O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi I. K. Umarova. G. Q. Salijanova


Oltinli rudаlаrini flоtаtsiya usulidа boyitish tехnоlоgiyasi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet79/143
Sana28.09.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1688991
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   143
Bog'liq
METALLI RUDALARNI BOYITISH ДАРСЛИК 2020 MRBT

4.2.Oltinli rudаlаrini flоtаtsiya usulidа boyitish tехnоlоgiyasi. 
Ma’danlarda oltin sof holda, sulfidlarda mayda dispyersholda, tellur yoki selen 
bilan kimyoviy birikma holda,uchraydi.Sof oltin kimyoviy toza holda bo‘lmaydi, 
kumush, mis, temir, vismut, palladiy va boshqa qo‘shimchalar bilan uchraydi. Odatda 
sof oltinni probasi 700 dan 900 gacha bo‘ladi.Sof oltin zarrachalari nihoyatda mayda 
zarrachadan katta sof, tug‘ma og‘irligi o‘nlab kilogrammgacha bo‘lishi mumkin. 
Sof oltin uchraydigan sulfidli minerallar: pirit, arsenopirit, hira ma’dan, xalkopirit, 
galenit va birikmalar bilan ham uchraydi. 
Oltin konlaridagi noma’dan minerallar asosan kvars, kalsit, barit va silikatlardan 
iborat bo‘ladi.Oltin, shuningdek, kompleks ma’danlarda: oltini bor margimushli, oltini 
bor sheelitli, oltin-misli va boshqa ma’danlar tarkibida bo‘ladi. 
Oltin konlari sochma va ma’danli bo‘ladi. Oltin konlarini alohida turi oltinli 
konglomyeratlar tashqil qiladi. Bu turdagi oltin (va uran) koniga dunyodagi eng katta 
kon Vitvatyersrand, Janubiy Afrika (JAR) kiradi Sochma oltin konlarida oltin miqdori 
kam bo‘lsa ham, uni ajratib olish mumkin.Hozirgi mavjud texnologiyalar asosida 
ma’danli konlardagi oltinning miqdori 1-5g/t bo‘lganda, ajratib olishsamarali bo‘lsa, 
ishlab chqariladi.Qadim zamonda, oltin sochma konlardan Afrikada, Janubiy 
Amyerikada, Osiyoda (Xitoy), Evropada (Ispaniya) va boshqa bir qator joylarda ishlab 
chiqarilgan.XIX asr ohirlariga kelib sochma konlardagi oltin zahiralari juda kamayib 
ketdi. hozirgi vaqtda asosan ma’danli konlardan oltin olinadi va uning umumiy 
miqdorini 2-3% ini sochma konlardan olinadi. 
Zamonaviy ma’danli oltin konlar Kanada, AQsh, Avstraliya, Zimbabve, Gana, 
Dominikan Respublikasi, Filippin orollari va boshqa davlatlarda bor. 


196 
Sof oltin konlaridan tashqari, rangli metalllarni sulfidli: misli, mis-nikelli, mis-
molibdenli, qo‘rg‘oshin-ruhli ma’danlarni qayta ishlashda qo‘shimcha oltin va 
kumush ajratib olinadi. Oltin ma’danlarda asosan sof metalll holida qo‘shimchalar
bilan birga uchraydi. Sof oltin tarkibiga qo‘shimchalardan asosan kumush, mis, temir, 
oz miqdorda margimush, vismut, tellur, selen va boshqa elementlar bo‘ladi. Sof metalll 
tarkibidagi oltin miqdori 75-90% (asosan 85% atrofida), kumush 1-10% (ayrim
hollarda 20% va xatto 40% gacha), temir va mis 1% gacha. Mis ma’danlarida misli 
oltin, mis-nikelli ma’danlarda palladiyli, platinali, rodiyli oltin uchraydi.
Oltinning kimyoviy birikma holidagi minerallardan oltin telluridi (kalaverit 
AuTe
2
, silvanit AuAgTe
4
, krennerit AuAgTe
2
, pettsit Ag
3
AuTe
2
va boshqalar), 
shuningdek aurostibit AuSb
2
.Oltinning ma’lum bo‘lgan minerallaridan (20 dan ortiq)
sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan oltin hisoblanadi. 
Ma’danlarda sof oltin har xil shaklda bo‘ladi: irmoqli, simli, dendritli, plastinkali, 
tangasimon va boshqa turda. Sof oltin zarrachalarining o‘lchami har xil, xatto 
mikroskop ostida ham ko‘rinmaydigan mayda zarrachalardan tortib, gigant tug‘ma oltin 
ohirligi 10-100 kg gacha bo‘lishi mumkin. Katta tug‘ma sof oltin juda kam uchraydi. 
Sof oltinning asosiy qismi mayda zarrachalardan iborat 0,5-1mm va undan kichik 
bo‘ladi. Sof oltinni ma’dandagi o‘lchamiga qarab yirik (+70mkm), mayda (-70+1mkm) 
va juda mayda zarrachalarga (-1mkm) bo‘linadi. Oxirgisi sulfidli ma’danlarga hos. 
Yirik oltin zarrachalari ma’dansi yanchilganda, noma’dan qismidan ajraladi va 
gravitatsiya usulini qo‘llanilganda, gravitatsion boyitmaga o‘tadi. 
Yirik oltin zarrachalari flotatsion boyitmaga yaxshi o‘tmaydi va sianideritmasida 
sekin eriydi.Mayda oltin zarrachalari yanchilganda, qisman toza holda va boshqa 
minerallar bilan birikkan bo‘ladi. Sof holdagi mayda oltin zarrachalari asosan 
flotatsiyalanadi, sianideritmasida tez eriydi, gravitatsion jarayonda boyitmaga 
yaxshi o‘tmaydi. Juda mayda zarrachali oltin sulfid minerallari bilan birikkan bo‘lib, 
yanchilganda qisman ajraladi, asosiy qismi pirit va arsenopirit minerallari bilan 
birga bo‘ladi. 
Juda mayda zarrachali oltini bo‘lgan ma’danlar qiyin boyitiladi va mahsus 
usullarni qo‘llab, qayta ishlanadi. 


197 
Qiriyish 

Asosiy flot. 


Nazorat.flot. 
1-toz.flot. 

6
7
2-toz.flot. 
12
13
10
8
14 
Filtrlash 
Quyulma 
9
Quyultirish 
11 
18 
15
17 
Suv 
Chiqindi saqlash 
omboriga 
Boyitma 


Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling