O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti
Download 0.8 Mb.
|
Notiqlik. Lotin 12.01.2021 (6)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosat ul-axbor
- Yuqori tabaqa vakillari uchun mo‘ljallanilgan nutq ; 2. Jangovar nutq ; 3. Oddiy mehnatkashlarga aytiladigan nutq
- Yaxshi so‘zdin ko‘rgaysan mehru vafo
Kamoliddin Husayn Voiz Koshifiy
(1440-1505) Husayn Voiz Koshifiyning notiqlik san’ati va nutq madaniyatiga qo‘shgan hissasi nihoyatda katta. “Umum manfaatiga xizmat qilib, shu bilan o‘zlari yana olijanobroq bo‘lgan kishilarni tarix ulug‘ kishilar hisoblaydi”, – degan edi donishmandlardan biri. Husayn Voiz Koshifiy xuddi mana shunday ulug‘ kishilardan biridir. U umummanfaat uchun ko‘p xizmat qilgan, o‘z davrining mutafakkiri darajasiga ko‘tarilgan edi. U yaratgan qo‘llanmalar, darsliklar Markaziy Osiyodagi ko‘plab madrasalarda o‘qitilgan. Kamoliddin Husayn ibn Ali Voiz al-Koshifiy taxminan 1440-yillarda Xuroson viloyatidagi Sabzavor shahrining Bayhaqi kentida dunyoga keladi. U boshlang‘ich ma’lumotni Sabzavorda oladi. Yoshligidan voizlik-notiqlik bilan shug‘ullanadi. Natijada Sabzavorda ko‘zga ko‘ringan voiz bo‘lib taniladi. 1455-1468-yillarda Mashhadda yashab, voizlik qiladi. 1468-yilning oxirlarida esa Abdurahmon Jomiyning tavsiyasiga binoan, o‘sha davrning eng katta madaniyat markazlaridan hisoblangan Hirot shahriga keladi. Bu yerda Alisher Navoiy, Xondamir va boshqa so‘z san’atkorlari bilan tanishadi, ijod bilan mashg‘ul bo‘ladi. 1505-yilda Hirotda vafot etadi. U XV asrda mashhur yozuvchi, shoir, olim, teolog, eng asosiysi, voiz bo‘lib taniladi. Bu haqida Alisher Navoiyning shogirdi, tarixchi G‘iyosiddin Xondamir “Xulosat ul-axbor” asarida shunday yozadi: “Mavlono Kamoliddin Husayn Voiz ma’qul va maxsus ilmlarning barchasidan to‘la naflangan va bahramanddir. Hozirgi vaqtda Sharqda Xuroson diyorida ul janobga teng keladigan kishi topilmaydi... Ul janob nujum ilmida ham zo‘r mahoratga ega edi, chunonchi uning ta’birlari qazo o‘qi singari bexato bo‘lardi. Uning balog‘atoyotlik (so‘zni go‘zal ifodalash-R.M) hamda fasohatsifatlik (so‘zni bayon qilish uslubining chiroyliligi-R.M) kitoblari ko‘p va behisob bo‘lib, ularning ko‘pi oliymaqom amir Alisherning atoqli nomi bilan ziynatlangan. Amir Alisherning inoyat va iltifoti ul janobning hol sahifasiga hamma vaqt tushib turadi...”. Buyuk o‘zbek shoiri Alisher Navoiy “Majolis un nafois” asarining to‘rtinchi majlisida: “Mavlono Husayn Voiz – “Koshifiy” taxallus qilur. Sabzavorlikdur. Yigirma yilg‘a yaqin borkim, shahrdadur va mavlono zufunun va rangin va purkor voqe’ bo‘lubtur. Oz fan bo‘lg‘aykim, dahli bo‘lmag‘ay. Xususan, va’z, insho va nujumki, aning haqqidur va har qaysida mutaayyin va mashhur ishlari bor...” deb tilga oladilar. Alisher Navoiy va Xondamirning yuqoridagi yuksak baholaridan anglashiladiki, Husayn Voiz Koshifiy butun Xuroson viloyatida o‘tkir so‘zli, hozirjavob, bilimli, mashhur voiz, olim sifatida tanilgan. Husayn Voiz Koshifiy so‘z san’ati, musiqa, astronomiya, kimyo, teologiya, falsafa, axloqqa oid 200 dan ortiq asar yozib qoldirgan. Turk olimi Som Mirzoning aytishicha, u fors va turk tillarida ikkita devon ham tuzgan. Lekin hozircha bu devonlar topilgan emas. Husayn Voiz Koshifiyning barcha asarlari fors tilidadir. Shuning uchun ham uning asarlarini o‘rganish, xalqqa yetkazish sust bormoqda. Holbuki, Voiz Koshifiy asarlari arab, nemis, ingliz, hind, fin, yapon, fransuz, rus tillariga tarjima qilingan. U notiqlik san’ati nazariyasiga oid “Sahifa Shohi”, “Mahzan ul-insho” kabi qo‘llanmalar ham yozgan. Bundan tashqari, XV asrda Xuroson mamlakatlari madrasalarida darslik sifatida keng foydalanilgan “Axloqi Muhsiniy”, “Dah majlis”, “Risolati Xotamiya”, “Anvari Suxayni” kabi asarlarida ham so‘z, notiqlik san’atlariga alohida to‘xtalib o‘tadi. Bu davrda voiz-notiqlar bir mavzu bo‘yicha va’z aytganlar. Notiqlik san’ati qadimda dabirlik, xatiblik, muzakkirlik ko‘rinishlariga ega bo‘lgan. Ba’zi voizlar dabirlik – davlat ahamiyatidagi yozishmalarni o‘qib berish, yana birlari, xatiblik-juma, milliy bayram kunlari odob-axloqqa oid masalalarni sharhlash, yana ba’zilari esa muzakkirlik – tarixiy voqea-hodisalarni gapirib berish bilan shug‘ullanishgan. Nutq matni, materiali ham tinglovchilarning kasb-kori, amaliga qarab, bir necha xilga bo‘lingan: 1. Yuqori tabaqa vakillari uchun mo‘ljallanilgan nutq; 2. Jangovar nutq; 3. Oddiy mehnatkashlarga aytiladigan nutq. Husayn Voiz Koshifiy Xondamir ta’kidlagani kabi, barcha sohalar bo‘yicha va’z ayta oluvchi voiz bo‘lgan (R.Mahmudov. Husayn Voiz Koshifiy. “San’at” jurnali. 1990. 3-son. 14-15 betlar). U asosan, ilmiy-siyosiy, targ‘ib va tashviq ruhidagi hamda xatiblik sohasida ko‘proq va’z aytgan. Ya’ni: birinchidan, Husayn Voiz Koshifiy Husayn Boyqaro marhamatiga sazovor bo‘lib, davlat voizi hisoblangan. Ikkinchidan, Husayn Boyqaro Xurosonda podshohlik qilib turgan yillarda mamlakatda bo‘lib turgan norozilik qo‘zg‘olonlarini bostirishda Husayn Voiz Koshifiyning ilmiy-siyosiy, targ‘ib va tashviq, xatiblik sohasidagi nutqidan va xalq o‘rtasidagi obro‘sidan ko‘p bor foydalangan. Bundan tashqari, Voiz Koshifiy axloqshunos olim edi. U qaysi mavzuda nutq so‘zlamasin oxir-oqibatida odob-axloqqa olib kelib bog‘lardi. Voiz Koshifiy nutqini xalqqa ta’sir qila oladigan qilib, nasihatnoma, pandnomalardan va o‘zigacha yashab o‘tgan mutafakkirlar Hoqoniy, Sa’diy, Nasriddin Tusiy, Hofiz, Firdavsiy, Devoniy, Said Ali Hamadoniylarning hamda “Axloqi Jamoliy”, “Zahiratul muluk”, “Javomeul hikoyot”, “Sirojul muluk”, “Nigoriston” kabi asarlardan, xalq maqollaridan ko‘p foydalangan holda so‘zlar edi. Shuning uchun ham, uning har bir chiqishini xalq orziqish bilan kutib olardi. Husayn Voiz Koshifiyning shogirdi Zayniddin Vosifiyning “Badoe’ul vaqoe’” asarida ta’kidlashicha, ustozi “so‘z aytar bo‘lsa, maydonga ming-minglab, erkak-ayollar to‘lib ketardi” (Zayniddin Vosifiy. Badoe’ul vaqoe’. Toshkent. G‘ofur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti. 1979. 161-bet). Husayn Voiz Koshifiy oddiy xalq o‘rtasida ko‘proq odob-axloq mavzusida va’z aytgan. Odamlarni halol, pok, mehnatsevar, adolatli, odil, saxiy, mard, ma’rifatli, iymonli bo‘lishga chaqirgan. “Odob oltindan qimmat”, “Vijdoni, nomusi, diyonati bo‘lmagan kishi dunyoda bo‘lgan hamma yomonlikni qilishga tayyordir”, “Insonning axloqsizligi uning o‘zigagina emas, balki o‘zgalarga ham salbiy ta’sir qiladi”, “Adabning ma’nosi yomon so‘zdan va zabun ishdin nafsni tiymoq, ham o‘zing, ham kishining izzatin saqlamoq, obro‘yin to‘kmaslik bo‘lur” kabi purhikmat gaplari o‘sha XV asrdayoq butun Xuroson viloyatida mashhur maqollarga aylanib ketgan edi. Faqat buning o‘zi emas. U voizlikning xususiyatlariga doir mashhur “Axloqi Muhsiniy” asarining 34-farosat bayoni bobida nutqni jozibali va ta’sirli aniq va ravon qilishda ovozning baland va past bo‘lib tovlanishi haqida gapirib, shunday deydi: “Ovozning baland va yo‘g‘onligi shijoat nishonasidur, mo‘‘tadil ovoz tadbiru har ishg‘a yaxshi saranjom bermakning nishonidur, ohistaliq bilan so‘zlamak xubluq nishonidur”. Notiqning nutqi hammaga eshitarli, baland, jarangdor ovoz bilan, aniq-ravshan, ma’nodor, dona-dona, ifodali bo‘lishligi kerakligini aytadi. Notiq o‘zini qanday tutishi, qiyofasi, gapirish yo‘sini, ya’ni mimikasi, bosh va yuz, tana va qo‘l harakati rol o‘ynashini ta’kidlaydi. “Va so‘z vaqtida qo‘l tebratmak ziyraklik va tadbir nishonasi” alomati, tinglovchilarning e’tiborini jalb qilish usullaridan biri ekanligini aytib o‘tadi. Yuqorida tilga olingan “Axloqi Muhsiniy” asaridagi so‘z san’ati, notiqlik san’atiga oid ko‘plab fikrlari bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgan emas. Ayniqsa, uning notiqlikda so‘zning qadri, so‘z ishlatishdagi ta’b nozikligi to‘g‘risidagi fikrlari yanada ahamiyatlidir. “Har zabon tig‘iki haq guzorlikda kohildur ango tez-tez tig‘ zaboni birla sazo bermak kerak”, “Har vaqtiki, so‘zlar aytursizlar, yaxshi so‘zdan bo‘lakni aytmongizlar va ko‘b so‘zlamak ko‘ngulni qaro qilur, xor aylar”, “Mumkin ersa , yaxshi so‘z qil, oshkor, yaxshi so‘zdin xo‘b yo‘qdur yodgor”, “...nasihatin shirin so‘zu muloyimlik birla ibtido qilg‘ay, chunki bu zamonda yumshoqlik va xushxo‘ylik ko‘rguzmayin nasihat korga kelmas”, deb notiqlikning o‘ziga xos nozik vazifa ekanligini ko‘rsatib o‘tadi. U so‘zning qadri – ahamiyatini teran tushunadi: “Yaxshi so‘zdin ko‘rgaysan mehru vafo, Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling