O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti
Download 0.8 Mb.
|
Notiqlik. Lotin 12.01.2021 (6)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ma’ruza qanday bo‘lishi kerak Birinchidan
birinchidan, darsning kirish qismida gapirishi kerak bo‘lgan fikrlarini belgilab, aniqlab olishi darkor. Har qanday fanning dastlabki 3-5 daqiqasi odob-axloqqa, sohaga oid yangi qabul qilingan qonunlar, farmonlar, xalqaro ahvol haqida bo‘lishi mumkin bo‘ladi.
Ikkinchidan, darsning asosiy qismi: ma’ruzachi-notiq vaqtdan unumli foydalanishi uchun darsning yoki suhbatning strukturasini belgilab olishi kerak. Har qanday ma’ruzachi, ma’ruza yoki suhbatning oxirida savol-javobga 3-5 daqiqa vaqt qoldirishi kerak. Bu notiqning tajribaliligidan dalolat beradi. Notiq qayerda, kimlar uchun nutq so‘zlashidan qat’iy nazar, tinglovchilarning xususiyatlarini hisobga olishi zarur. Ma’ruza qanday bo‘lishi kerak? Birinchidan, yuksak g‘oyaviy, bunyodkorlik g‘oyasi bilan sug‘orilgan dunyoqarashni shakllantirishga xizmat qilishi, ikkinchidan, dolzarb masalalarga bag‘ishlangan bo‘lishi, tinglovchilarga ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy, fan-texnika sohasidagi yangi bilimlarni berishi, uchinchidan, ma’ruza jonli, qiziqarli, eng so‘nggi yangiliklar asosida, dalillarga boy bo‘lishi zarur. Ma’ruza turlicha fikrlovchi, turlicha bilimga ega bo‘lgan yoshlar tushuna oladigan sodda tilda bo‘lishi kerak. Nutqda dabdabali, balandparvoz gaplar, terminlar, chet so‘zlar, ko‘p esda qolmaydigan sonlar, faktlar qo‘llanmasligi darkor. Ma’ruzada, ayniqsa, qaytariq, takrorlardan saqlanib, tinglovchi ruhini, kayfiyatini hisobga olib gapirish yaxshi natija beradi. Agar ma’ruzachi bir gapni yoki ayrim so‘zlarni ko‘p takrorlasa, tinglovchilarni zeriktiradi, bezdiradi, bunday ma’ruzaga hech kim quloq solmaydi, eshitishni xohlamaydi, ayniqsa, talabalar uyali telefonlarini o‘ynab, boshqa mashg‘ulot bilan vaqtlarini o‘tkazishga harakat qiladilar. Bugungi talabalar 20-30 yil oldingi talabalar emas. Ular ijtimoiy tarmoqlar orqali, chet ellardan ko‘plab yangi ma’lumotlar olishi mumkinligini, chet tillaridan bir nechtasini bilishi mumkinligini notiq (o‘qituvchi) ma’ruzachi esidan chiqarmasligi kerak. Ma’ruzachi har doim ma’ruzaga, suhbatga, amaliy mashg‘ulotga, turli tashkilotlarga ma’ruza o‘qigani borganida, doimo puxta tayyorgarlik ko‘rib, yangi gap, yangi fikr aytish uchun borishi shart. Viloyat ichki ishlar boshqarmasiga, fan nomzodi avvaldan berilgan mavzu bo‘yicha ma’ruza o‘qigani borgan. Minbarga chiqqan ma’ruzachi yozib olib borgan matnni o‘qiy boshlagach, “o‘qimay qisqacha gapirib bera qoling”, deb zaldan luqma tashlangan. Lekin ma’ruzachi yana o‘qiy boshlagan. Ma’ruzachini matn o‘qishidan to‘xtatib, minbardan haydab yuborishgan. Notiq hech qachon matnni o‘qib bermasligi, yuqorida ta’kidlanganidek, tinglovchilar uchun qiziqarli misollar, hikmatlar, rivoyatlar, she’rlar va maqollardan foydalanib, aktyorlik qobiliyatini ishga solib, og‘zaki gapirishga odatlanishi shart. Xulosa qilib aytganda, chiroyli gapirib butun zalni o‘ziga qaratib, lol qoldirib, gaplaringizni eshitishga majbur qilish ham san’at. Ma’ruzachi xalq qo‘shiqlaridan imkoni boricha, ko‘p odamlar o‘qimagan rivoyatlardan, hikmatlardan ma’ruza orasida foydalansa bu tinglovchilarning charchamasligiga, zerikmasligiga sabab bo‘ladi. Abdulla Qahhor: “Gapni tomdan tarasha tushganday boshlang”, – degan edi. Ma’ruzachi ham gapni shunday boshlashi kerakki, tinglovchilar, eshituvchilar Sizning gapingizga lol bo‘lib qolsin. Tinglovchilarni sehrlab qo‘yish uchun esa ma’ruzachi notiqlik san’ati va nutq madaniyatini puxta egallagan bo‘lishi zarur. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling