Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi Guliston davlat universiteti


Download 1.09 Mb.
bet53/72
Sana20.11.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1788259
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   72
Bog'liq
2- mavzu (1)

Ilmiylik printsipi. Maktab matematika kursida hozirgi zamon matematikasi asosiy gʻoyalari oʻz aksini topishi kerak.
Funktsional bogʻlanish gʻoyasi butun kurs mazmunini qamrab olgan.5-6-sinflarda funktsional propedevtika amalga oshirilsa, geometriya oʻqitishda geometrik almashtirishlar gʻoyasi oʻz oʻrnini topishi zarur. Algebra va geometriya kurslari orasidagi bogʻlanishlar uzviy amalga oshirilishi lozim.
Maktab matematika kursining mos ilmiy kurslarga tenglashtirilishi lozim emas, lekin tushunchalar, ta’riflar, teorema va aksiomalarni bayon qilish ilmiy nuqtai nazardan mukammal boʻlishi lozim. Afsuski, ba’zida aksioma - ravshanligi isbotsiz qabul qilinadigan mulohazaga aytiladi deb xato qilinadi.Biror sonlar toʻplamidagi amallar qonuniyatlari boshqa sonlar toʻplamiga mexanik ravishda koʻchirilishi mumkin emas.
Ilmiylik printsipini amalga oshirish bayon qilishning mantiqiy tomoniga katta talab qoʻyadi. Bularning bir qismi onglilik printsipida ifodalangan.Oʻquvchilarga tushuncha belgilarini ularning ta’riflaridan ajrata olishlariga oʻrgatish lozim.
Oʻquvchilar teoremaning sharti va xulosasini aniqlashlari, teskari va qarama-qarshi teoremalarni tuza olishlari lozim.Ularda teorema isbotida boʻladigan har bir tasdiqni isbotlashga ehtiyojni shakllantirish zarur. Shuningdek, bu tasdiqlarni belgilar yordamida yoza olishiga erishish talab etiladi.
Maktab amaliyotida shunday hollar boʻladiki, isbotda isbotlanayotgan qoidadan kelib chiqadigan mulohazalardan foydalaniladi.Bunday xatolar ustida ishlash oʻquvchilarda mulohazalar mantiqiy qat’iyligiga talabchan yondashishlarini tarbiyalaydi.
Agar oʻquvchi uchun isbot tushunarsiz boʻlsa, tasdiqni isbotsiz bayon qilish lozim. Maktabda arifmetika va algebra teoremalarini isbotlashga talabning pasayishi kuzatilmoqda.Konkret misollardan foydalanib toʻgʻri oʻtkazilgan mulohaza umumiy xarakterga ega, lekin bu misollar xususiy xossalarga asoslanishi zarur.
Materialni bayon qilish va oʻzlashtirishning sistemalilik printsipi.Sistemalilik printsipi matematikaning ma’lum mantiqiy ketma-ketlikda bayon etilishga imkon beradi.Biror mavzuni oʻrganish oldidan uning mantiqiy asosi hisoblangan materialni oʻrganish lozim. Materialni ketma-ket, sistemali bayon qilishda oʻquvchilarda mantiqiy fikrlashni rivojlantirish mumkin. Oʻquvchilar yosh xususiyatlariga koʻra matematikani bayon qilish sistemasi matematikaning fan sifatidagi sistemasi bilan ustma-ust tushmaydi. Masalan, geometriyani aksiomalar sistemasini bayon qilmasdan bilan boshlash mumkin emas.
Agar oʻquvchilar yangi masalani oʻrganish uchun asos boʻlgan materialni oʻzlashtirmagan yoki esdan chiqargan boʻlsalar, sistemali bayonga erishish mumkin emas. Shuning uchun matematka oʻqitishda materialni sistemali oʻrganish muhim rol oʻynaydi.Masalan, oʻnli kasrga boʻlishni oʻtish uchun oʻnli kasrni butun songa boʻlishni oʻrganish lozim va soʻngra quyidagi qoidalarni takrorlashi lozim:1) oʻnli kasrni 10, 100, 1000 va h.k. marta kattalashtirish va kichraytirish; 2)boʻlinuvchi va boʻluvchini bir xil son marta oshganda va kamaytirganda boʻlinma miqdori oʻzgarmaydi. U holda oʻnli kasrga boʻlish qoidasini arifmetika kursining boʻgʻinlaridan biri deb qarash mumkin.
Oʻquvchilar bilimi sistemaliligi oʻqituvchining tushuntirishga diqat-e’tiborliligi, yangi materialni bayon etishning tez sur’ati, uy vazifalarining bajarmasligi va boshqa sabablar oqibatida buzilishi mumkin. Shunday qilib, sistemalilik printsipi oʻquvchilar faoliyatini tashkil qilish bilan bogʻliq. Mashqlarni tanlashda sistemalilik muhim ahamiyatga ega. Mashqlarni qiyinchiliklari oshib borish tartibida sistemalashtirish lozim. Masalala mazmuni kompleks xarakterga ega: masalani echa turib, oʻquvchilar na faqat oʻrganilgan materialni mustahkamlashlari, balki oʻtilganlarni takrorlashlari lozim.
Oʻquvchilar bilimidagi kamchiliklarni tugatish va yangi materialni oʻrganishga tayyorlash oʻquvchi faoliyatini tashkil etishning asosiy vazifalaridan hisoblandi.
Nazariya va amaliyot birligi printsipi. Nazariyani amaliyotga qoʻllash jamiyatning amaliy ehtiyojlaridan kelib chiqadi.
Barcha texnik va ilmiy hisoblashlar matematikaning qoʻllanilishini asoslaydi.Shuning uchun bu printsipni amalga oshirish matematikadan puxta va chuqur bilimlarsiz boʻlmaydi.Lekin matematikani oʻrganish bu muammolarni hal etmaydi. Oʻquvchilar olingan bilimlarini amaliy masalar echa olishga tatbiq qila olishlari lozim.
Psixologlar tomonidan aytilganidek, bir sohada oʻzlashtirilgan bilimlar boshqa sohaga avtomatik koʻchirilmaydi. Demak, buning uchun oʻquvchining maqsadga yoʻnaltirilgan faoliyati zarur.
Matematika oʻqitishda dasturning matematik ta’lim bilan amaliyotning bevosita aloqalarini oʻrnatishda masalalarga asosiy e’tibor berilishi kerak.Bunday masalalarga quyidagilar kiradi:
1.Ogʻzaki, jadval, asboblar va kompyuterdan foydalanib hisoblashlarni ratsional bajara olish koʻnimasini rivojlantirish
2.Taqiribiy hisoblashlar va chamalash, reja tuza olish, optimalligini aniqlash kabi koʻnikmalarga ega boʻlishi talab etiladi.
3.Funktsional bogʻlanishlar. Grafiklarni tadqiq eta olishlari, ulardan funktsiyalar xossalarini oʻrganishda hamda tenglama, tengsizliklarni echa olishda qoʻllay olishlari zarur.
4.Uzunlik, yuza va hajmlarni hisoblash Bunda yasash asboblaridan, empirik formulalardan foydalana olish, chizma, sxema, eskizlarni yasay olish va ularni tushuntira olish.
5.Geometrik shakllarni modellashtirish.Modelni yasash oldidan shaklning xosalarini tahlil qilishi, oʻlchamlarini hisoblash ishlarini amalga oshirishi lozim.
Darslarda ishlab chiqarish mazmunidagi va amaliy xarakterdagi maslalar echish zarur.
Matematikani oʻqitishda hayot bilan bogʻlashda ishlab chiqarish ekskursiyalari ham ahamiyatga ega.Ular kompleks vazifalarni bajarishga imkon beradi:topshiriqni bajaradilar, masalalarni tuzadilar, diagramma, grafiklarni yasaydilar.

Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling