Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi Guliston davlat universiteti


Download 1.09 Mb.
bet48/72
Sana20.11.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1788259
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   72
Bog'liq
2- mavzu (1)

2.Ta’lim modellari
Ta’lim modeli — ta’lim jarayoni tuzilmasidir. Ta’lim modellari ikki toʻrga ajratiladi:
- an’anaviy ta’lim modeli;
- noan’anaviy ta’lim modeli.
Noan’anaviy ta’lim modelini oʻz navbatida quyidagi uch qismga ajratish mumkin:
- hamkorlikda oʻrganish;
- modellashtirish;
- tadqiqot
Tadqiqotlar natijasi shuni koʻrsatadiki, an’anaviy dars oʻtish ta’limning samarali modellaridan biri boʻlib qolmoqda.
An’anaviy dars - muayyan muddatga moʻljallangan, ta’lim jarayoni koʻproq oʻqituvchi shaxsiga qaratilgan, mavzuga kirish, yoritish, mustahkamlash va yakunlash bosqichlaridan iborat ta’lim modelidir.
Oʻquv materiali yangi va ancha murakkab boʻlganda, an’anaviy dars koʻp hollarda ta’lim jarayonining birdan-bir metodi boʻlib qolmoqda.
Ma’lumki, an’anaviy darsda ta’lim jarayonining markazida oʻqituvchi turadi. Shu bois, ba’zida an’anaviy darsning markazida oʻqituvchi toʻrgan oʻqitish usuli deb ham atashadi.
An’anaviy dars oʻtish modelida koʻproq ma’ruza, savol-javob, amaliy mashq kabi metodlardan foydalaniladi. Shu sabab, bu hollarda an’anaviy dars samaradorligi ancha past boʻlib, oʻquvchilar ta’lim jarayonining passiv ishtirokchilariga aylanib holadilar. An’anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda, unga turli-tuman oʻquvchilar faoliyatini faollashtiradigan metodlar bilan boyitish oʻquvchilarning oʻzlashtirish darajasini koʻtarilishiga olib keladi.
Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi, oʻqituvchi tomonidan oʻquvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta’lim jarayonida faolligi muttasil ragʻbatlantirilib turilishi, oʻquv materialini kichik-kichik boʻlaklarga boʻlib, ularning mazmunini ochishda bahs, munozara, aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, tadqiqot, rolli oʻyinlar metodlarini qoʻllash, turli-tuman qiziqtiruvchi misollarning keltirilishi, oʻquvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash, turli baholash usullaridan foydalanish, ta’lim vositalaridan joyida va vaqtida foydalanish talab etiladi.
Bu modellar asosan oʻquvchi shaxsiga qaratilgan boʻlib, ularni boshqacha qilib markazda oʻquvchi toʻrgan ta’lim modellari deb h am atashadi.
An’anaviy ta’lim modeli — oʻquvchilarning oʻzlashtirish, tushunib etish, bilimini mustahkamlash boʻyicha oʻzlashtirish faoliyatini ta’minlaydigan, tayyor holatda oʻquvchilarga bayon qilingan oʻqitish va bilim olish modelidir. An’anaviy ta’lim modeli metodlari dars jarayonida qoʻllanganda ta’lim jarayoni markazida oʻqituvchi turadi. An’anaviy ta’lim modeliga ma’ruza, namoyish, videousul, toʻrt pogʻonali usul, laboratoriya ishlari, amaliy mashqlar kabi metodlar kiradi.

Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling