O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti
Download 0.8 Mb.
|
Notiqlik. Lotin 12.01.2021 (6)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Suhbatlar ikki xil bo‘ladi
Og‘zaki nutq shakllari:
Og‘zaki nutqning birinchi shakli ma’ruza hisoblanadi. Notiq nutqini yozma ravishda tayyorlaydi, lekin faqat og‘zaki gapiradi. Notiq qayerda, kimlarga, qancha, qanday gapirishni bilishi lozim. Og‘zaki nutqda ovoz asosiy rol o‘ynaydi. Ma’ruzada, ya’ni to‘plagan materialni tinglovchilarga yetkazib berishda ijroning ahamiyati katta. Ijrosiz eng yaxshi notiq ham hech narsaga arzimaydi. Demosfendan “Suxandonlikda eng muhim narsa nima?”, – deb so‘ralganda: “Birinchidan – ijro, ikkinchidan – ijro, uchinchidan – ijro”, deb javob bergan ekan. Ma’ruzada ijro, ya’ni fikrlarni, g‘oyalarni tinglovchiga yetkazib berish yoqimli ovoz yordamida amalga oshiriladi. Og‘zaki nutqning ikkinchi shakli bu - suhbat. “Har qanday nutq mazmun va so‘zlardan iborat bo‘ladi va har qanday nutqda so‘zlar mazmunsiz o‘z zaminidan ayriladi, mazmun esa so‘zsiz aniqlik, ravshanlikdan ayriladi”. Demak, suhbat deganda, ikki kishi o‘rtasidagi yoki bir necha kishilarning o‘zaro fikr almashinuvi, tushuniladi. Har bir aqlli inson har qanday suhbatga tayyor turishi lozim. Suhbatning o‘z qonun-qoidalari bor. Yoshi ulug‘ inson gapirayotganida, gapi tugamaguncha, yoshlar uning gapini bo‘lmasliklari kerak. Suhbatlashganda har bir so‘ziga, gapiga, fikriga juda ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishi, suhbatdoshi hurmatini saqlashi, munosabat bildirganda ham odob-axloq qoidalariga rioya qilishi talab etiladi. Imkoni boricha suhbatdoshlar bir-birida yaxshi taassurot qoldirishga harakat qilishlari zarur. Suhbatlar ikki xil bo‘ladi. Maxsus tayyorgarlik ko‘rilgan suhbatlar yoki tayyorgarliksiz, yo‘l-yo‘lakay suhbatlar. Televideniye, radio, gazeta-jurnallar uchun savollar tayyorlanib, suhbatdoshiga tayyorlanishi uchun avvaldan berib qo‘yib o‘tkaziladigan suhbatlar, asosan, biron-bir dolzarb mavzuda uyushtiriladi. Suhbatning ikkinchi turi, poezdda, avtobusda, to‘ylarda, maraklarda, yig‘ilishlarda tasodifiy yonma-yon o‘tirib qolish orqali vujudga keladigan suhbatlar bo‘ladi. Suhbat qayerda, qachon, qanday jinslar o‘rtasida bo‘lishidan qat’iy nazar, suhbatdoshlar bir-birini hurmat qilib, oldinma-keyin gapirishga odatlanishi zarur. Og‘zaki nutqning o‘ziga xos tomoni shundaki, nutq jonli so‘zlashuv tili shaklida amalga oshiriladi, shuning uchun ham jumlalar juda qisqa va sodda bo‘lishi talab etiladi. Og‘zaki nutqning yana bir shakli – bu muhokamadir. Muhokama deganda, odatda “O‘zbekiston-24”, “Mahalla”, “Diyor yangiliklari”, “O‘zbekiston”, “Madaniyat va ma’rifat”, “Sport” telekanallarida uyushtirilayotgan “Munozara”lar, “Xalqaro press klub” tomonidan tashkil qilinayotgan bahslar oldindan tanlangan, aniq bir dolzarb mavzuda 30-40 nafar, sohaga aloqador yetuk mutaxassislar ishtirokida o‘tkazilgan davra-suhbati tushuniladi. Afsuski, munozarada, aksariyat hollarda, notiqlar, suhbatdoshlar bir-birlarining gaplarini eshitmay, to‘xtovsiz gapirish, munosabat bildirishga shoshilish, yangi fikr aytishga intilish, bir-birlariga navbat bermay gapirish yoki uzoqdan-uzoq so‘zlash kabi kamchiliklar ko‘zga tashlanmoqda. Bu ko‘rsatuvlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatilayotganligi sababli bu kamchiliklarni to‘g‘rilash imkoni bo‘lmaydi. O‘quv yurtlarida, maktablarda, litseylarda, kollejlarda, institut va universitetlarda og‘zaki nutqning ma’ruza shakli keng tarqalgan. Ma’ruza o‘qituvchi tomonidan 15, 25, 35, 45, 60 daqiqalik bo‘lishi mumkin. Notiq har bir ma’ruzasiga nihoyatda puxta tayyorgarlik ko‘rishi, tinglovchilarga u o‘quvchimi, talabami, ularga yangi fikr, yangi gap, yangilik aytishi zarur. Notiq tinglovchilarning yosh xususiyatiga diqqat qilishi kerak. Og‘zaki nutqning shakllariga kitobiy nutq, adabiy nutq, tanqidiy nutq, qutlov nutqi, tashviqiy nutq, xabar nutqi, ma’lumot berish nutqi kabi shakllarini ham kiritish mumkin. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling