O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti


Download 0.8 Mb.
bet14/59
Sana28.10.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1732133
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   59
Bog'liq
Notiqlik. Lotin 12.01.2021 (6)

Abu Iso Muhammad at-Termiziy
(824-892)
Abu Iso Muhammad at-Termiziy 824-yilda Termizda tug‘il­gan. U Iroq, Isfahon, Xuroson, Makka va Madina shahar­larida yashagan. At-Termiziyning “Al-jomi’” (“Jamlovchi”), “Ash-sha­moil an-nabaviya” (“Payg‘ambarning alohida fazilatlari”), “Al-ilal fi-l-hadiys” (“Hadislar­dagi og‘ishishlar”), “At-tarix” (“Tarix), “Kitob ul-asmo va-l-kuna” (“Ismlar va laqablar haqida kitob”), ayniqsa, “Al-jomi’ al-kabir” (“Katta to‘plam”), “Al-jomi’ us-sahiyh” (“Ishonchli to‘plam”), “Jomi’ at-Termiziy” (“Termiziy to‘plami”) kitoblari butun dunyoga tarqalgan. At-Termiziy hadislarining ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ahamiyati juda kattadir. At-Termiziy jamlagan hadislarda so‘z, uning qadr-qim­mati, so‘zdan foydalanish qoidalari haqi­dagi qimmatli fikrlari mavjud. At-Termiziy o‘z davri­ning ulug‘ notiqlaridan bo‘lgan.


Abu Nasr Forobiy
(873-950)
Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlug‘ Tarxon Forobiy Sirdaryo bo‘yidagi Forob qishlog‘ida 873-yilda tug‘il­gan. Jahon ilm-faniga, madaniyatiga katta hissa qo‘sh­gan fay­lasuf, shoir, adabiyotshunos, tarixchi qomusiy olim. Forobiy o‘z zamonasi ilmlarining barcha sohasini mukammal bilganligi va bu ilmlar rivojiga katta hissa qo‘shganligi, yunon falsafasini sharhlab, dunyoga keng ta­nitganligi uchun “Al-Muallim as-soniy” – “Ikkinchi muallim” (“Sharq Arastusi”) deb yuritilgan. U 72 tilni mukammal bilgan. Forobiy 160 dan ortiq asarlar yaratgan. Uning “Substansiya haqida so‘z”, “Qonunlar haqida kitob”, “Kattalarning aqli haqida so‘z”, “Yoshlarning aqli haqida kitob”, “Mantiqqa kirish kitobi”, “Jonning mohiyati haqida risola”, “Ilmlarning kelib chiqishi va tasnifi”, “Falsafa tushun­chasining ma’nosi haqida so‘z”, “Falsafaga izohlar” kabi asarlari juda mashhur. Forobiyning – fal­safa, mantiq, fizika, kimyo, optika, meditsina, biologiya, tilshunoslik, she’riyat, notiqlik san’ati, xattotlik, etikaga, huquqshunoslikka, pedagogikaga oid asarlari mav­jud. Olimning “She’r va qofiyalar haqida so‘z”, “Ritorika haqida kitob”, “Lug‘atlar haqida kitob” asarlari notiqlik san’atiga bag‘ishlangan. Forobiy notiqlik san’ati va nutq madaniyatiga ulkan hissa qo‘shgan mutafakkir hisob­lanadi. Olimning notiqlik san’ati va nutq madaniyatiga qo‘shgan hissasi mukammal o‘rganilmagan.

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling