Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi Guliston davlat universiteti


Download 1.09 Mb.
bet51/72
Sana20.11.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1788259
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   72
Bog'liq
2- mavzu (1)

Ilmiylik printsipi matematika oʻqitish mazmunining ilmiy boʻlishi, matematikaning hozirgi ahvoli va uning rivojlanishini ob’ektiv aks ettirishni ifodalaydi. Mohiyati oʻqitish mazmuni va oʻqitish usullari hozirgi paytdagi matematika fani saviyasi va talablariga mos kelishini ta’minlashdan iborat. Masalan, matematik tushuncha va xukmlarni ifodalashda ilmiy ravishda toʻgʻri yondashish ham bunga kiradi. Bundan tashqari, har bir matematik hukmga tanqidiy qarab, u asoslangan boʻlsa ham isbot deb qaramaslik, ta’rif va teoremalarni bir-biridan ajrata olish kabi uslubiy jihatlarga e’tibor berish talab etiladi. Masalan, birorta tenglamaning qaysi toʻplamda oʻrinli ekanligini aniqlashda haqiqiy sonlar toʻplamidan ham kengroq toʻplam kompleks sonlar toʻplami ham mavjudligini ta’kidlab oʻtish mumkin. Yoki nolinchi daraja, logarifm ta’riflarini tenglik koʻrinishda yozilishi ta’rif ekanligi va ular isbotlanmasligi aytib oʻtish mumkin. Koʻpincha masalalar echimlarini tavsiflashda ularning real amaliy hayotga mos kelish yoki kelmasligini tekshirish ham matematika qoʻllanilishi mohiyatini tushunishga imkon beradi.
2. Tarbiyaviylik printsipi oʻquvchilarga fanga boʻlgan qiziqishni uygʻotish, yangi bilimlarni oʻzlashtirishga harakatini, ularni egallash va mustaqil kengaytira olishga oʻrgatishni oʻz ichiga oladi, shu bilan birga ularda tafakkurni shakllantirish, matematik tushuncha va tasavvurlar bilan boyitish, xotira va diqqatni rivojlantirish, ijodiy tafakkurni tarbiyalash kabi ishlarni amalga oshirishni talab etadi.
Bu printsip oʻqitishda oʻquvchida ziyraklik, topqirlik, aqllilik xislatlari bilan birga iroda, chidam, qoʻyilgan maqsadga erishishda sabot, puxtalik va aniqlik, shuningdek vatanga muhabbat kabi hamda rostguylik, mehnatsevarlik kabi insoniy fazilatlarni tarbiyalash ham matematika darslarida amalga oshirilish imkoniyatlari mavjudligini ifodalaydi.
3. Koʻrgazmalilik printsipi matematika oʻqitishning eng muhim printsiplaridan biri boʻlib, u oʻquvchilarning chuqur va puxta bilim olishlari uchun asosiy sharoitlarni ta’minlashga xizmat qiladi. Koʻrgazmalilik matematika oʻqitishda quyi sinflarda keng qoʻllanilishi bilan birga ayniksa geometriya oʻqitishda keng foydalaniladi. Bu printsipni chex pedagogi Ya.A.Komenskiy asoslagan, rus pedagogi K.D.Ushinskiy esa koʻrgazmalilik bolalar ruhiy xususiyatlariga javob beradi deb hisoblagan. U oʻquvchilar tasavvurlar doirasini kengaytiradi, ta’limda konkretlilik, qiziquvchanlik va fikrlashni rivojlantiradi.

Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling