O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti


NOTIQLIK SAN’ATI VA NUTQ MADANIYATI FANINING MAQSADI, VAZIFALARI VA AHAMIYATI


Download 0.8 Mb.
bet2/59
Sana28.10.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1732133
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59
Bog'liq
Notiqlik. Lotin 12.01.2021 (6)

NOTIQLIK SAN’ATI VA NUTQ MADANIYATI FANINING MAQSADI, VAZIFALARI VA AHAMIYATI

Yangi O‘zbekistonning yangi shaxslarini, fuqarolarini shakl­lantirishda, eng yaxshi insoniy his-tuyg‘ularni, yuk­sak insoniy fazilatlarni kamol toptirishda keng xalq ommasi o‘rtasida, mahallalarda, kollejlar, litseylarda, o‘quv yurtlari yoshlari o‘rtasida olib boriladigan ma’ru­zalar, o‘tkaziladigan suhbatlar muhim ahamiyat kasb etadi. Inson dunyoqarashining o‘zgari­shida ma’ruzalarning, suh­batlarning sermazmun bo‘lishi bilan birga, tinglovchi­larga mohirona, tushunarli bayon qilinishi ham muhim rol o‘ynaydi. Notiqning jozibali, ta’sirchan va yuksak g‘oyaviy-estetik nutqi eshituvchilar e’tiborini tortadi.


A.P.Chexov “Insonda hamma narsa go‘zal bo‘lmog‘i lozim: yuzi ham kiyimi ham, qalbi ham, fikri ham”, degan edi. Notiq, avvalo, kiyinish madaniyatiga o‘zi to‘liq amal qilgan bo‘lishi zarur. Ma’ruzachi-notiq ijtimoiy-siyosiy, axloqiy, estetik, iqtiso­diy, ma’naviy-ma’rifiy kabi muhim masalalarni tushuntirishga juda katta e’tibor qaratuvchi shaxsdir.
Oliy o‘quv yurtlarida professor-o‘qituvchilar, asosan, ma’­ruzadan foydalanishadi. Ma’ruza o‘qishda o‘qituvchi­dan juda katta notiqlik mahorati, nutqiy madaniyat talab etiladi.
Ma’lumki, inson jamiyatda yashar ekan, u tevarak-atro­fidagi odamlar bilan muloqot qiladi. Muloqot til yor­damida, nutq vositasida amalga oshiriladi. Insondagi mavjud nutq apparati yordamida tovushlar hosil bo‘ladi. Tovushlar tizmasidan so‘zlar, so‘zlardan gaplar tuziladi. Gaplarda fikrlar mujassam bo‘ladi. Gaplar sodda, tushu­narli, mazmunli bo‘lishi talab etiladi. De­mak, inson nutqi orqali, o‘z fikr-mulohazasini yaxshimi-yomon­mi, qan­day bo‘lishidan qat’iy nazar, bayon qiladi. Har bir inson ikki yoshidan boshlab to‘liq o‘z fikrini bayon qila olish imko­niyatiga ega bo‘lar ekan, unda nutq rivojlanib, o‘sib, so‘z boyligi ko‘payib boradi. Alohida, astoydil harakat­lari natijasi sifatida unda notiqlik san’ati shaklla­nib boradi.
“Notiqlik san’ati“ birikmasi notiq va san’at so‘z­larining birikuvidan tashkil topgan:
Notiq – arabcha so‘zdan olingan bo‘lib, nutq so‘zlovchi, gapga chechan, gapga usta, so‘zamol ma’nolarini bildiradi. (O‘zbek tilining izohli lug‘ati. I jild, T., 1981. 512-bet)
San’at – arabcha so‘zdan olingan bo‘lib, badiiy ijodiyot va uning har bir ayrim sohasi. San’at – amaliy-tatbiqiy sohalarning o‘ziga xos ish uslubi, sistemasi. San’at – ko‘chma ma’noda yuksak mahorat, ustalik ma’nolarida ke­ladi. (O‘zbek tilining izohli lug‘ati. II jild T., 1981. 20-bet) Demak, notiqlik san’ati chiroyli, ma’noli, sodda, hamma tushuna oladigan qilib gapirish, so‘zlay olishdir.
Notiqlik til bilan uzviy bog‘liq. Tilni yaxshi bilgan, so‘zlarni o‘z o‘rnida qo‘llay olgan inson nutqini hamma eshitadi, tushu­nadi. Notiq bo‘lish uchun, avvalo, so‘z boy­ligi ko‘p bo‘lishi zarur, ikkinchidan, notiq qaysi so‘zni qachon, qayerda, qanday qo‘llay olishni bilishi shart. Ammo, demak, chunki, va, jumladan, u, kabi so‘zlarini ortiqcha qo‘llashi ayrim notiqlar­ning kamchiligi hisoblanadi. Uchin­­chidan, notiqdan o‘zbek tili grammatikasining qonun-qoidalarini puxta bilish, bu qoidalarga amal qilish talab etiladi. To‘rtinchidan, notiq fonetikani puxta o‘zlashtirgan bo‘lishi kerak. Unli, undosh tovush­larni qanday talaffuz qilishni, so‘zga urg‘uni to‘g‘ri qo‘yishni bilishi kerak. Notiq o‘zbek tilining sintak­sisini, stilistikani puxta o‘rgangan bo‘lib, so‘zni o‘z o‘rnida qo‘llay olishi zarur. O‘zbek tilida gapira olish degani – bu – o‘zbek tilini bilaman, degani emas. Har qanday so‘zamol inson notiq bo‘la olmaydi. Notiqlik - bu san’at. San’at esa insonlarni hayratlantiradi, lol qoldiradi, kuldiradi, yig‘lata oladi. Notiqdan so‘z qo‘l­lashni, sinonimlarni, antonim­larni, omonim va paro­nimlarni metaforani, yaxshi o‘zlashtirish va ulardan foy­dalanishni bilish talab etiladi.

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling