O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti


Download 1.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/89
Sana20.09.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1682956
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   89
Bog'liq
Metrologiya va standartlashtirish

To‘g‘ri 
Noto‘g‘ri 
1 dan 1000 g gacha 
110 dan 380 V gacha 
45° dan 90° gacha 
1' dan 60' gacha 
1 g dan 1000 g gacha 
110 V dan 380 V gacha 
45 dan 90° gacha 
1 dan 60' gacha 


32 
Axborot miqdori birligining ikkilik qo‘shimchalari katta harfda yoziladi. 
Axborot birligining xalqaro belgilarini “K”, “M”, “G” qo‘shimchalari bilan 
ishlatishga yo‘l qo‘yiladi. 
Mazkur qoidalar talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun 
hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi. 
 
Karrali va ulushli o‘lcham birliklarini hosil qilish uchun qo‘llanadigan o‘nli 
ko‘paytiruvchilar, shuningdek, ularning nomlari va belgilarini hosil qiluvchi old
qo‘shimchalar 
2-jadval 
T/r 
O‘nlik ko‘paytiruvchi 
(koeffitsyentlar) 
Qo‘shimchalar 
Nomi 
belgisi 
1. 
10
24
Iota 

2. 
10
21
Zetta 

3. 
10
18
Eksa 

4. 
10
15
Peta 

5. 
10
12
Tera 

6. 
10
9
Giga 

7. 
10
6
Mega 

8. 
10
3
Kilo 

9. 
10
2
Gekto 

10. 
10
1
Deka 
da 
11. 
10
-1
Detsi 

12. 
10
-2
Santi 

13. 
10
-3
Milli 

14. 
10
-6
Mikro 
µ 
15. 
10
-9
Nano 

16. 
10
-12
Piko 

17. 
10
-15
Femto 

18. 
10
-18
Atto 

19. 
10
-21
Zepto 

20. 
10
-24
Iokto 

 
 
Nazorat savollari 
 
1. O‘lcham va o‘lcham birligi atamalariga ta’rif bering, hamda ularning farqini 
tushuntirib bering? 
2. Kogerent hosila birligi deganda nimani tushunasiz? 
3. Karrali va ulushli o‘lcham birliklarini qo‘llash qoidalariga misollar keltiring. 


33 
6 - AMALIY MASHG‘ULOT 
 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING  STANDARTLASHTIRISH 
TO‘G‘RISIDAGI QONUNINI TAHLIL QILISH 
(2 soat) 
Reja: 
1. Standartlashtirishning asosiy maqsadlari. 
2. Standartlashtirishga doir normativ xujjatlar. 
3. Standartlar ustidan davlat nazorati. 
4. Xulosa. 
Tayanch so‘zlar: standart, konsensus, standartlashtirish bo‘yicha vakolatli 
organlar, tabiiy resurslar, tibbiy texnika ashyolari, zararli moddalar, texnik-
iqtisodiy axborot klassifikatorlari, davlat inspektorlari.
Zamonaviy pedogogik texnologik elementlaridan, masalan interaktiv usulni 
qo‘llab dars o‘tiladi.
Darsda texnik vosita va ko‘rgazmali qurollardan keng foydalaniladi 
(kodoskop, proektor, plakat va hokazo). 
Talabalar tarqatma materiallar bilan ta’minlanadilar. 
Talabalar mustaqil fikrlashi uchun to‘la sharoit yaratiladi. 
1. STANDARTLASHTIRISHNING ASOSIY MAQSADLARI 
Standartlashtirishning asosiy maqsadlari: 
➢ mahsulotlar, jarayonlar, ishlar va xizmatlarning (bundan buyon matnda 
«mahsulot» deb yuritiladi) aholining hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkiga, 
atrof muhit uchun xavfsizligi, resurslarni tejash masalalarida 
iste’molchilar va davlat manfaatlarini himoya qilishdan; 
➢ mahsulotlarning o‘zaro almashinuvchanligini va bir-biriga mos kelishini 
ta’minlashdan; 
➢ fan va texnika taraqqiyoti darajasiga, shuningdek aholining hamda xalq 
xo‘jaligining ehtiyojlariga muvofiq holda mahsulot sifatini hamda 
raqobat qila olish imkonini oshirishdan; 
➢ barcha turdagi resurslar tejalishiga ko‘maklashishdan, ishlab 
chiqarishning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yaxshilashdan; 
➢ ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy dasturlar va loyihalarni amalga 
oshirishdan; 
➢ tabiiy va texnogen falokatlar hamda boshqa favqulodda vaziyatlar yuzaga 
kelish xavf-xatarini hisobga olgan holda xalq xo‘jaligi ob’ektlarining 
xavfsizligini ta’minlashdan; 
➢ iste’molchilarni ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasi hamda 
sifati to‘g‘risida to‘liq va ishonchli axborot bilan ta’minlashdan; 
➢ mudofaa qobiliyatini va safarbarlik tayyorligini ta’minlashdan; 
➢ o‘lchovlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlashdan iboratdir. 


34 
O‘zbekiston Respublikasida standartlashtirish ishlarini o‘tkazishning 
umumiy tashkiliy-texnik qoidalarini tartibga solib turuvchi standartlashtirish tizimi 
faoliyat ko‘rsatadi. 
Standartlashtirish ishlarini tashkil etish, muvofiqlashtirish va ta’minlashni:
xalq xo‘jaligi tarmoqlarida — O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va 
sertifikatlashtirish agentligi («O‘zstandart» agentligi);
qurilish, qurilish industri si sohasida, shu jumladan loyihalash va konstruk 
siyalashda — O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish 
qo‘mitasi;
tabiiy resurslardan foydalanishni tartibga solish hamda atrof muhitni 
ifloslanishdan va boshqa zararli ta’sirlardan muhofaza qilish sohasida — 
O‘zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi;
tibbiyot uchun mo‘ljallangan mahsulotlar, shu jumladan tibbiyot uchun 
mo‘ljallangan buyumlar, tibbiy texnika buyumlari, dori vositalari sohasida, 
shuningdek O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilayotgan, shu jumladan 
import bo‘yicha yetkazib berilayotgan mahsulotlarda inson uchun zararli moddalar 
mavjudligini aniqlash masalalarida — O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash 
vazirligi; 
mudofa qobiliyatini va safarbarlik tayyorgarligini ta’minlash, mudofaa 
ahamiyatiga mollik mahsulotlar sohasida — O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa 
vazirligi amalga oshiradi. 
«O‘zstandart» agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va 
qurilish qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat 
qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va O‘zbekiston 
Respublikasi Mudofaa vazirligi standartlashtirish ishlarini bajarishni o‘z 
vakolatlari doirasida boshqa tashkilotlarga topshirishga haqlidir. 
Standartlarni tasdiqlagan organlar standartlarga doir tarmoq axborot 
jamg‘armalarini hosil qiladilar va yuritadilar hamda manfaatdor iste’molchilarni 
xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar, O‘zbekiston Respublikasi 
standartlari, xorijiy mamlakatlarning milliy standartlariga doir axborotlar bilan
shuningdek standartlashtirish sohasidagi xalqaro shartnomalar, texnik-iqtisodiy 
hamda ijtimoiy axborot davlat klassifikatorlari, standartlashtirish qoidalari, 
normalari va tavsiflariga oid axborotlar bilan ta’minlaydilar. 
Standartlarni nashr qilish va qayta nashr etishni ularni tasdiqlagan organlar 
amalga oshiradilar. 

Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling