O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti


Download 0.8 Mb.
bet20/59
Sana28.10.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1732133
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   59
Bog'liq
Notiqlik. Lotin 12.01.2021 (6)

Nomunosib qo‘ldin etgay jafo.
Fahsh so‘zdin tilni xomush aylagil,
Balki ko‘nglungdin faromush aylagil.
Har so‘zikim sodir bo‘lsa bemahal,
Etgay andin obro‘yinga halal”.

Husayn Voiz Koshifiyning notiqlik san’ati tarixida o‘ziga xos o‘rni bor. Ammo yuqorida ta’kidlaganimizday, uning asarlari faqat fors tilidadir. Faqat filologiya fanlari nomzodi O.Usmonova “Axloqi Muhsiniy” asarini rus tiliga tarjima qildi, u kitob holida hali e’lon qi­lingani yo‘q.


Mutafakkirning yigirma bir fanga oid ikki yuzdan ortiq asarlar yozganligi ma’lum (R.Mahmudov. Degonimni ulusqa marg‘ub et... Toshkent. “O‘zbekiston”. 1992. R.Mahmudov. Husayn Voiz Koshifiyning axloqiy-falsafiy qarashlari. Toshkent. “MUMTOZ SO‘Z”. 2015.). Husayn Voiz Koshifiyning “Axloqi Muhsiniy”, “Futuvvatnomai sulto­niy” asarlari yaqin vaqt ichida uch marta nashr etilgan­ligidan ham ma’lumki, olim asarlarining ma’naviy-ma’rifiy, pedagogik ahamiyati beqiyosdir. “Axloqi Muhsiniy” asari 40 bobdan iborat bo‘lib, o‘n sakkizinchi bobi “Chiroyli xulq va muloyimlik bayonida”, o‘ttiz sak­ki­zinchi bobi “Yaxshilar bilan suhbat qurish bayoni”da, o‘ttiz to‘rtinchi bobi “Farosat bayonida” deb nomlangan. Asar axloq, nafosat, falsafa, adabiyotshunoslik va so‘z san’ati masalalariga bag‘ishlangan. Manbalardan ma’lumki, Kamoliddin Husayn Voiz Koshifiy yosh­ligidan, ya’ni o‘smirligidan Sabzavorda, keyinchalik, Hirotda voizlik qilib, Husayn Boyqaroning nomidan gapiradigan davlat Voizi darajasiga ko‘tarilgan. Chunki Kamoliddin Husayn Voiz Koshifiy Qur’oni Karimni yoddan bilgan. Hatto unga sharh yozib, “Tafsiri Husayni” nomi bilan mashhur bo‘lib bir necha bor nashr etilgan.
XV asrda butun Markaziy Osiyoda Husayn Voiz Koshifiyning voizlik, suxandonlikka bag‘ishlangan “Dah majlis”, “Maxzan ul-insho” (“Sahifai shohi”), “Insho”, “Axloqi Muhsiniy”, “Futuvvat­nomai sultoniy” asarlari mashhur bo‘lgan. Afsuski, hozirgacha mutafakkirning fors tilida yozilgan va notiqlik san’atiga bag‘ish­langan “Dah majlis”, “Maxzan ul-insho”, “Insho” asarlari o‘zbek tiliga tarjima qilinmagan. “Notiqlik san’ati va nutq mada­niyati” faniga katta hissa qo‘shgan olim sifatida XV asrda butun Movarounnahrda mashhur bo‘lgan, asarlari butun Xuroson mad­rasalarida darslik sifatida foydalanilgan. “Axloqi Muhsiniy” asarida Husayn Voiz Koshifiy yozadi: “Farosat Haq (pok va oliy)ning mo‘min bandaga bergan nuridir”. “Qo‘rqinchlar mo‘‘min farosatidan, u Xudo nuri bilan qarab, har narsaning zamiriga eta oladi”. Mutafak­kirning bu fikrlari notiqlik san’ati va nutq madaniya­tiga ham tegishlidir. Demak, notiq farosatli bo‘­lishi, tinglovchilar aytilayotgan fikrlarni tushungan yoki tu­shun­mayotganligini farosati yordamida tahlil qila olishi zarurligini ta’kidlamoqda.
Husayn Voiz Koshifiy “Axloqi Muhsiniy” asarining “Yax­shilar bilan suhbat qurish bayonida” nomli 34-bobida suhbat­dosh va uning vazifalari, burchlari, voizlikning mohiyati haqida gapiradi. “Podshohlar suhbatiga munosib kishilardan biri diniy masalalarda olimdirki, omilu odil va e’tiqodda qat’iy bo‘lgay, ... yaxshi nasihatchi va beg‘araz voizki, oxirat ishlarini eslatib turadi va dunyo ishlari yuzasidan ham nasihat qiladi, fasih so‘zlar bilan podshohni yomon ish va so‘z, noshoyista fe’ldan qaytara­di...”, – deydi. Demak, suhbatdoshning bilimi, so‘zi, fikri, beg‘araz voizligining ahamiyati benihoyat kattadir.
Mutafakkirning “Futuvvatnomayi sultoniy yohud Javonmard­­lik tariqati” asari yetti bob, jami 58 fasldan iboratdir. Asarning beshinchi bob, 6-fasli “Suhbat odobi haqida”dir. Husayn Voiz Koshifiy shunday yozadi: “Bilgil­ki, odamzodning sharafi nutqi bilan va nutq odobiga rioya qilmagan odam bu sharafdan bebahradir. So‘z hamma vaqt savob uchun ishlatilishi, to‘g‘ri va haqqoniy bo‘lishi kerak”. “Agar martabaga erishganlar suhbatda qaysi qoidalarga amal qilishi kerak, deb so‘rasalar, aytgil qu­yidagi sakkiz qoidani saqlashlari kerak: Birinchidan, har kimni ahvo­liga qarab, munosib so‘z aytsin. Ikkinchidan, dag‘allik qilmasdan, lutf va muloyimlik bilan gapirsin. Uchinchi­dan, gapirayotganda tabassum qilib, ochilib gapirsin. To‘rtinchidan, ovozini baland ko‘tarmasin, eshituvchilarga malol keltirmaydi­gan qilib gapirsin. Beshinchidan, odam­larga nafi tegadigan ma’noli gaplarni gapirsin. Oltinchidan, agar so‘zning qimmati-qadri bo‘lmasa, uni tilga olmasin, chunki ulug‘larning so‘zi bamisoli urug‘dir, agar urug‘ puch yoki chirigan bo‘lsa, uni qayerga ekmang, unib chiqmaydi”. “Agar martabaga yetmagan­larning suhbat odobi nechta?” deb so‘rasalar, bu ham sakkizta deb aytgil. Birin­chidan, so‘ramagunlaricha gapirmasin. Ikkin­chidan, gapi­rayot­ganda ovozini baland ko‘tarmasin. Uchinchi­dan, gapi­rayot­ganda o‘ngu so‘lga qaramasin... Beshinchidan, qattiq gapirmasin va betgachoparlik qilmasin. Oltinchidan, pu­shaymon bo‘lmaslik uchun o‘ylab gapirsin. Yettinchidan, odam­lar gapini bo‘lib, so‘z kiritmasin. Sakkizinchidan, ko‘p gapir­masin. Chunki ko‘p gapirish aqli noqislik belgi­sidir. Oz bo‘lsa ham, ammo soz gapirishni shior etsin”, deb nasihat qiladi. Mu­tafakkir axloqshunos olim bo‘lganligi uchun notiqlik san’ati va nutq madaniyatining mohiyatini odob-axloq tashkil qiladi, deb fikr yuritadi.



Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling