O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti


Download 0.8 Mb.
bet25/59
Sana28.10.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1732133
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   59
Bog'liq
Notiqlik. Lotin 12.01.2021 (6)

So‘zlashuv nutqi og‘zaki nutqning bir ko‘rinishi bo‘lib, eng keng, ko‘p tarqalgan nutq turiga kiradi. Har bir inson tevarak-atrofidagilar bilan muomala qiladi, ya’ni so‘zlashadi. So‘zlashuv nutqi orqali bir-biriga o‘z fikr-mulohazasini yetkazadi, fikr almashadi, bilimi, dunyoqarashi o‘sadi. So‘zlashuv nutqida ham notiq notiqlik qoidalarini bilishi va unga rioya qilishi kerak. Demak, nutq madaniyati doirasida og‘zaki va yozma nutqqa quyi­roqda alohida e’tibor qaratiladi.
Notiqlik san’atining quyidagi turlari mavjud:
1. Ijtimoiy-siyosiy notiqlik.
2. Professional notiqlik.
3. Huquq-tartibot notiqligi.
4. Ma’naviy-ma’rifiy notiqlik.
5. Diniy notiqlik.

  1. Ijtimoiy-siyosiy notiqlik o‘z navbatida mazmu­niga, maqsadiga ko‘ra, quyidagi turlarga bo‘linadi:

  • Ijtimoiy-siyosiy mavzuda o‘tkaziladigan yig‘ilish­larda, sessiyalarda, plenumlarda, hisobot yig‘ilishlardagi notiqlik.

  • Iqtisodiy mavzulardagi bank, tuman, klaster, vi­loyatlarning yoki tashkilotlarning kvartal, yarim yil­lik, bir yillik yig‘i­lishla­ridagi notiqlik.

  • Siyosiy-diplomatik notiqlikka boshqa davlatlarning elchi­la­ri, ishbilarmonlari, vakillari ishtirokidagi yi­g‘in­lardagi notiq­lik.

  • Vatanparvarlik ruhidagi notiqlik.

  • Turli mitinglardagi notiqlik.

  • Ilmiy-ommabop notiqlik.

  • Ma’naviy-ma’rifiy mavzulardagi notiqlik.

  • Ommaviy axborot vositalari vakillari notiqligi.

  • Siyosiy, iqtisodiy, xalqaro ahvol bo‘yicha, sport sharh­lov­chilari notiqligi.

  1. Professional notiqlik:

  • Ta’lim muassalaridagi notiqlik, o‘qituvchi, pedagog notiq­ligi.

  • Ilmiy notiqlik.

  • Vazirlar, hokimlar, barcha tashkilotlar rahbarlari notiqligi.

  • Turli uchrashuvlardagi, yig‘ilishlardagi notiqlik.

  1. Huquq-tartibot sohasidagi notiqlik.

  • Talaba-yoshlarning huquqiy savodxonligini, huquqiy ma­da­­niyatini o‘stirishga oid notiqlik.

  • Jinoyatchilikka qarshi kurash mavzusidagi notiqlik. (sud notiqligi)

  • Oqlovchi, qoralovchi, advokat notiqligi, jamoatchi-oqlovchilar notiqligi.

  • O‘z-o‘zini himoya qilish notiqligi.

  1. Ma’naviy-ma’rifiy notiqlik.

  • Rahbarlarning, mahalla maslahatchilarining keng xalq om­masini ma’naviyatga, ma’rifatga chorlashga qaratilgan notiqlik.

  • Targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib boruvchilar no­tiq­ligi.

  • Maqtov ruhidagi notiqlik.

  • Motam mitinglaridagi notiqlik.

  1. Diniy notiqlik.

  • Madrasalarda, diniy maktablarda o‘qiladigan ma’­ruzalar.

  • Juma kunlari machitlarda odob-axloq, pand-nasihat ruhi­dagi madaniyat, xalqaro ahvol bo‘yicha o‘qiladigan ma’­ruzalar.

  • Turli marakalarda (aqiqalarda, ashur oshida)gi ma’ru­zalar.

  • Yoshlarni nikohlayotgan vaqtlarida er-xotinning burch­lari, vazifalari haqidagi ma’ruzalar kabilar.

Notiqlik san’ati va nutq madaniyatining ko‘rinish­lari yuqo­ridagilardek bo‘lishi, davr taqozosiga, zamon talabiga ko‘ra yanada kengayishi mumkin. Har bir til­shunos, faylasuf, san’at­shunos olimlar notiqlik san’ati va nutq madaniyatini, umuman olganda, o‘zicha tushunadi va sharhlaydi. Bizningcha, yuqorida keltirilgan notiqlik san’ati umumiydir. “San’at – bu millat libosidir. San’at­ning vazifasi tabiatdan nusxa ko‘chirishda emas, uni ifodalashda”, degan edi fransuz yozuvchisi Onore de Balzak.
Yunonistonda yashab o‘tgan ulug‘ notiqlar Aristotel, Gomer, Perikl, Lisiy, Demosfen, Sitseronlar asarlarida asosan huquq-tartibot sohasidagi oqlovchi, qoralovchi, himoyachi, advokat notiqligi haqida fikr yuritganlar.
Aristotel miloddan avvalgi 335-yilda yozgan notiq­lik san’ati nazariyasiga oid “Ritorika” asarida: 1) nutq xizmat qilishi lozim bo‘lgan tamoyillar tahlili; 2) notiq uchun zarur bo‘lgan shaxsiy xususiyat va qobiliyat haqida; 3) notiq nutqida qo‘llaniladigan nutq texnikasi, nutq usullarini ko‘rsatib bergan.
Rim notiqlik san’ati yunon notiqlik san’atining davomi sifatida yuzaga kelgan. Rim notiqlik san’atida ham yunon notiqlik san’atida bo‘lgani kabi: a) sud no­tiqligi – oqlovchi va qoralovchi; b) siyosiy notiqlik; v) maqtov notiqligiga bo‘lingan. Mamlakatda yuz bergan notinchlik harbiy notiqlikning kucha­yishiga sabab bo‘l­gan. Rim notiqlaridan eng mashhurlari milod­dan avvalgi III-II asrlarda yashab o‘tgan davlat arboblari Mark Partius Kato, aka-uka Tiberiy va Kay Grakx, Mark Antoniy, Mark Fabiy Kvintilianlardir. Mark Tulliy Sitseron notiq­lik nazariyasini yaratib, o‘zi amalda sinovdan o‘tkazgan olim hisoblanadi. Uning notiqlik san’ati nazariyasiga qo‘shgan hissasi: a) notiqning o‘ziga ishonchi mustahkam bo‘lishi kerak. Buning uchun esa, notiq o‘z nutqida olg‘a suriladigan fikrga to‘la ishonch hosil qilishi lozim; b) nutq to‘liq isbotli dalillarga ega bo‘lishi kerak; v) nutqqa tayyorlanish jarayonida ko‘p, boy mate­rialga ega bo‘lishi kerak, g) notiq nutqida materialni to‘g‘ri joylashtirish-ekspozitsiyaga alohida e’tibor berish lozim; d) har qanday sohada ham nutqning muvaffa­qiyatini bilish hal qiladi.
Hozirgacha ham Sitseronning “Notiq”, “Brut”, “Notiqlik haqida” 1-2-3-kitoblari notiqlik san’atini o‘rganishda asosiy man­ba rolini o‘ynamoqda.
Xulosa qilib aytganda, nutq so‘zlash gapirish qobi­liyati ma’nosini anglatsa, notiqlik – gapiruvchi, nutq irod qiluvchi ritorikaning asosiy kategoriyasi bo‘lib, nutq so‘zlovchining o‘z fikrini lo‘nda, chiroyli aniq va jarangli ifodalash san’atdir. Nutq madaniyati esa, nutq odobi, nutqning adabiy til me’yor-mezonlariga asos­lan­gan holda namoyon bo‘lishidir. Notiq­lik – nafaqat chiroyli so‘zlarni topish, so‘zlay olish, balki fikr orqali maqsadni anglatish, ta’sirli so‘z topish va undan unumli foydalanish hamdir. Notiqlikning “as­kiyachi”, “badiha­go‘y”, “voizlik”, “maddoh”, “suxandon”, “diktor”, “qissaxon”, “qiroatxon” kabi og‘zaki nutqdagi ko‘rinishlari ham mavjud: Yozma nutqda esa dabirlik, kotiblik, munshiylik kabi shakllari mavjudligi olim­lar tomonidan ta’kidlangan.

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling