Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi Guliston davlat universiteti


Mustaqil oʻrganish uchun savollar


Download 1.09 Mb.
bet44/72
Sana20.11.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1788259
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   72
Bog'liq
2- mavzu (1)

Mustaqil oʻrganish uchun savollar:
1. Matematik tafakkur nima?
2. Matematik tafakkurning qanday shakllari mavjud?
3.Tushuncha mazmuni va hajmi, ularning oʻzaro bogʻliqdagi qanday xususiyatlari mavjud?
4.Tushunchani ta’riflashning qanday usullari mavjud?
5.Matematik tushunchani shakllantirishning qanday bosqichlari mavjud?
6. Matematik hukm va uning turlari haqida nimalarni bilasiz?
7.Aksioma nima va uning xossalari qanday?
8. Teorema va uning turlari qanday xossalarga ega?
9. Zarur va etarli shartlar qanday xususiyatlarga ega?
10.Induktsiya va uning xossalari haqida nimalarni bilasiz?

  1. Deduktsiya va uning oʻqitishda qoʻllanilish xususiyatlari nimalardan iborat?

  2. Matematik induktsiya printsipi bilan matematik mulohazalar qanday isbotlanadi?



Matematikaning mavzusi shunchalik jiddiyki, uni biroz qiziqarliroq qilishga imkon beradigan vaziyatni oʻtkazib yubormaslik foydadan xoli emas.
Blez Paskal


Toʻrtinchi ma’ruza
Mavzu: Matematik ta’lim usullari

  1. Matematika oʻqitishning an’anaviy usullari.

  2. Muammoli ta’lim usuli.

3. Matematika oʻqitishning yangi texnologiyalari.
Tayanch iboralar: suhbat, mustaqil ishlar, ma’ruza, amaliy va laboratoriya ishlari, muammoli ta’lim, muammoli vaziyat, nostandart oʻqitish usullari.



  1. Matematika oʻqitishning an’anaviy usullari

Hozirgi davrda matematika oʻqitishda oʻquvchilarni yodlashga yoki ularni fikrlamasdan fakat olingan bilimlarni kayta suzlab berish kabi usullardan voz kechilib, darsning ta’limiy jihatlarini kuchaytiradigan usullariga alohida e’tibor kelinmoqda. Bunda oʻquvchilar bilan bajariladigan barcha ishlar, u yangi mavzuni oʻrganish olingan bilimlarni mustahkamlash, soʻrash yoki suhbat boʻlsin, ular oʻquvchilarning qulay echimlarni izlashga, ratsional almashtirishlar bajarishga, xulosa chiqarish va isbotlashlarga jalb qilishga qaratiladi.
Mustaqil ishlar masalalar echish boʻyicha mashqlar boʻlishi, yangi teoremani tahlil qilish boʻyicha ish, yangi formulani chiqarish boʻyicha masalalar boʻlishi mumkin. Masalan, ikki son yigʻindisi kvadrati formulasi chiqarilgandan soʻng mustaqil ravishda ikki son ayirmasi kvadrati formulasini keltirib chiqarish taklif etilishi mumkin.

formula keltirib chiqarilgandan soʻng mustaqil holda

formulani keltirib chiqarish taklif etiladi.
Oʻqitishda lektsiya (ma’ruza) usuli kam qoʻllaniladi, bunda oʻqituvchi materialni oʻzi bayon etadi. Bu usul asosan yuqori sinflarda foyda beradi. Amaliy va laboratoriya ishlari ham matematika oʻqitishda an’anaviy usullardan hisoblanadi.

Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling