O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti


Download 0.8 Mb.
bet16/59
Sana28.10.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1732133
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   59
Bog'liq
Notiqlik. Lotin 12.01.2021 (6)

Mahmud az-Zamaxshariy
(1075-1144)
Abul Qosim Mahmud ibn Umar az-Zamaxshariy 1075-yil 19-martda Xorazmning Zamaxshar qishlog‘ida tug‘ilgan. Mahmud az-Zamaxshariy Buxoroda, Bag‘dodda o‘qib, ko‘plab fanlar bo‘yicha bilimga ega bo‘lgan. Ko‘p asarlarini Makka shahrida yaratgani bois, “Ollohning qo‘shnisi” degan nom oladi. U 1144-yil 14-aprelda Xorazmda vafot etadi. Arab tili grammatikasiga oid “Al-Mufassal” (1121) asari dunyoga mashhur. Olimning “Asos al-balog‘a” (“Notiqlik asoslari”), “Rabi’ ul-abror va nusus ul axyar” (Ezgulik bahori va yaxshilar bayoni), “Aruzda o‘lchov mezoni”, “Maqom­lar”, “Nozik iboralar”, “Al-Kashshof” asarlari mashhur. Az-Zamaxshariyning “Nozik iboralar”, “Notiqlik asos­lari” asarlari bugungi kunda ham alohida ahamiyatlidir. Bu asar­lar notiqlik san’ati taraqqiyotiga qo‘shilgan ulkan hissadir. So‘z boyliklari, lug‘at va ulardan foydalanish ilmi az-Zamaxshariy tomonidan tuzilgan.


Yusuf Xos Hojib
(XI asr)
Yusuf Balasog‘uniy Yettisuv o‘lkasidagi Kuzo‘rda (Balasog‘un) shahrida taxminan 1016-1018-yillar orasida tug‘ilgan. “Qutadg‘u bilig” asarini 50 yoshlarida 1069-1070 yil­larda yozib tugatgan. Yusuf Xos Hojib arab, fors til­larini mukam­mal bilgan. Xalq og‘zaki ijodini, yozma ada­biyotni g‘oyat yaxshi o‘rgangan. “Qutadg‘u bilig” kitobi 5896 baytdan iborat bo‘lib, o‘z davrining dolzarb muammolari qamrab olingan. Yusuf Xos Hojib “Ko‘p so‘zlash, donolik belgisi emas, u – ezmalik alomati”:


So‘zni so‘zlamasang, sof oltin sana,
Tildan chiqsa, misga tengdir, rosmana, – deydi.

Yusuf Xos Hojib so‘z san’atiga, so‘zni qo‘llash, so‘zga ehtiyot bo‘lish, yaxshi nutq to‘g‘risida o‘z fikr-mulohaza­larini bayon qiladi-ki, bular bugun ham alohida ahamiyat­lidir.




Ahmad Yugnakiy
Ahmad Yugnakiy haqidagi ma’lumotlarni Alisher Navoiy, Arslon xoja Tarxon asarlarida yozib qoldirgan. Ahmad Yugnakiy salohiyatli shoir va axloq muallimidir. Uning “Hibat ul-haqoyiq” (“Haqiqatlar tuhfasi”) dostoni mashhur bo‘lib, 484 misradan iborat. Asarning birinchi bobi – “Ilm manfaati va jaholatning zarari haqida”, ik­kinchi bob “Tilni tiyish va boshqa odoblar haqida”, uchinchi bob “Dunyo holatlarining o‘zgarib turishi va dunyo ahlida vafo kamligi haqida”. Asarning 4-7-boblari ham insonlarning yuksak fazilatlarini ta’riflash, nuqson­la­rini qora­lashga bag‘ishlangan. Ahmad Yugnakiy ulug‘ notiq, so‘z ustasi, shoir sifatida nutqi nihoyatda toza, ravon olim bo‘lgan.



Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling