edi. Bu qishki faollar maktabi Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan “Botanika” sanatoriysida bir haftalik o‘qish edi. Talabalarga sobiq elchilar, sobiq vazirlar, davlat va muassasa rahbarlari, deputatlar ma’ruzalar o‘qigan edilar. Ayni kunlarda qishki faollar maktabida o‘qigan sobiq talabalarning to‘qson foizi turli rahbarlik lavozimlarida faoliyat ko‘rsatmoq­dalar.
Keyingi yillarda rahbarlikka tayyorlash, ularda notiqlik san’ati va nutq madaniyatini egallashlari uchun bir necha qo‘l­lanmalar, risolalar tayyorlandi. “Milliy g‘oya va rahbar mas’uliya­ti” (2007); “Rahbar va xodim” (1998); M.Yo‘ldoshev, N.Nazarzoda. “Rahbarlik psixologiyasida axloq” (2010); N.Bekniyozov. “Rahbar ma’naviyati, mada­niyati va mahorati” (2013); Sabrina. “Ko‘ngil olish san’ati” (2014); H.To‘ymanova “O‘zbekona xislat” (2015); O.Yo‘ldosheva. “Insonni o‘rganish ilmi” (2016); N.Boymurodov “Rahbar psixologiyasi” (2016); U.Saidov. “Boshqaruv va notiqlik san’ati” (2010); L.Muhammadjonova. “Davlat xizmatchisining axloqiy madaniyati” (uslubiy qo‘llanma) (2019); “Ritorika” (2019); R.Jumaniyozov. “Siz notiq bo‘lmoqchimisiz?” (2019); L.Raupovaning “Nutq madaniyati” (2019) kabi ko‘plab qo‘llan­malar yaratilib, o‘qituvchilarga, bo‘lajak yosh rahbar­larga taq­dim qilinmoqda. Bu qo‘llanmalar rahbarlar oldidagi vazifalarini, burchlarini ko‘rsatish bilan birga, asosiy mas’uliyatlari nima­lardan iboratligini ham tushuntiradi, o‘rgatadi.
Jamiyat taraqqiyotida rahbarning o‘rni doimo asosiy o‘rinni egallaydi. Bugungi kunda har qanday rahbar odamlar bilan muloqot qiladi. Rahbar Prezident olib borayotgan siyosatni to‘g‘ri tushuntira olishi, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini, tashkilot, korxona oldidagi vazifalar nimalardan ibo­rat ekanligini sodda, tushunarli qilib jamoaga tushunti­rishi va ularni ruhlantira olishi, har bir tashkilotda ishlayotgan fuqarolarning, ishchi-xizmatchilarning burchi nimalardan iboratligini singdirishi zarur bo‘ladi.
Rahbar, asosan, notiqlik san’ati va nutq madaniyati­ning so‘zlashuv nutqi turidan keng foydalanadi. Buning uchun rah­bar, avvalo, O‘zbekistondagi barcha sohalardagi islohotlarni va shu sohadagi yangi Farmonlar, Qarorlar­ning mazmun-mohi­yatini o‘zi to‘liq o‘qib, o‘rgangan bo‘lishi kerak. Rahbar o‘zi bilgan yangiliklarni, vazifasi doirasi, tashkilot xususiyatidan kelib chiqib, jamoaga yangi vazi­falar, topshiriqlar berishi uchun u notiqlikning so‘zla­shuv turidan foydalanishi kerak bo‘ladi.
Rahbar so‘zlashuv nutqi orqali jamoa bilan muloqot qiladi. Ish unumdorligini oshirish uchun rahbar quyidagi omillardan foydalanishi lozim bo‘ladi. Rahbar birin­chidan, jamoa bilan muloqotni juda samimiy, oddiy, rasmiyatchilikdan holi o‘tka­zishi kerak, ikkinchidan, rah­bar berayotgan topshiriqlarini jamoani bajara olish­la­riga ishontira bilishi zarur. Uchinchidan, bajarilayot­gan vazifani ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’­rifiy xususiyatlarini tahlil qilib berishi lozim. To‘r­tinchidan, rahbar o‘z fikr-mulohazasini jamoaga yetkazib, tushuntirib be­rishi kerak. Beshinchidan, rahbar ijti­moiy voqea-hodisalarni tushunishda jamoadan oldinda yurishi darkor. Oltinchidan, rahbarda muloqot madaniyati shakllangan bo‘lishi lozim. Yettin­chidan, rahbarda so‘zlash san’ati, tinglash qobiliyati, har qan­day holatda, har qanday xarakterdagi insonlar bilan muoma­la qila olish qobiliyatiga ega bo‘lishi zarur. Sakkizinchidan, ja­moa­dagi o‘zidan chiroyli, yaxshi gapira oladigan, boshqara bi­ladiganlarni yoniga olib maslahatchi qilib olishi va ulardan foydalanishi kerak.
Rahbarning notiqlik san’ati va nutq madaniyatiga ega bo‘lishi tashkilotda ish faoliyatining yaxshilanishiga katta yor­dam beradi. Chunki rahbar o‘z qo‘l ostidagilarning qo‘lidan nima ish kelishini bilib, ish taqsimlasa, tashki­lot yoki korxona rivojlanadi, ishlar moddiy manfaat­dorligi oshadi, natijada ish­chilar, xodimlar rahbardan rozi bo‘ladi.
Afsus bilan ta’kidlash joizki, uzoq yillar “o‘z fik­rini mutlaqo, mustaqil, ona tilisida ravon, go‘zal va lo‘nda ifoda eta olmaydigan mutaxassisni, avvalam­bor, rahbar kursi­siga o‘tirganlarni bugun tushunish ham, oqlash ham qiyin” (I.Karimov), deyilgani to‘g‘ri edi. Notiqlik san’ati va nutq madaniyatini yaxshi egallagan rahbar so‘zamolligidan, so‘zning qudratidan foydalanib, korxona-tashkilotni yaxshi boshqarishi mumkin bo‘ladi. Lekin, ochiq aytish kerakki, notiqlik san’ati va nutq madaniyatini egallash oson ish emas. Ayniqsa, texnika, aniq fanlar, jismoniy madaniyat yo‘nalishida o‘qigan rah­barlar nutqi, hammasiniki emas, ba’zilariniki, bugungi kun talabiga umuman javob bermaydi.
Notiqlik faqat rahbar uchungina emas, balki barcha soha-o‘qituvchilar, tibbiyot xodimlari, qolaversa, ota-onalar, bog‘cha tarbiyachilari uchun ham, nihoyatda kerakli va zarurdir. Har bir ota-ona farzandiga tarbiya berishi uchun ham u farzandiga o‘z fikrini to‘g‘ri, sodda, tushunarli tarzda uqtirishi lozim bo‘ladi.
Jamiyatdagi barcha kasb egalari uchun ham notiqlik zarur. Insonlar bilan muloqot qilmaydigan notiqlik, nutq kerak bo‘l­may­digan kasb yo‘q va bo‘lishi ham mumkin emas.
Notiqlik qobiliyati, iste’dodi bo‘lmagan kishi, bizningcha, o‘qituvchi bo‘lmagani, boshqa kasb egasi bo‘lgani yaxshi. O‘qituv­chilik faqat havasdan iborat emas. O‘qituv­chilik katta mas’uliyat, katta sharaf. Ustoz otangdan ulug‘, degan gap xal­qimiz tomonidan kashf etilgan. O‘qituvchida, ustozda, murab­biyda hamma narsa – so‘z, til, did, ko‘rinish, muomala, inso­niylik go‘zal bo‘lishi kerak.

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling