Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi Guliston davlat universiteti
Download 1.09 Mb.
|
2- mavzu (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Matematik ta’lim yangi texnologiyalari
2. Muammoli ta’lim.
Matematika oʻqitishda muammoli ta’lim usuli ham keng qoʻllanish imkoniyatlari mavjud, chunki koʻpgina tushunchalarni oʻrganish muammoli vaziyatni yaratishga olib kelinishi mumkin. Muammoli ta’lim usuli bilan bayon etishda quyidagi mavzularni yoritilish imkoniyatlari mavjud: 1. Logarifmik funktsiyaning xossalari va grafigi. Bunda dastlab quyidagi masalalar qaraladi. a) berilgan funktsiyaga teskari funktsiyani topish masalasi.Bunda berilgan funktsiyaning teskarisini aniqlash va oʻzgarish sohalari orasidagi bogʻliqlikni aniqlashga e’tibor qaratiladi.Savollar qoʻyiladi: qanday funktsiya hamma vaqt teskarilanuvchi ?Teskari funktsiya formulasini qanday hosil qilish mumkin? Oʻzaro teskari funktsiyalar grafiklari qanday joylashadi ? b) Koʻrsatkichli funktsiyaning xossalarini takrorlash. Ikkala holda ham grafiklardan foydalanish lozim, uning aniqlanish, oʻzgarish sohalari, monotonligi, natijada muammoli savol qoʻyiladi: koʻrsatkichli funktsiya teskari funktsiyaga egami? Bu savolni oʻquvchilar muhokama asosida hal qilishga harakat qiladilar, buning uchun ularda zarur bilimlar mavjud. Keyin quyidagi muammoli savollar taklif etiladi: 1. Koʻrsatkichli funktsiya uchun teskari funktsiya formulasini qanday hosil qilish mumkin ? 2. Logarifmik funktsiya grafigini qanday hosil qilish mumkin ? Logarifmik funktsiyaning aniklanish sohasi qanday ? 4. Materialni oʻrganish logarifmik va koʻrsatkichli funktsiyalar barcha xossalarini soʻrash va bu xossalarni qoʻllashga doir mashqlarni echish bilan amalga oshiriladi. “Tekisliklar parallelligi” mavzusini oʻrganishda oʻquvchilarga avvalo ularga ma’lum ikki tekislik joylashish hollarini eslash taklif etiladi, kesishishi, ustma-ust tushishi va parallel boʻlishi, shundan soʻng oʻquvchilarga bu hollardan boshqa, ikki tekislik joylashishi vaziyati mavjud yoki mavjud emasligini qilish taklif etiladi. 3. Matematik ta’lim yangi texnologiyalari. Matematika oʻqitishdagi usullar ham hozirgi davrda takomillashib, yangicha pedagogik texnologiyalar asosida qoʻllanilib kelinmoqda. Masalan, tayanch konspektlarga asoslangan oʻqitish usuli (V.F. Shatalov usuli), yiriklashgan didaktik birliklar usuli (P.M.Erdniev usuli) va x.k.lar shular jumlasiga kiradi. Ta’limni differentsiallashtirish usuli ham shular jumlasidandir. Darslarni nostandart usullarda tashkil qilish keyingi yillarda oʻyin tarzida oʻtkazish usullarini ham amaliyotda keng qoʻllashga alohida e’tibor berilmoqda. Masalan, darslarni moʻ’jizalar maydoni, didaktik oʻyinlar tarzida tashkil qilish mumkin. Bunday usullarga bir nechta misollar keltiramiz: Download 1.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling