O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti


Download 0.8 Mb.
bet28/59
Sana28.10.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1732133
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   59
Bog'liq
Notiqlik. Lotin 12.01.2021 (6)

Sharhlovchilar – sport musobaqalarini, futbolning, boks­ning va boshqa voqea-hodisalarning, qanday bo‘layotga­nini tushuntirib beruvchilar. Bunday kishilar o‘ta so‘za­mol bo‘lishi zarur. Nutqda xatoliklar bo‘lmasligi kerak. Yuz berayotgan voqea-hodisalarni batafsil, ishonarli, maz­munli, ma’noli gapira olish salohiyatiga ega bo‘lishlari zarur.
Notiqlik san’ati va nutq madaniyatida uchraydigan nuqsonlar
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Oliy Majlis minbaridan turib: “O‘z fikrini mutlaqo musta­qil, ona tilida ravon, go‘zal va lo‘nda ifoda eta olmay­digan mutaxassisni, avvalambor, rahbar kursisiga o‘tir­ganlarni tushunish ham, oqlash ham qiyin”, degan edi. Af­suski, bugun jadal sur’atlarda, barcha sohalarda islohot­lar amalga oshirilayotgan paytda rahbarlar ichida hamon eskicha, kimdir yozib bergan matnni birinchi marta ko‘rayot­ganday keng xalq ommasi o‘rtasida tutilib-tutilib, ko‘z uzmay o‘qib berayotganlari ham yo‘q emas. Ikki og‘iz gapni og‘zaki gapirib berolmaydigan rahbarlarning xalq o‘rta­sida obro‘si bo‘lmaydi. Rahbarning nimani, qayerda o‘qiyot­ga­nini tushunmasligi tinglovchilar g‘ashini keltiradi va hurmatsizlik belgisi, deb qabul qilinadi. Rahbar notiq­ligi to‘g‘­risida keyingi mavzularda alohida to‘xtalamiz.
Notiqlarda uchraydigan ayrim nuqsonlar quyida­gilar:

  1. Demak, rahbarlar kim, qaysi lavozimda ishlashidan qat’iy nazar notiqlik san’atini puxta egallagan bo‘lishi zarur. Yig‘ilish­larda ma’ruza matnini o‘qib bermasligi kerak, lekin tezisdan foydalanishi mumkin.

  2. Diktorlar – nima haqida, nimani gapirayotgan­liklarini, o‘qib berayotgan matn mazmunini tushunib, ohangini o‘zgar­tirib, mazmunga moslashtirib so‘zlashlari zurur.

  3. Ayrim suxandonlar tez gapiradilar, natijada tinglovchiga aytilayotgan fikrlar yetib bormaydi.

  4. Ba’zilar so‘zlarning oxirini yamlab gapiradilar fikrlarini oxiriga yetkazmaydilar.

  5. Ba’zi notiqlarda fikrlar tarqoqligi sababli nima deyilmoq­chi ekanligi aniq bo‘lmay qoladi.

  6. Rahbarlarda qaytariq fikrlar ko‘p uchraydi, nati­jada uning jamoa o‘rtasidagi obro‘-e’tibori pasayadi yoki asta-sekin yo‘qoladi.

  7. “Navbahor” jamoasi mag‘lubiyatni qabul qilib oldi”, deydi sport sharhlovchisi. Noto‘g‘ri gap. Hech qachon, hech qaysi bir jamoa mag‘lubiyatga uchrashi uchun maydonga tush­maydi. Mag‘lubiyat qabul qilib olinmaydi. Ilojsiz mag‘­lubiyatga uchra­ladi. Bu sport sharhlovchisining so‘zlarni o‘z o‘rnida qo‘llay olmasligidan yoki ruscha fikrlab, o‘zbekchada gapirishga hara­kat qilayotganidan darak beradi.

  8. Ko‘rsatuv boshlovchisi “buyuk xonanda”, “buyuk raq­qosa” so‘zlarini bir necha marta qo‘lladi. (2020-yil 2-mart). “Buyuk” so‘zi favqulodda aql-idrok sohibi, o‘tkir zehnli, kash­fiyotlar yaratuvchi insonga nisbatan ishlati­ladi. Xonanda, raq­qosa iqtidorli, iste’dodli bo‘lishi mumkin, xolos, lekin buyuk bo‘lmaydi. “Buyuk” so‘zining mazmun-mohiyatini bilmaslik oqi­batida diktor, o‘zi xoh­lamagan holda, savodsiz ekanligini ko‘r­satmoqda.

Afsuski, bunday nuqsonlar ustozlar va boshqa kasb sohib­larida ham ko‘plab uchrab turadi.
“Notiqlik san’ati va nutq madaniyati kishining go‘zalligi libosida emas, balki tilida” (Aristotel) ekan­ligini, “Ko‘p ortiqcha so‘zlashuv eshituvchini ranji­tishini” (Az-Zamaxshariy), “O‘rgata olish qobiliyatining borligi – bilimdonlikning belgisi” (Aristotel)­­li­gini, “Xushmuomalalik – birinchi va eng yoqimli fazilat” (Jon Lokk) ekanligini ko‘rsatadi. Har bir inson notiq­lik san’ati va nutq madaniyatini yaxshi o‘zlashtirishi, gapira olishi, ayniqsa, kamera, mikrofon oldida fikrini tutilmay, chiroyli ba­yon qila olishi ham san’at hisob­lanadi.

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling