O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti
Download 0.8 Mb.
|
Notiqlik. Lotin 12.01.2021 (6)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Abu Ali ibn Sino
Abu Rayhon Beruniy
(973-1048) Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy Xorazmning qadimgi poytaxti Kat shahrida tug‘ilgan. U astronomiya, fizika, matematika, geodeziya, geologiya, minerologiya, tarix, geografiya, arifmetika, tibbiyot, farmokologiya, filologiya masalalariga oid 160 dan ortiq asarlari, tarjimalari, yozishmalari meros qolgan. Uning “Astrologiyaga kirish”, “Astronomiya kaliti”, “Ko‘paytirish asoslari”, “Foydali savollar va to‘g‘ri javoblar”, “She’rlar to‘plami”, “Hindiston”, “Saydana” kabi asarlari mashhur. Beruniyning 70 ta astronomiyaga, 20 ta matematika, 4 ta kartografiya, 3 ta meterologiya, 3 ta minerologiya, 1 ta fizika, 1 ta farmokologiya, 15 ta tarix va etnografiya, 4 ta falsafa, 18 ta adabiyotga doir asarlaridan bugungi kunda ham butun dunyo olimlari foydalanmoqda. Beruniy Xorazm Ma’mun akademiyasini boshqargan. Olim 1048-yil 11-dekabrda vafot etgan. Abu Rayhon Beruniy o‘z davrining buyuk olimi va ulug‘ notig‘i, faylasufi, shoiri bo‘lgan. Notiqlik san’atiga, so‘z san’atiga oid asarlari mavjud. Bu asarlari o‘z tadqiqotchilarini kutmoqda. Abu Ali ibn Sino (980-1037) Husayn Abdulloh – Abu Ali ibn Sino Buxoro viloyatining Afshona qishlog‘ida tug‘ilgan. Olti yoshligida Afshonadan Buxoroga ko‘chib kelishgan. Buxoro o‘sha paytlarda ham ilm-fan markazlaridan biri bo‘lgan. Abu Ali ibn Sino o‘n yoshida Qur’onni yod olgan, boshlang‘ich matematika, jahon falsafasini o‘rganadi. Ayniqsa, u Aristotel, Evklid, Ptolemey, Galen, Gippokrat, Pifagor, Porfiriylar merosini puxta o‘rganadi. O‘z davrining mashhur faylasufi Abu Abdulla Notiliydan falsafani, Hasan ibn Nuh al-Kushriydan tibbiyot ilmini o‘rganib, 16-17 yoshidayoq tabib bo‘lib taniladi. Abu Ali ibn Sino inson ma’naviyatini o‘stirishda donolik roliga alohida e’tibor beradi. “Yaxshilik donolikda, donolik esa hodisalarni bilish orqali qo‘lga kiritiladi”, – deb nasihat qiladi. Abu Ali ibn Sino ma’rifatparvar, faylasuf olim bo‘lish bilan birga u shoir hamdir. Hech gap qolmadi ma’lum bo‘lmagan, Juda oz sir qoldi mavhum bo‘lmagan. Bilimim haqida chuqur o‘ylasam, Bildimki, hech narsa ma’lum bo‘lmagan. Yoki: Ey nafs, orzu-havas kishanidan ket, Bir dam himoyasi uchun shitob et. Dunyo, mansab dema, uchma ishvaga, Do‘stlardan ajrab ham yov boshiga yet. Manbalardan ma’lum bo‘lishicha Abu Ali ibn Sino 17-20 yoshlari orasida 24 jilddan iborat kitoblar yozgan, nihoyatda iqtidorli olim edi. U 24 yoshida o‘z davrining buyuk olimi Abu Rayhon Beruniy bilan dunyo hodislari, falsafa bo‘yicha bahs olib borgan. Olimning 20 jildli ”Yakun va natija”, 2 jildli “Sahovat va jinoyat”, 5 jildlik “Tib qonunlari”, “Kitob ash-shifo”, “Ishoralar va tanbehlar”, “Sharqliklar falsafasi”, “Mantiq va falsafaning ishoralari”, “Donishnoma”, “Salomon va Ibsol”, “Hayy ibn Yaqzon”, “Yusuf haqida qissa” kabi 200dan ortiq kitoblari xalqimiz ma’naviyatini o‘stirishda katta hissa qo‘shib kelmoqda. Abu Ali Husayn ibn Abdulloh ibn Sino – butun dunyoda tibbiyot ilmi yuksalishiga xizmat qildi. Uning «Tib qonunlari», «Najot kitobi» asarlari asrlar davomida Sharq, G‘arb mamlakatlarida tibbiyot qomusi sifatida tan olinib, o‘quv qo‘llanmasi vazifasini o‘tab kelgan. Abu Ali ibn Sino asarlari bizning davrimizda ham qayta nashr qilib borilishi ularning bugungi kunda ham o‘z qimmatini yo‘qotmaganligidan dalolat beradi. Abu Ali ibn Sino tabib va faylasuf sifatida mashhur bo‘lgan. Uning bu sohadagi asarlari o‘rta asrlarda lotinchaga tarjima qilingan va G‘arbiy Evropada lotinlashtirilgan “Avetsenna” nomi bilan shuhrat qozongan. Bulardan tashqari, Abu Ali ibn Sino matematika, astronomiya, kimyo, ma’danshunoslik, psixologiya, ilohiyot, falsafa, musiqa va adabiyot bilan ham shug‘ullangan va bu sohalarga bag‘ishlab asarlar ham yozgan. Abu Ali ibn Sinoning «Kitob ush-shifo» – falsafiy ensiklopediya; “Kitob un-najot” – falsafiy asar; «Donishnoma» – fors tilida yozilgan falsafiy asar; «Geometriya haqida risola»; «Arifmetikadan qisqartma»; «Kuzatish asboblari»; «Samoviy jismlar haqida risola»; «Iksir haqida risola»; «Tib qonunlari» – tibbiy ensiklopediya; «Yurak dorilari» – tibga oid; «Tibbiy urjuza» – tibga oid she’riy doston; «Zararlarni yo‘qotish...» – sog‘liqni saqlashga oid; «Salomon va Ibsol» – falsafiy qissa; «Hayt ibn Yaqzon» falsafiy qissa; «Mantiq bo‘yicha urjuza» – mantiq bo‘yicha she’riy asar; «Musiqa ilmi»; Ibn Sino bilan Beruniy yozishmalari – fizika va falsafaga oid; «Namozning mohiyati haqida risola» – fiqhga oid va boshqalar asarlari mashhur. Abu Ali ibn Sino qalamiga mansub turli mavzulardagi 50 ta asarning 60 ta qo‘lyozmasi O‘zR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida saqlanadi. Ularning orasida eng mashhur «Tib qonunlari», «Yurak dorilari», «Kitob ush-shifo»ning ayrim qismlari, Beruniy bilan yozishmalar va boshqa ilmiy ahamiyatga molik asarlar bor. Ibn Sino asarlari bilan Markaziy Osiyo xalqlari madaniyatini dunyo madaniyatining oldingi qatoriga olib chiqdi. Uni «Shayx ur-rais» ya’ni «Olimlar boshlig‘i» deb ataganlar. Uning asosiy asarlari “Shifo kitobi”, “Donishnoma”, “Tib qonunlari”, “Najot kitobi” kabilarda milliy va umuminsoniy qadriyatlar, ularning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni haqida qimmatli ma’lumotlar berilgan. Ibn Sino o‘zining axloq to‘g‘risidagi fikrlarida axloqiy fazilatlarni ulug‘ladi va axloqiy illatlarni, yomonliklarni keskin qoraladi. Xususan, u insonning kundalik amaliy ishlaridagi eng zaruriy axloqiy munosabatlarga, kamtarlik, izzat-hurmat, jasurlik, to‘g‘rilik, sofdillik kabi xulqiy qoidalarga alohida e’tibor berdi. Insonning jamoada o‘zini tutishi, oila a’zolarining o‘zaro aloqalari, jamiyatdagi turli tabaqalarning o‘zaro munosabatlari, insonning kamolotida, uning jamiyatda tutgan o‘rnida milliy qadriyatlarning o‘rni uning asarlarida alohida yoritildi. Ibn Sino sermahsul ilmiy ijodi, boy merosi bilan jahon madaniyati taraqqiyotida katta o‘rin tutdi. U Markaziy Osiyo, Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlaridagi madaniy uyg‘onishning ma’naviy yutuqlarini mujassamlashtira oldi, bu bilan butun Sharq va Evropadagi ma’rifat, madaniyat taraqqiyotiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Abu Ali ibn Sino 450 dan ortiq asar yozgan, bizgacha 160 dan ortiq asarlari yetib kelgan. “Kitob ush-shifo” (22 jilddan iborat bo‘lib, mantiq, fizika, matematika, metafizikaga oid), “Kitob ul-insof”, “Kitob un-najot”, “Kitob lison ul-arab”, “Donishnoma”, “Hayy ibn Yaqzon”, “Tayr qissasi”, “Salomon va Ibsol”, “Tib qonunlari”, “Aqliy bilimlar tasnifi” kabi kitoblari mashhur. Yevropada Abu Ali ibn Sino – Avitsenna nomi bilan mashhur. U 1037-yil 18-iyunda Isfahon shahrida 57 yoshida vafot etgan. Abu Ali ibn Sino qomusiy olim bo‘lganligi uchun, o‘z davridagi mavjud barcha fanlar bilan, shular qatori, notiqlik san’ati bilan ham shug‘ullangan. Qo‘llanmalar, darsliklar yaratgan. Shoir bo‘lgan, so‘z qadrini, kuchini yaxshi bilgan mutafakkirdir. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling