O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali


Download 182.5 Kb.
bet4/16
Sana23.12.2022
Hajmi182.5 Kb.
#1050008
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Yo\'ldoshboyev M.V BMI -2022y.

II. KARER MAYDONINI OCHISH
Karer maydonini ochish yer yuzidan karer ishchi gorizontlariga transport vositalarini yetib borishini, qazib olingan qoplama jinslarni ag’darmalarga, foydali qazilmalarni qabul qilish punktlariga (boyitish fabrikasi yoki omborlarga) tashib berishni ta’minlaydigan ochiq kon laxmlari orqali amalga oshiriladi.
Qolmoqir konini kon yonbag’rida joylashganligi uni ochish sxemasini tanlab olishni osonlashtiradi. Tanlab olingan ochish sxemasiga ko’ra karer maydonining yuqori qismi +660 metr belgigacha mustaqil yarim transheyalar joylashgan temir yo’l stansiyalari bilan tutashadi. +805 balandlik belgisidan yuqorida joylashgan pog’onalardan qazib olingan qoplama jinslar avtomobil transporti yordamida karerning sharqiy bortida joylashgan maxsus avtomobil ag’darmasiga tashiladi. +805 m dan +640 metr balandliklar belgisiga joylashgan pog’onalar “Nakpay” stansiyasi bilan tutashadi, +715 m dan +692 m gacha bo’lgan balandlik belgilarida joylashgan pog’onalar esa, “Otvalnaya” stansiyasi bilan tutashadi. +670 m dan +640 m gacha balandlik belgilarida joylashgan pog’onalar “668 metr” posti bilan +625 m balandlik belgisidan pastga joylashgan pog’onalar esa, - “Razvedka” posti bilan tutashadilar.

“Razvedka” postidan boshlab +335 metr balandlikkacha bo’lgan kon gorizontlari 4 yo’lli spiral shaklidagi temir yo’l syezdlari orqali ochilgan. Spiral syezdlarni soat strelkasi harakati yo’nalishi bo’yicha rivojlantirish karerdagi qabul qilingan qazish tartibini buzmasdan uni cheklanmagan miqdorda kengaytirishga imkon beradi. +335 m balandlik belgisidan pastda joylashgan pog’onalar ikki yo’lli spiral syezdlar bilan ochiladi.


III. KONNI QAZIB OLISh TIZIMI
Qolmoqir karyerida loyiha bo’yicha transportli qazish tizimi qabul qilingan bo’lib, qazib olingan qoplama jinslar transport vositasida tashqi otvalga tashiladi. Karyer ish fronti surilishi parallel, doimiy spiral syezdlarda esa, yelpig’ichsimon. Bunda pog’ona yo’llari syezd transheyalarida transport vositasi burilishi uchun burilish punktlari hosil qilingan.
Qolmoqir karyer maydonining sharqiy qismida kengayishi tufayli noksimon shaklga egadir. +680 m balandlik belgisidan yuqoridagi gorizontlar G simon shaklga ega bo’lib, kavjoylarining surilishi parallel, +680 m dan pastdagi gorizontlar P simon shaklga ega.
Hozirgi vaqtda karyerda 27 ta pog’ona hosil qilingan bo’lib, ulardan 18- tasida doimo qazish ishlari olib boriladi. Ishchi pog’onalarning balandligi 15-22,5 m ni tashkil qiladi. Pog’ona ishchi maydoni minimal kengligi 40-60 m. Ekskavator ish frontining uzunligi: yuqori gorizontlarda 800-1000 m, pastki gorizontlarda esa 600-800 m. Karyer yer yuzasidan +670 m balandlik belgisigacha joylashgan pog’onalar balandligi 22,5 m, bulardan pastdagi pog’onalar balandligi esa - 15 m ni tashkil qiladi. Pog’onalar balandligi qo’llaniladigan qazib yuklash mashinalari ishchi parametrlari bo’yicha aniqlangan.
Xozirgi vaqtda karyerning yillik chuqurlanish tezligi 5-6 m ni, ish frontining surilish tezligi esa 90-100 m ni tashkil qilmoqda. Temir yo’l transporti bilan yuklarni tashishning o’rtacha masofasi: ruda bo’yicha 10 km, qoplama jins bo’yicha 8 km.

So’ngi yillarda “Qolmoqir” karyerida unumdorligi yuqori va ishchi parametrlari katta bo’lgan EKG-12,5, EKG-15, rusumli ekskavatorlarning qo’llanishi natijasida qoplama jins pog’onlarining balandligi 15 m dan 22,5 m gacha, ekskavator kirmalarining eni 18-20 m dan 28-30 m gacha ko’paygan. Natijada karyerdagi pog’onalar soni kamayib, transport kommunikasiyalarining uzunligi 12,5 km ga qisqargan.


“Qolmoqir” karyeri sharoitida ekskavator unumdorligiga qator omillar ta’sir etadi, ulardan asosiylari:

  • foydali qazilma pog’onalarida rudani navlar bo’yicha saralab qazib olib, transport vositalariga yuklash;

  • foydali qazilmani karyer chuqur gorizontlarida joylashganligi tufayli qazib olingan rudani yuqori gorizontda (kapital transheyada) joylashgan qayta yuklash punktigacha tashib chiqish;

  • avtomobil va temir yo’l transporti sostavlarining turli sabablarga ko’ra o’z vaqtida yuklash punktlariga (ekskavator kavjoylariga) yetkazib berilmasligi.

Karyerdagi qazib-yuklash ishlarining samaradorligini oshirish va yuqorida keltirilgan kamchiliklarni bartaraf qilish ko’p jixatdan karyerda siklli potok va potok texnologiyalarini qo’llashni taqazo etadi.
Xozirgi vaqtda “Qolmoqir” karyerida qazib olingan qoplama jins va rudalarni qabul qilish punktlariga yetkazib berishda temir yo’l va avtomobil transporti qo’llanadi. Qoplama jins va rudalarni tashish elektrlashtirilgan temir yo’l transporti yordamida amalga oshiriladi. Ilashish og’irligi (ssepnoy ves) 360 t bo’lgan PE-2m rusumli elektrovozlarning har biriga yuk ko’tarish qobiliyati 105 t 2VS-105 rusumli dumkarlardan 13 tasi tirkalgan lokomotiv sostavlar qoplama jinslarni otvallarga, rudalarni esa boyitish fabrikasiga tashib beradi. Lokamativ sostavlar karyerda ochiq siklda, ya’ni muayyan ekskavatorga bog’lanmagan xolda ishlaydi. Har bir ishchi gorizontga alohida temir yo’l joylashtirilgan bo’lib, u gorizontdan faqat bitta chiqish yo’liga ega. Karyer temir yo’l transportining umumiy uzunligi 60 km ga yaqin bo’lib, undan 45 km karyer ichida, 15 km esa otvallarda joylashgan. Temir yo’l bilan yuk tashishning o’rtacha uzunligi: ruda bo’yicha – 12,7 km, qoplama jins bo’yicha – 7,2 km.
Qoplama jinslar ikki gurux atvalga joylashtiriladi: Nakpay va Olmaliq atval guruhlariga. Nakpay atvali karyerdan 8 km, Olmaliq atvali esa, 6-10 km masofada joylashgan. Karyer bilan boyitish fabrikasi o’rtasidagi masofa esa 8,6 km ni tashkil qiladi.
Yuqori gorizotlardan (+782 m va undan baland) qazib olingan qoplama jinslar qayta yuklash uzellariga avtomobil transporti yordamida tashiladi. Karyerda har bir smenada 8-10 ta yuk ko’tarish qobiliyati 130 t va 220t “BelAZ” rusumli avtomobillar ishlaydi. Avtomobil atvaligacha bo’lgan o’rtacha tashish masofasi 1,6 km, qayta yuklash uzeligacha bo’lgan o’rtacha tashish masofasi esa, 3,3 km ni tashkil qiladi.
Nakpay atvallar guruhi karyer shimoliy-sharqiy bortidan 8 km masofada joylashgan bo’lib, to’rtta atval tupikidan tashkil topgan. Uchta atval tupiki +740 m balandlik belgisiga, to’rtinchisi esa undan 30 m balandga - +770 m balandlik belgisiga joylashgan. Nakpay atvallarining yillik yuk qabul qilish imkoniyati 3400-3500 ming m3 ga teng bo’lib, unda har bir temir yo’l tupigida bitta EKG-8I, jami 4 ta ekskavator ishlaydi.
Olmaliq atvallar guruhi karyer g’arbiy bortidan 10 km masofada joylashgan. Bu guruhda ham 4 ta temir yo’l tupigi faoliyat ko’rsatadi. Har bir tupikda bittadan, jami 4 ta EKG-8I ekskavatori ishlaydi. Uchta otval tupigi +655, to’rinchisi esa +710 m balandlik belgisiga joylashgan.

Download 182.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling