O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti


Download 0.8 Mb.
bet6/59
Sana28.10.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1732133
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59
Bog'liq
Notiqlik. Lotin 12.01.2021 (6)

Notiqning asosiy vazifalari. Notiq – arabchada gapiruvchi, nutq so‘zlovchi-tuzuvchi, aytuvchi ma’nolarini bildiradi. Notiq – avvalo inson. Unda xarakter, o‘y-tashvish, kayfiyat, turmush tashvishlari, xursandchiliklari kabi xususiyatlar ham bo‘ladi. Notiqlik san’ati – nutq so‘zlovchining o‘z fikrini sodda, qisqa, chiroyli, aniq, jozibali ifodalash san’atidir. Notiqlik kecha yoki bugun paydo bo‘lgan emas. Insoniyat paydo bo‘lgandan buyon notiq­lik u yoki bu darajada mavjud bo‘lgan va qo‘llanib kelin­gan, natijada rivojlanib borgan. Tarixdan ma’lumki, yunon olimi va notig‘i, faylasufi, shoiri, yozuvchisi Mark Tulliy Sitseron “Notiqlik san’ati” kitobida bu san’at haqida atroflicha ma’lumot bergan. “Har qanday ruhiy harakat tabiatan o‘zining shaxsiy qiyofasi, ovozi va qaddi-qomatga ega. Insonning butun jismi ham­da uning ruxsori, ovozi huddi tanbur torlariga o‘xshab, ularga tekkandagi ruhiy harakatga monand ohang beradi, ja­ranglaydi”, degan edi Mark Tulliy Sitseron.


Notiqlikning uchta manbai mavjud:
1. Tabiiy iqtidor.
2. Nazariy bilim.
3. Amaliy mashg‘ulot, taqlid.
Notiqlikning beshta maqsadi bor:
1. Ma’lumot berish.
2. Ishontirish.
3. Huzur baxsh etish.
4. Hayajonlantirish.
5. Ruhlantirish.
Notiqlik san’ati taraqqiyotiga Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Kaykovus, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Alisher Navoiy, Husayn Voiz Koshifiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Abdulla Qodiriy, Abdulla Qahhor, Oybek, Maqsud Shayxzoda, Erkin Vohidov va boshqa ko‘plab ijodkorlar o‘z hissalarini qo‘shganlar.
Notiqlik manbalarda ma’viza, va’zxonlik, suxandon­lik, so‘z­ga chechanlik deb ham atalgan.
Notiqlik san’atining vazifalari quyidagilar­dan iborat:
1. Axloqiy va ma’naviy qonunlarga to‘la rioya qilish.
2. Notiq har doim fikr yuritib turishi, yangi fikr, yangi g‘oya, yangicha ifoda usulini o‘ylab topishi zarur.
3. Notiq jahonda egallashi lozim bo‘lgan obro‘-e’ti­borini, o‘rnining qanday bo‘lishi kerakligini ham na­moyish etishi lozim.
4. Suqrotning “O‘zingni bil” aqidasiga doimo rioya qilishi lozim.
5. Konfutsiyning “O‘zingga lozim topmaganlaringni boshqa­larga ravo ko‘rma” qoidasini esidan chiqarmasligi kerak.
6. Bilimli, keng dunyoqarashga ega bo‘lishi talab etiladi.
7. Notiq bir necha tillarni mukammal bilishi kerak.
8. O‘zbek notig‘i O‘zbekiston va dunyo tarixini, jahon mutafakkirlari hayoti va ijodini mukammal o‘rgangan bo‘lishi zarur.
9. Notiq eng kamida yuzta g‘azal, yuzta she’rni yoddan bilishi lozim.
10. Notiq islom dini ahkomlarini mukammal o‘rgangan bo‘lishi kerak.
11. Notiq o‘zbek tili qonun-qoidalarini, eski o‘zbek tilidagi so‘zlar ma’nolarini puxta o‘zlashtirgan bo‘lishi kerak.
12. Notiq hozirjavob, askiya qila olish, chiroyli javob topa olish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak.
13. Notiq yuzni o‘qish san’atini (fizionomiyani) puxta o‘zlashtirgan bo‘lishi kerak.
14. Bolalar, o‘quvchilar, talabalar, keksalar, ayollar, kam­pirlar “tili”ni, xususiyatlarini, “fazilatlarini”, psi­­xologiyasini, xa­rakterini to‘liq o‘rgangan bo‘lishi kerak.
15. Notiq badiiy adabiyotdagi poetik san’atlarni o‘zlash­tirgan bo‘lishi va nutqida ularni qo‘llay olish usullarini bilishi kerak.
16. Notiq tinglovchilarga xayrixohlik ruhida gapiri­shi lozim.
17. Notiq so‘zlarni o‘z joyida, tinglovchilar qalbiga yetib boradigan, shafqatlilik, hamdardlik, yaqinlik ru­hida, ohangida so‘zlay olishi zarur.
18. Notiq aktyor bo‘lishi, kerak bo‘lsa, yig‘lashi, kulishi, rol ijro eta olishi lozim.
19. Notiq faqat so‘zi bilan emas, balki yuz ifodasi, qoshi, labi, og‘zi, tanasi, qo‘l-oyoqlari harakatlaridan ham unumli foyda­lanishi zarur.
20. Notiq tinglovchilar bilan muloqotga kirisha olish iste’do­diga ega bo‘lishi, kirishimli bo‘lishi talab etiladi.
21. “Muloyim bo‘l, muloyimlik kimda bo‘lsa, o‘shani bezab turadi, muloyimlik kimda bo‘lmasa, uni buzib tura­di”. Rasululloh (s.a.v.) – bu hadisga rioya qilinishi zarur.
Xulosa qilib aytganda, har jihatdan mukammal, keng bilimli, xarakteri hamma bilan kelishib keta oladigan, kamtar, samimiy, kichik fe’l, mehnatsevar, o‘z ustida ishlab charchamaydigan, o‘zi­dan hech qachon qoniqmaydigan, hamisha izlanuvchan kis­higina notiq bo‘lishi mumkin. Afsuski, ayrim, o‘zlarini notiq deb biluvchilarda quyi­dagi nuqsonlar ham uchrab turadi:
1. Nihoyatda tez gapirish, shoshqaloqlik.
2. So‘zlarni yamlab so‘zlash.
3. Nutqida rejaning yo‘qligi.
4. Fikrlarini aniq bayon qila olmaslik, fikrlari­ning tarqoqligi.
5. Gaplari, fikrlarini tushunib bo‘lmasligi. Til qoida­larini bilmasligi. Gapida ega, kesim o‘z joyida emasligi.
6. Bilimsizlik, kam badiiy kitob o‘qiganligi bois, nutqda ravonlik yetishmasligi.
7. Ayrim so‘zlarni ko‘p takrorlashi.
8. Nutqida xorijiy (ruscha va hokazo) so‘zlarni ishla­tishi.
9. Minbarda dovdirash, o‘zini boshqara olmaslik, tuta bilmaslik.
10. Ovozining o‘ta yoqimsizligi, qahr-g‘azab yoki haya­jon bilan shoshib gapirishi.
11. Me’yorda gapira bilmaslik, o‘ta past ovozda, baland ovozda yoki o‘ta muloyim yoki qo‘pol gapirish.
12. So‘zlarning ma’nosini bilmasdan ishlatib ular­ning jarangdorligini unutib qo‘yish va hokazo. Bundaylarni notiq hisoblab bo‘lmaydi.
Notiqlik san’ati va nutq madaniyati” namunali nutq tuzish san’atini – malakasini o‘rgatuvchi fandir. Yoshlarda ma­daniy nutq malakasini shakllantirish, rivoj­lantirish, o‘zbek ada­biy tili me’yorlariga javob bera oladigan darajada, nutq tuzish malakasini o‘stirishdan iboratdir. Yaxshi nutqni poetik nutq, gazeta nutqi, minbar nutqini hosil qilish, targ‘ib qilish ham bu fanning vazifalariga kiradi. Nutq – adabiy til bilan uzviy bog‘liq. Namunali nutqning barcha xususiyatlari: to‘g‘rilik, aniqlik, mantiqiylik, soflik, tushunarlilik, so‘z boy­ligining ko‘pligi, ta’sir­chanlik, jo‘yalilik kabi fazilat­larni o‘zida mujassam etishga erishish juda muhimdir. Notiqlik san’ati va nutq madaniyatida til asosiy qurol vazifasini bajaradi. Inson yetuk mutaxassis bo‘lishi uchun u olgan bilimlarning o‘zi kamlik qiladi. Yetuk mutaxassis bilgan, o‘rgangan bilimlarini boshqalarga, ayniqsa, ting­lovchilarga yoshlarga, o‘quvchilarga tushuntirib bera olishi, o‘rgatishi darkor. Buning uchun esa, o‘zbek tilini mukammal bilishi talab etiladi.
Notiq nutqida begona, tushunarsiz, o‘zlashmagan so‘zlar bo‘lmasa, bunday nutq o‘rnak bo‘larlidir – sof nutqdir. Shu jihatdan olganda, nutq: a) sof nutq; b) boy nutq; v) aniq nutq; g) mantiqli nutq; d) ifodali nutq; j) obrazli nutq; z) ta’sirli nutq; i) jo‘yali nutq kabi sifatlarga ajratiladi. Bularning har biriga har kim turlicha ta’­rif berishlari mumkin. Asosiy gap, nutq tuzish san’atini qanday o‘rgatilishida. Birinchidan, notiq tilshunoslik­ning fonetika (yunoncha – tovush so‘zidan olingan), ya’ni inson nutqini ifodalovchi tovushlar va tovush vositalari haqidagi bilimlarga ega bo‘lishi zarur.
Nutq tarkibida fonemalar, bo‘g‘in, urg‘u, ohang (into­natsiya) kabi elementlar qatnashadi.

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling